Zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy



Yüklə 353,83 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.06.2020
ölçüsü353,83 Kb.
#31770
ozbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy mohiyati-1
207, aroratni makhsus lchash termometrlari, buj, xirurgiyada antiseptika asoslari, xirurgiyada antiseptika asoslari, ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari, Sayt tayyorlash oddiydan murakkabgacha(1), 3-mavzu sittqi, Gigiena4taza, Gigiena4taza, Gigiena4taza, Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish, ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish, ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

 

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR 

TAYYORLASH MILLIY DASTURINING IJTIMOIY 

MOHIYATI 

REJA: 

1.  O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini isloh 

qilish omillari. 

2.  Prezident I.A.Karimov orzusidagi shaxs. 

3.  O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning milliy 

modeli va uning  tarkibiy qismlari. 

4.  "Portlash effekti" va uning samaradorligi. 

5.  Milliy dasturning modellari. 

 

6.  Xulosa. 

7.  Foydalanilgan adabiyotlar 

 

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI VA UNING 

MOHIYATI 

 

 O‘zbekiston  Respublikasi  siyosiy  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgach, 



ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida  tub  islohotlar  amalga  oshirila 

boshlandi.  Totalitar  boshqaruv  usuli  asosida,  ish  yuriti-layotgan  xalq  ta’limi 

tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal 

etish  vazifasi  Respublika  hukumati  hamda  mutasaddi  tashkilotlarni  ta’lim 

tizimida  ham  jiddiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirishga  undadi.  Bu  boradagi 

sa’i-harakat-larning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O‘zbekis-

tonning  ilk  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonun 

mazmunida  Respublika  ta’limi  tizimi,  uning  asosiy  yo‘na-lishlari,  maqsad, 

vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini 

topdi.  Biroq,  1997  yilga  kelib,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  uning  mazmunida  ilgari  surilgan  g‘oyalarning 

amaliyotga  tadbiqi  tahlil  etilganda,  bu  borada  muayyan  kamchiliklarga  yo‘l 

qo‘yilganligi  aniqlandi.  O‘tkazilgan  tahlil  natijalariga  ko‘ra,  ta’lim  tizimida 

olib  borilayotgan  islohot  aksariyat  o‘rinlarda  chuqur  ilmiy  asoslarga  ega 

bo‘lmaganligi  ma’lum  bo‘ldi  hamda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  isloh  qilish 

zarurligi  belgilandi.  SHu  bois  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX 

sessiyasida 

yangi 


tahrirdagi 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. 

Har  qanday  mamlakatning  kuchi  uning,  fuqarolarining  ma’naviy 

etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.  

Fuqarolarning  ma’naviy  etukligi,  intellektual  salohiyati  esa  ta’lim 

tizimining  mazmuni,  shaxsning  har  tomonlama  shakllanishi  uchun  xizmat 

qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror 

topgan  ijtimoiy  sog‘lom  muhit  darajasi,  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni, 


shuningdek,  aholining  etnopsixo-logik  xususiyatlari,  axloqiy  qarashlari  va 

hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. 

«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»ning  yaratilishida  mazkur  jihatlar 

to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay 

oladigan,  uni  jahonning  ilg‘or  mamlakatlari  darajasiga  ko‘tarilishiga  hissa 

qo‘shuvchi  dadil,  mustaqil  fikrlovchi,  bilimli,  malakali  mutaxassis, 

shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish 

jarayoni tashkil etadi. 

Xo‘sh,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qanday  hujjat?  Uning 

mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan? 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  O‘zbekiston  Respublikasi-ning 

«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunining  qoidalariga  muvofiq,  milliy  tajribaning 

tahlili  va  ta’lim  tizimidagi,  jahon  miqyosidagi  yutuqlar  asosida  tayyorlangan 

hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy 

faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil  ravishda  mo‘ljalni  to‘g‘ri  ola 

bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga 

qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir

1



«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan 

isloh  qilish,  uni  o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarash  va  sarqitlardan  to‘la 

xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va 

axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy 

tizimini yaratishdan iboratdir

2



«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to‘laqonli 

ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. 

Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi: 

-  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga 

muvofiq  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalari 

                                                           

1

  Кадрлар  тайѐрлаш  миллий  дастури  //Олий  таълим:  меъѐрий  ҳужжатлар  тЎплами.  –  Т.:  Шарқ 



нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 20-бет. 

2

 Ўша манба, – 25-бет. 



hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida,  raqobat  muhitini  shakllantirish 

negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida 

izchil rivojlantirishni ta’minlash; 

-  ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan 

demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; 

-  kadrlar 

tayyorlash 

tizimi 


muassasalarini 

yuqori 


malakali 

mutaxassislar  bilan  ta’minlash,  pedagogik  faoliyatining  nufuzi  va  ijtimoiy 

maqomini ko‘tarish; 

-  kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijti-moiy va 

iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojla-ridan,  fan,  madaniyat, 

texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlari-dan  kelib  chiqqan  holda 

qayta qurish; 

-  ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy  axloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy 

ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 

-  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  muassasalarini  attesta-stiyadan 

o‘tkazish va akkreditastiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy 

qilish; 


-  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab  qilinadigan 

darajasi  va  sifatini,  kadrlar  tayyorlash  tizimining  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi 

va  barqaror  rivojlanishining  kafo-latlarini,  ustuvorligini  ta’minlovchi 

normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; 

-  ta’lim,  fan,  ishlab  chiqarish  samarali  integrastiyalashuvini 

ta’minlash,  tayyorlanayotgan  kadrlarning  miqdori  va  sifatiga  nisbatan 

davlatning  talablarini,  shuningdek,  nodavlat  tuzilmalari,  korxonalar  va 

tashkilotlarning  buyurtmalarini  shakllantirishning  mexanizm-larini  ishlab 

chiqish; 

-  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari 

mablag‘lar,  shu  jumladan,  chet  el  investistiyalari  jalb  etishning  real 

mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 



-  kadrlar  tayyorlash  sohasida  o‘zaro  manfaatli  xalqaro  ham-korlikni 

rivojlantirish. 

Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  amalga 

oshiriladi.  Har  bir  bosqichda  muayyan  vazifalarning  hal  etilishi

1

  nazarda 



tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir: 

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 

ijobiy  salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu  tizimni  isloh  qilish  va 

rivojlantirish  uchun  huquqiy,  kadrlar  jihatidan,  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy 

shart-sharoitlarni yaratish. 

