O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telekommunikatsiya" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuterni tashkil etilishi" fanidan
1-AMALIY ISH
Bajardi: 21_03-guruh talabasi
Bo’tayev Elmurod
Qabul qildi: Norqulov A
Samarqand-2023
MAVZU: Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari
Tayanch so’z va iboralar: Mantiqiy elementlar, mantiqiy funksiya, haqiqiylik jadvali, EMAS, HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlari.
Amaliy ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy sxemalarda HAM, YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlari yordamida sxemalarni tuzishni o’rganish.
ISTISNO-YOKI mantiqiy elementi bo‘yicha tayyorlangan 7486 mikrosxemasi
Mantiqiy element (ME) deb kirish signallari ustida aniq bir mantiqiy amal bajaradigan elektron qurilmaga aytiladi.
Raqamli integral sxema (RIS) yaratishda faqat funksional toʻliq majmua funksiyalarini amalga oshiruvchi MElar qoʻllaniladi.
Raqamli (mantiqiy) elektron qurilmalar turli belgilariga koʻra sinflanishlari mumkin. Ishlash prinsipiga koʻra barcha MElar ikki sinfga boʻlinadilar: kombinatsion va ketma-ketli.
Kombinatsion qurilmalar yoki avtomatlar deb, chiqish signallari kirish oʻzgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, ikkita vaqt momentiga ega boʻlgan, xotirasiz mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Kombinatsion qurilmalar YOKI, HAM-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa alohida elementlar yordamida ISlar koʻrinishda tayyorlanadi.
Ketma-ketli qurilmalar yoki avtomatlar deb, chiqish signallari kirish oʻzgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt momentlari uchun, ya’ni kirish oʻzgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Ketma-ketli qurilmalarga triggerlar, registrlar misol boʻla oladi
ISTISNO-YOKI mantiqiy element - bu modul bo‘yicha qo‘shish amali. Agar X va Y mantiqiy fikrlarning faqatgina bittasi rost bo‘lsa ularning yig‘indisi rost bo‘ladi. Qolgan barcha hollarda qo‘shish yolg‘ondir.
Mantiqiy arifmetik funksiya ISTISNOLI YOKI mantiqiy element yordamida ifodalangan Istisnoli YOKI
TOPSHIRIQLAR
x=1 y=0 z=0
x=0 y=0 z=0
x=0 y=0 z=1
Dostları ilə paylaş: |