Ikkinchi  bosqich  (2001-2005  yillar)  -  Milliy  dasturni  to‘liq  ro‘yobga 

chiqarish,  mehnat  bozorining  rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlarni  hisobga  olgan  holda  unga  aniqliklar  kiritish.  Bu  bosqichda, 

shuningdek,  ta’lim  muassasalarini  maxsus  tayyorlangan  malakali  pedagog 

kadrlar  bilan  to‘ldirish  ta’minlanadi,  ularning  faoliyatida  raqobatga 

asoslangan muhit vujudga keltiriladi.  

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  maqsadini  ro‘yobga  chiqa-rishning 

ikkinchi  bosqichida  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  va  axborot 

bazasini  mustahkamlash  davom  ettiriladi,  o‘quv-tarbiya  jarayonining  yuqori 

sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, 

uzluksiz  ta’lim  tizimini  axborot-lashtirish  vazifalarining  ham  hal  etilishi 

alohida urg‘u beriladi.  

Uchinchi  bosqich  (2005  va  undan  keyingi  yillar)  to‘plangan  tajri-bani 

tahlil  etish  va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish 

istiqbollariga 

muvofiq 


kadrlar 

tayyorlash 

tizimini 

takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek,  

-  ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazala-rini 

yanada mustahkamlash;  

                                                           

1

 Ўша манба, – 27-29-бетлар. 



-  o‘quv-tarbiya  jarayoni  yangi  o‘quv-uslubiy  majmualar,  ilg‘or 

pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi; 

-   milliy  (elita)  oliy  ta’lim  muassasalarini  qaror  toptirish  va 

rivojlantirish; 

-  ta’lim  jarayonini  axborotlashtirish,  uzluksiz  ta’lim  tizimi  jahon 

axborot  tarmog‘iga  ulanadigan  kompyuter  axborot  tarmog‘i  bilan  to‘liq 

qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy echimi ta’minlanadi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy,  tarkibiy  qismlari

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  faqat  ta’lim-tarbiya  jarayoninigina  qamrab 

olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.  

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  shaxs,  davlat  va  jamiyat,  uzluksiz 

ta’lim,  fan  va  ishlab  chiqarish  kabi  tarkibiy  qismlarning  o‘zaro  hamkorligi, 

ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  asosida  «yuksak  ma’naviy  va  axloqiy 

talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» 

mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi :  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Давлат,  



жамият 

Узлуксиз таълим 

Шахс 

 

Фан 



Ишлаб  

чиқариш 


1 - чизма. Кадрлар тайѐрлаш миллий 

моделининг асосий, таркибий қисмлари 

ўртасидаги ўзаро алоқадорлик ва боғлиқлик 


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy 

modeli  va  uning  mohiyati  yoritiladi.  Milliy  modelning  o‘ziga  xos  xususiyati 

mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, 

kasb-hunar  ta’limini  joriy  etilishi  bilan  belgilanadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida 

umumiy  ta’lim  dasturlaridan  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  dasturlariga 

o‘tilishiga zamin yaratadi

1



Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari 



quyidagilardan iboratdir:  

1. 


SHaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti, 

ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. 

SHaxs  uzluksiz  ta’lim  jarayonida  dunyoviy,  ilmiy  bilimlarni 

o‘zlashtiradi,  fan  asoslarini  puxta  egallaydi,  ishlab  chiqarish  sohalari  bilan 

tanishadi,  shuningdek,  o‘zida  ijtimoiy  ta’sirlar  yordamida  ma’naviy-axloqiy 

sifatlarni  tarbiyalab  boradi.  SHaxsda  o‘zlashtirilgan  bilim,  faoliyat 

ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. 

YUksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy  malakaga ega 

bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga 

erishish  yo‘lida  tinimsiz  izlanishi,  o‘qib-o‘rganishi  lozim.  SHundagina  u 

ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi. 

O‘z-o‘zini  anglash  tuyg‘usiga  ega  bo‘lish,  ta’lim  sohasidagi 

xizmatlardan  to‘laqonli,  samarali  foydalana  olish,  ilmiy  va  kasbiy  bilimlarni 

puxta  o‘zlashtirishga  erishish  shaxsga  etuk  mutaxassis  bo‘la  olishi  uchun 

poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. SHu 

bois  milliy  dasturda  shaxs  va  uning  kamolotini  shakllantirishga  alohida 

e’tibor qaratilgan.  

«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish 

va  kasb-hunar  tayyorgarligidan  o‘tish  kafolatlanadi.  Ta’lim  olish  jarayonida 

shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. 

                                                           

1

 Ўша манба, – 34-бет. 



SHaxs  ta’lim  xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  mala-ka 

darajasini  olgach,  ta’lim,  moddiy  ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat  va  xizmat 

ko‘rsatish  sohasida  faoliyat  ko‘rsatadi  va  uz  bilimi  hamda  tajribasini 

o‘rgatishda ishtirok etadi»

1



2. 



Davlat  va  jamiyat  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi-ning 

faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlarni 

tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. 

SHaxs  kamoloti  nafaqat  o‘zi  uchun,  balki  davlat  va  jamiyat  taraq-qiyoti, 

ravnaqi uchun ham  muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqa-rolari yuksak 

ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.  

SHaxs  va  davlat  (jamiyat)  o‘rtasidagi  aloqa  ikki  tomonlama  xususiyatga 

ega.  SHu  bois  har  qanday  davlat  (jamiyat)  o‘z  fuqarolarining  yashashi, 

mehnat  qilishi,  iqtidori  va  salohiyatini  ro‘yobga  chiqarishi,  uni  namoyon  eta 

olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika 

ta’lim  tizimida  davlat  va  jamiyat  shaxsning  har  tomonlama  shakllanishi, 

o‘zligini namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish 

mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. 

Davlat  va  jamiyat  ta’lim  muassasalarining  yuqori  malakali  raqo-

batbardosh 

mutaxassislarni 

tayyorlash 

yo‘lidagi 

faoliyatini 

ham 


uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: 

-  fuqarolarning  bilim  olish,  kasb  tanlash  va  o‘z  malakasini  oshirish 

huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga; 

-  majburiy  umumiy  o‘rta  ta’lim  hamda  akademik  listey  yoki  kasb-

hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta 

maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; 

-  davlat  grantlari  yoki  pulli-shartnomaviy  asosda  oliy  ta’lim  va  oliy 

o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; 

-  davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; 

                                                           

1

 Ўша манба, – 30-бет. 



-  ta’lim  oluvchilarning  o‘qishi,  turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-

sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalarning  hal  etilishida  jamoatchilik 

boshqaruvini rivojlantirishga; 

-  ta’lim  jarayoni  qatnashchilarini  ijtimoiy  jihatdan  qo‘llab-

quvvatlashga; 

-  sog‘liq  va  rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  shaxslarning  ta’lim 

olishiga

1

.  



3. 

Uzluksiz  ta’lim  malakali,  raqobatbardosh  kadrlar  tayyor-

lashning  asosi  bo‘lib,  ta’limning  barcha  turlari,  davlat  ta’lim  standartlarini, 

kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko‘rsatish  muhitini  o‘z 

ichiga oladi.  

Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston 

Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat 

va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  ustuvor  soha  bo‘lib,  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma’naviy  boy 

shaxsning  shakllanishi  va  yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlarning  jadal 

tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi

2



Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng 



qulay  davr  sanaladi.  Mazkur  davrda  shaxs  fan  asoslari  hamda  kasb-hunar 

ma’lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va 

malakali  kadr  sifatida  kamol  topib  boradi.  Unda  muayyan  dunyoqarash 

shakllanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  uzluksiz  ta’lim  Davlat  ta’lim  stan-dartlari 

hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.  



Uzluksiz  ta’limni  tashkil  etish  muayyan  tamoyillarga  asos-lanadi. 

Jumladan: 

-  ta’limning ustuvorligi; 

                                                           

1

 Ўша манба, – 30-31-бетлар. 



2

 Ўша манба, –31-бет. 



-  ta’limning demokratlashuvi; 

-  ta’limning insonparvarlashuvi; 

-  ta’limning ijtimoiylashuvi; 

-  ta’limning milliy yo‘naltirilganligi; 

-  ta’lim  va  tarbiyaning  uzviy  bog‘liqligi,  bu  jarayonning  har 

tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; 

-  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  ularga  ta’limning  eng  yuqori 

darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-

sharoitlar yaratish

1



«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  uzluksiz  ta’limni  isloh  qilish 

yo‘nalishlari  ham  aniq  ko‘ratib  berilgan.  Mazkur  yo‘nalishlar  sirasiga 

quyidagilar  kiradi:  kadrlar  salohiyatini  tubdan  yaxshilash;  pedagoglarning 

kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim  muassasalarining turlarini 

rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini 

tubdan  o‘zgartirish;  majburiy  o‘rta  umumiy  ta’limdan  o‘rta  maxsus,  kasb-

hunar  ta’limiga  o‘tilishini  ta’minlash;  yangi  tipdagi  o‘quv  muassasalarini 

vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu 

jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 

malakasini  oshirish;  ta’limning  barcha  daraja  va  bo‘g‘inlarida  ta’lim 

oluvchilarning 

ma’naviy-axloqiy  fazilat-larini  rivojlantirish;  ta’limni 

boshqarish 

tizimini 

takomil-lashtirish, 

ta’lim 


muassasalarini 

mintaqalashtirish; shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar, 

jamoat  tashkilotlari,  mahallalar,  xayriya  va  xalqaro  fondlarning  rolini 

kuchaytirish;  ta’lim  jarayoni  va  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  xolis  baho  berish 

tizimini  yaratish;  ta’lim  tizimini  moliyaviy,  moddiy-texnika  va  boshqa 

tarzdagi  resurslar  bilan  ta’minlash  mexanizmlarini  shakl-lantirish;  uzluksiz 

ta’limni  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  integ-rastiyalashtirishning  puxta 

mexanizmlarini  ishlab  chiqish;  chet  el  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan 

hamkorlikni kengaytirish;  tub  erli  mil-latga  mansub  bo‘lmagan  shaxslar  zich 

                                                           

1

 Ўша манба, –31-32-бетлар. 



yashaydigan joylarda ularning o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy 

va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha darajalarida ta’lim 

oluvchi-larning  huquqiy,  iqtisodiy,  ekologik  va  sanitariya-gigiena  ta’limi 

hamda tarbiyasini takomillashtirish

2



Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: 



- maktabgacha ta’lim; 

- umumiy o‘rta ta’lim; 

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 

- oliy ta’lim; 

- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

- maktabdan tashqari ta’lim. 

Maktabgacha  ta’lim  bolaning  sog‘lom,  har  tomonlama  kamol  topib 

shakllanishini  ta’minlaydi,  unda  o‘qishga  intilish  hissini  uyg‘otadi,  uni 

muntazam  ta’lim  olishga  tayyorlaydi  hamda  bola  olti-etti  yoshga  etguncha 

davlat  va  nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muasasalari  va  oila-larda  amalga 

oshiriladi.  Bu  kabi  ta’lim  muassasalarining  faoliyatini  tashkil  etishda 

mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 

Keyingi  yillarda  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  yangi  tarmog‘i 

shakllanib  bormoqda.  Bu  o‘rinda  «Xonadon  bog‘chasi»  hamda  «Bolalar 

bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  Bblalarga  tasviriy  san’at,  musiqa,  til  va 

kompyuter  savodxonligini  o‘rgatuvchi  guruhlar  tashkil  etilmoqda.  Bu  kabi 

harakatlar  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarning  «Kadrlar  tayyorlash 

milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Umumiy  o‘rta  ta’lim  to‘qqiz  yillik  majburiy  xarakterdagi  umumiy 

hamda  uch  yillik  majburiy-ixtiyoriy  xarakterdagi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limidan  iborat.  Umumiy  o‘rta  ta’lim  boshlang‘ich  ta’limni  ham  qamrab 

                                                           

2

 Ўша манба, –32-33-бетлар. 



oladi.  Mazkur  bosqichda  o‘quvchilarning  fanlar  asoslari  bo‘yicha  muntazam 

bilim  olishlari,  ularda  bilim  olish  ehtiyojining  yuzaga  kelishi,  asosiy  o‘quv-

ilmiy 

va 


umummadaniy 

bilimlarning 

o‘zlashtirishlari,  milliy  va 

umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, 

ijodiy  fikrlash,  atrof-muhitga  ongli  munosabatda  bo‘lish,  shuningdek,  kasb 

tanlash  ko‘nikmalarining  shakllanishi  uchun  pedagogik  shart-sharoit 

yaratiladi. 

Davlat 


tomonidan 

tasdiqlangan 

namunadagi 

attestat 

o‘quvchilarning  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ma’lumotiga 

egaliklarini belgilaydi. 

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-

onalar  hamkorligida  o‘quvchilarni  kasb-hunarga  yo‘naltirish  va  psixologik-

pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. 

O‘qish  muddati  uch  yil  bo‘lgan  majburiy  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limi  uzluksiz  ta’lim  tizimining  mustaqil  turi  sanalib,  umumiy  o‘rta  ta’lim 

negizida  tashkil  etiladi.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’li-mining  ikki  muhim 

yo‘nalishi  bo‘lgan  –  akademik  listey  yoki  kasb-hunar  kollejida  ta’lim  olish 

o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. 



Akademik listey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga 

olgan  holda  ularning  jadal  intellektual  rivojlanishi  chuqur,  sohalashtirilgan, 

tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo‘naltirilgan  ta’lim  olishlarini  ta’minlash 

maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, 

yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir. 

Akademik  listeylarda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo‘nalishi 

(gumanitar,  texnika,  agrar  va  boshqa  sohalar)  bo‘yicha  bilim  saviyalarini 

oshirish  hamda  o‘zlarida  fanni  chuqur  o‘rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-

hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Akademik  listeylar  asosan  oliy  o‘quv  yurtlari  qoshida  tashkil  etiladi. 

Kasb-hunar  kollejlari  esa  o‘quvchilarning  muayyan  kasb-hunarga  moyilligi, 

layoqatlari,  bilim  va  ko‘nikmalarini  chuqur  rivojlantirish,  ularning  tanlangan 



yo‘nalishlar  bo‘yicha  bir  yoki  bir  necha  zamonaviy  kasb  sirlarini  egallash 

imkonini beradi. 



Kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va 

ko‘nikmalarini  chuqur  rivojlantiruvchi,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo‘yicha 

bir  yoki  bir  necha  ixtisosni  egallash  imkonini  yaratish  maqsadida  tegishli 

davlat  ta’lim  standartlari  doirasida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini 

beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir. 

Kasb-hunar  kollejlari  yangi  tipdagi  ta’lim  muassasalari  bo‘lib,  ularning 

jihozlanganlik 

darajasi, 

pedagogik 

tarkibning 

puxta 

tanlanganligi, 



shuningdek,  o‘quv  jarayonining  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar 

yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.  

Akademik  listey  va  kasb-hunar  kollejlarining  bitiruvchilariga  davlat 

tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  diplomlar  beriladi.  Ushbu  diplomlar 

asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish 

yoki  egallangan  ixtisos  va  kasb-hunar  bo‘yicha  mehnat  faoliyati  bilan 

shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.  

Oliy  ta’lim  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  negiziga  asoslanib,  ikki 

bosqich  (bakalavriat  hamda  magistratura)da  tashkil  etilib,  mutaxassisliklar 

yo‘nalishlari  bo‘yicha  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalariga  oliy  ma’lumotli 

mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish 

davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 

Bakalavriat  -  mutaxassisliklar  yo‘nalishi  bo‘yicha  fundamental  va 

amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan 

tayanch oliy ta’lim. 

Bakalavr  darajasiga  ega  bo‘lgan  shaxs  oliy  ta’lim  tizimi  yo‘nalishidagi 

o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat 

klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.  



Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim 

beradigan,  bakalavriyat  negizida  ta’lim  muaddati  kamida  ikki  yil  davom 

etadigan  oliy  ta’lim  bo‘lib,  magistraturadagi  tahsil  yakuniy  klassifikastion 

davlat attestastiyasiga muvofiq olib boriladi.  

Magistr  bakalavr  darajasidagi  mutaxassisdan  farqli  ma’lum  ixtisoslik 

bo‘yicha  ta’lim  olgan  yuqori  malakali  mutaxassis  hisob-lanib,  u  ilm-fan 

sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozim-larida faoliyat ko‘rsatadi. 

U aspiranturaga kirish huquqiga ega.  

O‘zbekiston  Respublikasida  quyidagi  turdagi  oliy  ta’lim  muassa-salari 

faoliyat ko‘rsatadi: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



        

 

 



  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  jamiyatning  oliy  malakali  ilmiy  va 

ilmiy-pedagog  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondirish,  shaxsning  ijodiy 

ta’lim  –  kasb-hunar  manfaatlarini  qanoatlan-tirishga  qaratilib,  oliy  o‘quv 

yurtlari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasa-larida  aspirantura,  ad’yunktura  va 

Олий 

таълим 


муассас

алари-


нинг 

турлари 


Универ-

ситет 


Акаде-

мия 


 

Инсти-


тут 

 

Бир неча билим ва 



таълим соҳалари  

бўйича олий ва 

олий ўқув юртидан  

кейинги таълим 

дастурларини 

амалга  


оширади 

Муайян билим ва 

таълим соҳалари 

бўйича  


олий ва олий ўқув 

юртидан кейинги  

таълим 

дастурларини 



амалга 

 оширади 

Одатда, бир билим 

ва таълим соҳаси 

доирасида 

тайѐрлов 

йўналишлари 

бўйича олий ва 

олий ўқув юртидан 

кейинги таълим 

дастурини амалга 

оширади 


doktoranturada  ta’lim  olish,  shuningdek,  mustaqil  tadqiqotchilik  faoliyatini 

tashkil  etish  asosida  amalga  oshiriladi.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim 

nomzodlik  yoki  doktorlik  dissertastiyalarining  himoyasi  bilan  yakunlanadi. 

O‘zbekis-ton  Respublikasi  Oliy  Attestastiya  Komissiyasi  tomonidan  olib 

boril-gan  yakuniy  davlat  attestastiyasi  natijalari  tegishli  ravishda  fan  nom-

zodi  va  fan  doktori  ilmiy  darajasi  hamda  davlat  tomonidan  tasdiq-langan 

namunadagi diplomga ega bo‘lish huquqini beradi. 

Har  ikki  (aspirantura,  doktorantura)  darajada  ham  maqsad  muayyan 

mutaxassisliklar 

bo‘yicha 

oliy 

toifali 


ilmiy-pedagogik 

kadrlarni 

shakllantirishdan iborat. 

Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  jarayonida 

asosiy  e’tibor  mutaxassislarning  kasb  bilimlari  va  ko‘nikmalarini  yangilash 

hamda  chuqurlashtirishga  qaratiladi.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni 

qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida 

amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat 

tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  guvohnoma  yoki  sertifikatga  ega 

bo‘ladilar. 

Maktabdan  tashqari  ta’lim  maktabdan  tashqari  davlat  va  nodavlat 

ta’lim  muassasalarida  davlat  organlari,  jamoat  tashki-lotlari,  yuridik  va 

jismoniy  shaxslar  tomonidan  madaniy-estetik,  ilmiy,  texnikaviy,  sport  va 

boshqa  yo‘nalishlarda  yo‘lga  qo‘yilib,  bolalar  hamda  o‘smirlarning  ta’limga 

bo‘lgan,  yakka  tartibdagi,  ortib  boruvchi  talab-ehtiyojlarini  qondirish, 

ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi. 

4. 

Fan  yuqori  malakali  mutaxassisni  tayyorlovchi  va  ulardan 

foydalanuvchi,  ilg‘or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab 

chiqaruvchi  bo‘lib,  «kadrlar  tayyorlash  milliy  tizimida  tabiat  va  jamiyat 

taraqqiyoti  qonuniyatlari  to‘g‘risidagi  yangi  fundamental  va  amaliy 

bilimlardan  foydalanishni,  yuqori  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar 

tarkibini  shakllantirishni,  ulardan  ta’lim  tizimida  unumli  foydalanishni, 



shuningdek, 

kadrlar 


tayyorlash 

jarayonining 

ilmiy 

tadqiqotlar 



infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun 

bilimning  turli  sohalari  bo‘yicha  axborot  bazasini  shakllantirishni  hamda 

ilmiy  tadqiqotlar  darajasiga  yangicha  qarashlar  zamirida  yosh  olimlarning, 

ilmiy-pedago-gik xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro‘sini oshirishni va shu 

kabilarni qamrab oladi»

1



Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida 

fan,  yana  shuningdek,  «ta’lim  mazmunini  tubdan  yangilashda:  ta’lim 

standartlari,  ta’lim  dasturlari,  o‘quv  darsliklari va  qo‘llanmalar  tayyorlashda, 

ilmiy-metodik  ta’minotni  amalga  oshirishda  bevosita  va  bilvosita  ishtirok 

etadi»

2

.  



5.  Ishlab  chiqarish  –  kadrlarga  bo‘lgan  ijtimoiy  ehtiyojni  shuningdek, 

ularning  tayyorgalik  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablarni 

belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliyaviy  va 

moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisichisi. 

«Ishlab  chiqarishning  talab-ehtiyojlari  kadrlar  tayyorlash  tizimi-ning 

yo‘nalishi,  darajasi  va  miqyoslarini  shakllantiradi,  kasb  tayyor-garligining 

maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, 

ta’limning  zamonaviy  texnologiyalari  va  shakllarini  tanlashni  taqozo  etadi. 

Ishlab  chiqarish  pirovard  natijada  kadrlarning  sifati  va  raqobatbardoshligiga 

baho beradi»

1



Ishlab  chiqarish  muassis,  homiy  va  boshqa  sifatlarda  alohida 



mutaxassislarni  tayyorlashni,  guruhlarni  va  o‘quv  yurtlarini  moliyalash 

jarayonida  ishtirok  etib,  mutaxassislarning  kasbiy  rivojlanishi  va  shaxsiy 

                                                           

1

  Баркамол  авлод  орзуси  //Тузувчилар  Ш.Қурбонов,  Ҳ.Саидов,  Р.Аҳлиддинов.  –  Т.:  Шарқ  нашриѐт-



матбаа констерни Бош таҳририяти, 1999. – 172-бет. 

2

 Ўша асар, 171-бет. 



1

  Кадрлар  тайѐрлаш  миллий  дастури  //Олий  таълим:  меъѐрий  ҳужжатлар  тўплами.  –  Т.:  Шарқ 

нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 42-бет. 


faolligini  rag‘batlantiradi,  ularni  moddiy  va  ma’naviy  jihatdan  qo‘llab-

quvvatlashda bevosita ishtirok etadi»

2



Avvallari  ishlab  chiqarish  tayyor  kadrlar  kuchi  va  salohiyatidan 



foydalanuvchi  iste’molchi  sifatidagina  faoliyat  olib  borgan  bo‘lsa,  bugungi 

kunda  ushbu  faoliyatning  mazmuni  tubdan  o‘zgardi.  Endilikda  ishlab 

chiqarish  kadrlarni  tayyorlash  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  o‘z  talablarini 

qo‘ya  oladi.  SHu  bilan  birga  sifatli  hamda  yuksak  saviyali  mutaxassisni 

tayyorlab  etishtirish  yo‘lida  uzluksiz  ta’lim  hamda  fan  tarmoqlarining 

moliyaviy,  moddiy-texnik  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash  majburiyatini  o‘z 

zimmasiga  oladi.  SHu  asosida  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faol 

ishtirokchisiga aylandi. 

Milliy  model  Konstepstiyasining  mazmuni  o‘zbek  xalqining  milliy 

turmush  tarzi  va  ma’naviy-axloqiy  an’analari  bilan  hamnafasdir.  Zero,  xalq 

orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanilib kelingan bo‘lib, u 

o‘zida  keng  ma’noni  ifoda  etadi.  Bilim  olishga  intilish,  ma’rifatli  bo‘lish 

o‘zbek  xalqi,  millatining  ruhiyatida  ustuvor  o‘rin  tutuvchi  omil  sanaladi. 

Ma’rifatlilik  –  faqatgina  bilim  va  malakaga  ega  bo‘lish  emas,  ayni  vaqtda 

chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday 

xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.  

SHuning  uchun  ham  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  butun 

mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.  

Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasida  o‘ziga  xos,  takrorlanmas,  tarixiy 

an’analarga  asoslangan  hamda  bugungi  kun  talablariga  to‘la  javob  bera 

oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.  

O‘qituvchining  asosiy  vazifalari  va  uning  shaxsiga  qo‘yiladigan 

talablar.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  g‘oyalarini  amaliyotga  tadbiq 

etish  Respublika  ta’lim  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  muvaffaqiyatini 

                                                           

2

  Баркамол  авлод  орзуси  //Тузувчилар  Ш.Қурбонов,  Ҳ.Саидов,  Р.Аҳлиддинов.  –  Т.:  Шарқ  нашриѐт-



матбаа констерни Бош таҳририяти, 1999. – 173-174-бетлар. 

ta’minlash,  ta’lim  muassasalarida  faoliyat  olib  borayotgan  o‘qituvchi, 

tarbiyachi,  ishlab  chiqarish  ustalarining  ma’naviy  qiyofasi  hamda  kasbiy 

mahoratlariga ham bog‘liqdir. 

SHaxsni  tarbiyalash  ishi  nihoyatda  murakkab  faoliyat  jarayoni  bo‘lib, 

juda  qadimdan  ushbu  faoliyatga  jamiyatning  etuk  kishilari  jalb  etilgandir. 

Mazkur  holat  yosh  avlod  tarbiyasi,  uning  tashkil  etilishi  mazmuni  nafaqat 

shaxs  kamoloti,  balki  jamiyat  taraqqiyotini  ham  belgilashda  muhim 

ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  o‘qituvchi  kadrlarning  ma’naviy  qiyofasi, 

aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda. 

CHunonchi,  bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

quyidagilarni  qayd  etadi:  «Tarbiyachi  –  ustoz  bo‘lish  uchun,  boshqalarning 

aql-idrokini  o‘stirish,  ma’rifat  ziyosidan  bahramand  qilish,  haqiqiy 

vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etish-tirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining 

ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga 

ega bo‘lishi kerak»

1



YUqorida  qayd  etilgan  fikrlardan  bugungi  kun  o‘qituvchisi  shaxsi-ga 



nisbatan  qo‘yilayotgan  talablar  mazmuni  anglaniladi.  Zamonaviy  o‘qituvchi 

qanday bo‘lishi zarur? 

O‘qituvchi  (pedagog)  pedagogik,  psixologik  va  mutaxassislik  yo‘na-

ishlari  bo‘yicha  maxsus  ma’lumot,  kasbiy  tayyorgarlik,  yuksak  axloqiy 

fazilatlarga  ega  hamda  ta’lim  muassasalarida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  shaxs 

sanaladi.  

O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunining  5-

moddasi  3-bandiga  muvofiq  ta’lim  muassasalarida  sudlangan  shaxs-larning 

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.  

 

                                                           

1

  Каримов  И.А.  Буюк  келажагимизнинг  ҳуқуқуий  кафолати.  –  Т.:  Шарқ  нашриѐт-матбаа  констерни 



Бош таҳририяти, 1993, 27-28-бет. 

Zamonaviy pedagog va unga qo‘yiladigan kasbiy talablar. 

  O‘qituvchining  ko‘p  qirrali  va  murakkab  faoliyati  zamirida  yosh 

avlodni  odobli,  ahloqli  qilib  tarbiyalash,  ularni  bilimlar  bilan  qurollantirish 

kabi  muhim  vazifalar  yotadi.  Bularni  amalga  oshirish  esa  o‘qituvchining 

xilma-xil  faoliyatiga  bog‘liq.  Bolalarni  o‘qitish,  maktabdan  va  sinfdan 

tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish    va  o‘tkazish,  ota-onalar  o‘rtasida 

pedagogik  targ‘ibot  ishlarini  olib  borish  va  hokazo.  Bularning  hammasi 

o‘qituvchidan  chuqur  bilimga  ega  bo‘lishni,  o‘z  sohasini,  bolalarni  sevishni 

talab etadi.  

 

YUkori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida: 

  ijodiy va ijtimoiy faol; 

 

g‘oyaviy – siyosiy va ma’naviy – ahlokiy etuk bo‘lishi; 



  yuqori  darajadagi  ilmiy  –  nazariy,  psixologik  –  pedagogik,  ilmiy  – 

metodik  tayyorgarlik  orqali  yuksak  kasb  –  hunar  madaniyatiga  ega  bo‘lishi 

nazarda tutiladi. 

O‘qituvchi  mutaxassisligining  zamonaviy  modelini  tuzishda  quyida-gilar 

konsteptual asos sifatida qabul qilindi: 

 

o‘qituvchi  yuqori  darajadagi  ilmiy  –  nazariy,  psixologik  –  pedagogik, 



ilmiy  –  metodik  tayyorgarlik  orqali  yuksak  kasb  –  hunar  madaniyatiga  ega 

bo‘ladi. 

 

o‘qituvchini  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 



jarayonida  ularning  kasbiy  tayyorgarligini  orttirishda  ilmiy  –  nazariy, 

psixologik – pedagogik, tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy – metodik 

tayyorgarlikni amalga oshirish zarur; 

 

o‘qituvchining  pedagogika  oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘zlashtirgan  barcha 



bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  pedagogik  faoliyatida  xususiy  metodik 

darajada, ya’ni mutaxassislik fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. SHu bois 



o‘qituvchi  kasbiy  tayyorgarligining  tarkibiy  kismlari  ichida  ilmiy-metodik 

tayyorgarlik etakchi o‘rin egallashi nazarda tutildi; 

 

o‘qituvchi  ilmiy-metodik  tayyorgarligining  tarkibiy  qismlari  sifatida 



metodologik, gnoseologik, konstruktiv, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy 

faoliyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash lozim; 

  yuksak  kasb-hunar  madaniyatiga  ega  bo‘lgan  mutaxassis  o‘zida  ijti-

moiy  va  ijodiy  faollik,  g‘oyaviy-siyosiy,  ma’naviy-ahloqiy  etuklikni 

mujassamlashtirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sanaladi; 

  pedagog kadrlar ijtimoiy va ijodiy faolligi, g‘oyaviy-siyosiy ma’naviy-

ahloqiy  etukligi  o‘qituvchilar  kasbiy  tayyorgarligi  va  va  ularning  tarkibiy 

qismlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, g‘oyaviy–siyosiy 

ilmiy  –  metodik  tayyorgarlikning  tarkibiy  kismi  bo‘lgan  metodologik 

malakali  yuksak  kasb  –  hunar  madaniyatiga  ega  bo‘lgan  metodologik  bilim, 

ko‘nikma va malakalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik 

o‘qituvchining  o‘z  kasb-hunar  madaniyatiga  ega  bo‘lgan  o‘qituvchining 

pedagogik  faoliyatiga  ijodiy  yondashuviga  va  ijtimoiy  faolligiga o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi; 

  yuqori  malakali  raqobatbardosh  pedagog  bo‘lgan  o‘qituvchi,  o‘z  nav-

batida  yuksak  ma’naviyat  va  madaniyat  egasi,  milliy  istiqlol  g‘oyalarini 

singdirgan  shaxs  sifatida,  ta’lim-tarbiya  jarayonidagi  istiqbol  vazi-falarni 

ilgari  surish  va  hal  etish  orqali,  jamiyat  taraqqiyotiga  muno-sib  hissa 

qo‘shadi, hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri oladigan bo‘ladi; 

 

o‘qituvchini  tayyorlashda  kasbiy  tayyorgarlikning  tarkibiy  qism-lari, 



yuqori  malakali  raqobatbardosh  pedagogik  kadr  va  shaxs  sifa-tidagi 

xususiyatlarini  yaxlit  holda  tasavvur  qilib,  ularning  o‘rtasi-dagi  uzviylikni 

amalga oshirish zarur. 

 

o‘qitishda  kasbiy  yo‘naltirilganlik  orkali  bo‘lg‘usi  o‘qituvchi-larning 



g‘oyaviy-siyosiy,  ma’naviy  –  ahlokiy  etukligini,  ixtisoslik  fanlar  tarkibidagi 

mutaxassislik 

fanlari 

ilmiy-nazariy 

tayyorgar-likni, 

psixologiya 

va 

pedagogika  fanlarini  o‘qitishda  kasbiy  sifatlar  va  kasbiy  tayyorgarlikning 



tarkibiy  qismlarini  shakllantirish,  psixologik-pedagogik  tayyorgarlikni  ilmiy-

metodik  tayyorgarlik  bi-lan  uzviy  holda  amalga  oshirish  orqali  kasbiy 

tayyorgarlikni mos ravishda shakllantirish va orttirish nazarda tutildi.  

 

 



Kadrlar 

tayerlash 

milliy 

modelimizning 



asosiy 

tarkibiy 

kismi 

kuyidagilardan iborat: 



SHAXSg‘kadrlar  tayerlash  tizimining  bosh  subekti  va  obekti,talim 

soxasidagi xizmatlarining istemolchisi va uni amalga oshiruvchisi. 



DAVLAT  va  JAMIYAT—talim  va  kadrlar  tayerlash  tizimining 

faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  kilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlar 

tayerlash va ularni kabul kilib olishning kafillari: 

UZLUKSIZ TALIM—malakali,rakobatbardosh kadrlar tayerlashning asosi 

bulib,talimning  barcha  turlarini,DTSni,kadrlar  tayerlash  tizimi  tuzilmasi  va 

uning faoliyat kursatish muxitini uz ichiga oladi.   



FAN—yukori 

malakali 

mutaxassislar 

tayerlovchi 

va 

ulardan 


foydalanuvchi,ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chikuvchi: 

ISHLAB  CHIKARISH—kadrlarga  bulgan  extiejni,shuningdek  ularni 

tayergarlik  sifati  va  saviyasiga  kuyiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy 

buyurtmachi,kadrlar  tayerlash  tizimini  moliya  va  moddiy  texnika  jixatidan 

taminlah jaraenining katnashchisi. 

Davlat va jamiyat uzluksiz talim va kadrlar tayerlash tizimi barcha uchun 

ochik  bulishni  va  xaet  uzgarishlariga  moslanuvchanligini  taminlaydi.  Aynan 

bu  yunalishda  respublikamizda  Talim  tugrisida  Konun,uzluksiz  talim 

DTSi,umumiy  urta  talim  konstepstiyalari  ishlab  chikilib  amaliy  jaraenda 

tadbik kilinmokda. 

Kadrlar  tayerlash  milliy  dasturimizning  uzagini  tashkil  kiluvchi  Milliy 



modelimizning  keng  kamrovliligi  va  ichki  yaxlitligi    duneda  mavjud  boshka 

modellardan uning prinstipial farkli jixatidir. 

Milliy  modelimiz  konsepsiyasining  mazmuni  milliy  turmush  tarzimiz  va 

manaviyg‘axlokiy  ananalarimiz  bilan  xamnafasdir.CHunki  bizda  kadimdan 

marifatli  inson  tushunchasi  ancha  keng  manoni  anglatadi.  Unutmasligimiz 

kerakki, marifat xalkimiz,millatimiz konidadir. 

Milliy dasturdan kuzlangan maksadlar kuyidagilardan iborat:  

Dasturni  tulik  amalga  oshirish  respublikamizda  ijtimoiy  siesiy  muxitni 

yanada  yaxshilanishiga  olib  keladi,  jamiyatda  davr  talabiga  javob  beruvchi 

komil insonlar vujudga keladi: 

Ikkinchidan ushbu dastur tasirida xar bir shaxs jamiyatdan uz urnini topish 

jaraeni  tezlashadi.  Uchinchidan  agar  jamiyatimizda  shaxs  ravnaki  uchun 

barcha  imkoniyatlar  yaratilsa,xar  bir  insonning  istedodi,kobiliyati  rivoj 

topadi: 


Turtinchidan  milliy  dastur  zaminida  jamiyatda  ongli  xaet  kechirish  tizimi 

vujudga keladi; 

    Beshinchidan,O‘zbekiston  xalki  uz  oldiga  xukukiy  demokratik  jamiyatni  barpo 

etishni maksad kilib kuygan.      

Umuman    Kadrlar  tayerlash  milliy  dasturini  tulik  amalga  oshirish  barkamol 

shaxsnig‘insonni va shu tarika ongli jamiyatning shakllanishiga,yani yangicha 

ongga,tafakkurga  ega  bulgan  shaxslarning  kupayishiga  va  bu  uz  navbatida 

ijobiy ravishda  «PORTLASH EFFEKTINI» sodir bulishiga olib keladi. 



 

Milliy dasturning modellari. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  milliy  modellari  beshta  tarkibiy 

qismdan: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan 

iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda 



belgilab  berilgan  bo‘lib,  ta’lim  jarayonining  va  jamiyat  taraqqiyotining 

bugungi,  ertangi  kuni  to‘liq  inobatga  olingan.  Masalan,  shaxs  kadrlar 

tayyorlash sohasidagi  davlat  siyosati insonni  yuqori intellektual  va  ma’naviy 

–  axloqiy  jihatdan  tarbiyalash  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  uzluksiz  ta’lim 

tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib 

olgan.  SHu  tarzda  fuqoroning  konstitutsiyaviy  huquqlaridan  biri  bilim  olish, 

iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat 

qilish  huquqi  qonun  tomonidan  kafolatlanadi.  SHaxsning  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi  qonun  asosida  sifatli  bilim  olish  va  kasb-hunar  o‘rganishi, 

uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi 

va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch 

va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. 

Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini 

ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida 

asosan  shaxs  va  jamiyat  o‘rtasidagi  qonuniy  norma  va  me’yorlarga  qat’iy 

rioya  qilish  masalalari  ko‘zda  tutilgan,  ya’ni  fuqarolarning bilim  olish,  kasb 

tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta 

ta’lim  hamda  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejida  ta’lim  olish 

yo‘nalishini  ixtiyoriy  tanlash  har  bir  shaxsning  demokratik  huquqi  sifatida 

belgilanishi  bilan  birga  majburiy  o‘rta  maxsus,  kasb  hunar  ta’lim  olish 

holatlari  ko‘zda  tutilgan.  Ushbu  dasturning  o‘ziga  xos  tomoni  shundan 

iboratki,  bozor  munosabatlariga    mos  ravishda  ishlab  chiqilgan.  Bu  degani 

ta’lim  oluvchi  o‘zining  imkoniyatidan  kelib  chiqib,  davlat  granti  va  pullik 

shartnomaviy  asosda  o‘qishi  mumkin,  ikki  va  undan  ortiq  o‘qish  faqat 

shartnoma asosida amalga oshiriladi.  

Milliy dastur milliy va umuminsoniy   qadriyatlarga  asoslanib,  ta’lim 

oluvchilarning  o‘qish,  turmush,  dam  olishda  jamoatchilik  asosida  shart-

sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish 

masalalarining  mehanizmlarini  yaratish  ko‘zda  tutilgan.  Kadrlar  tayyorlash 

milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri  – bu ta’lim dasturlari orasidagi 



uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali 

raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi  bo‘lib,  ta’limning  barcha 

turlarini,  davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va 

uning  faoliyat  ko‘rsatish  muhitini  o‘z  ichiga  oladi.  Uzluksiz  ta’lim  shaxsni 

yuqori  intellektual,  nufuzli,  yuksak  ma’nodagi  insonparvar,  vatanparvar, 

madaniyatli,  har  tomonlama  etuk,  barkamol  insonlarni  tarbiyalash,  mustaqil 

va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi. 

Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:  

- Maktabgacha ta’lim; 

- umumiy o‘rta ta’lim; 

- o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi; 

- oliy ta’lim;  

- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 

- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

- maktabdan tashqari ta’lim; 

Ushbu  ta’lim  turlarining  bajarilish  mehanizmlari  mukammal  tarzda 

ishlab chiqilgan. Bo‘lg‘usi kadrlar har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda 

tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajada puxta 

va  etuk  bo‘lishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilishi  mo‘ljallangan. 

Milliy  modelning  fandagi  roli  iqtisodi  rivojlangan,  demokratik  jamiyat 

qurishning  yangi  strategiyasi  fanning  ham  muzkur  tizimida  tutgan  o‘rni  va 

rolini  tubdan  qayta  qurishni,  uning  vazifalarini  aniq  belgilab  berish 

zaruriyatini ilgari suradi. 

Fan  –  bu  ta’limning  mazmuni  va  sifatini  ta’lim  standartlari,  o‘quv 

dasturlari,  darsliklar  va  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar  tayyorlashda,  ilmiy–

uslubiy ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi.  Fan 

vatanning  eng  kichik  qiyofasi  bo‘lmog‘i  zarur,  zotan  barcha  halqlar  ichida 

fikr  va  aqliy  faoliyat  sohasida  boshqalardan  o‘zib  ketgan  halqgina  birinchi 

o‘rnini  oladi.  Ishlab  chiqarish  milliy  modelda  malakali  kadrlar  tayyorlash 


tizimining huquqiy me’yorlarini tartibga soladi. Ishlab chiqarish bilan kadrlar 

tayyorlash  tizimi  o‘rtasida  aniq  va  lo‘nda  aloqalar  mavjud.  Ishlab  chiqarish 

kadrlar  tayyorlash tizimida  buyurtmachi  va  iste’molchi vazifalarini bajaradi, 

tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlab beradi. Xulosa qilib 

shuni ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqqan 

va  hozirgi  kunda  hayotga  tadbiq  etilayotgan  kadrlar  siyosatida  erkinlik, 

ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga keltirish ko‘zda 

tutilgan  bo‘lib,  unda  barcha  mutahassis  kadrlarni  ijtimoiy,  iqtisodiy-siyosiy, 

madaniy,  ma’naviy-axloqiy  muammolarning  samarador  echimini  izlab 

topishga,  ro‘yi-rost  fikrlashuvga  undaydigan  demokratik  shart-sharoitlar 

yaratib berish mo‘ljanlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixini 

o‘tish,  o‘rganish  ta’lim  nazariyasidagi,  tamoyillaridagi  va  jamiyat 

mafkurasida  talab  etiladigan  mantiqiy  talablardan  kelib  chiqiladi.  Bo‘lajak 

oliy  ma’lumotli  mutahassisda  ilmiy,  ob’ektiv  tasavvur  va  dunyoqarashning 

shakllanishida  tarixiy  materiallar  shubhasiz  alohida  o‘rin  tutadi.  Ta’lim  va 

tarbiyaning  mohiyatini  ochib  beruvchi,  pedagogika  fani  ham  bundan  istisno 

emas.    Turfa  olam,  turli  davlatlar  va  turli  millatlardagi  ta’lim-tarbiyaga  oid 

qimmatbaho tarixiy materiallarni qiyosiy tarzda o‘rganish jarayonida bo‘lajak 

mutahassislarda  nisbiylik  tushunchasining  shakllanishiga  hamda  tabiat  va 

jamiyatdagi  barcha  narsalarni  qiyosiy  tarzda  o‘rganish  zarurligini  talabalar 

o‘zlariga amaliy ko‘nikma va malakalar tarzida singdiradilar. 

 

 



 

 

 



 

ADABIYOTLAR RO‘YHATI: 

1.  I.A.Karimov. "Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining 

poydevori",T.,1997 yil. 

2.  I.A.Karimov.  "O`zekiston  buyuk  kelajak  sari"  T., 

"O`zbekiston"., 1998 yil. 

3.  I.A.Karimov.  "O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda."  T., 

"O`zbekiston 1999 yil. 

4.  I.A.Karimov.  "O`zbekiston  prezidenti  "Tafakkur"  jurnali 

bosh muxarririga bergan ingerv’yusi. 

5.  O`zbekiston  Respublikasi  Kadrlar    tayyorlashning  Milliy 

dasturi. T., 1997yil. 

6.  Kadrlar tayyorlash milliy modeli. XXI asrni ko`zlab. Xalq 

ta’limi. 1997 yil. 

7.  Sh.Qurbonov,  X.Saidov,  R.Ameddinov.  Barkamol  avlod 

orzusi. T., 1999 yil. 

8.  Sh.Qurbonov.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi:  ta’limning 

yangi qadriyatlari. "Ma’rifat",   25sentyabr 1999 yil.  

9.  A.Munavvarov. "Pedagogika". T., "O`qituvchi", 1996 yil. 

10. Davlat,  jamiyat,  oila  va  yoshlar  tarbiyasi  muammolari: 

Respublika konferensiyasi materiallari. T., "O`zbekiston ", 1997 iil.  

11. F.S.Yo`ldoshov.  "Fidoyi  va  ijodkor  bolailik".  "Til  va 

adabiyot ta’limi". 1999 yil,  3-son. 



Yüklə 353,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə