Ziyodullo Polvonov



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix15.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#58077
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5267458487222274763



“AFROSIYOB”

 

education



                         

Ziyodullo Polvonov

 

                                 @ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB                                              



 

           32-variant 

           MAJBURIY FAN

 

1. 

Qaysi qatorda quyi keng unlilardan so‘ng 

talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan 

so‘zlar ko‘rsatilgan?  



1) radio; 2) said; 3) okean; 4) saodat;  

5) doimo; 6) taajjub; 7) shoira  

A) 2, 5, 7                  B) 1, 2, 3, 5  

C) 2, 4, 5, 6, 7          D) 1, 2, 5 

2. 

Qaysi gapdagi undalmada faqat til undoshlari 

ishtirok etgan?  

A) Ona tilim, sen ruhimning qanoti,  

     Abu turk nafasi, Oltoy chechagi.  

B) Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, 

Nimaga uzoqroq kulmaysan?  

C) Go‘zal yulduz, so‘yla mening taqdirim.  

D) Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun? 

3. 

To‘g‘ri yozilmagan so‘zlarni toping.  



1) takcharm; 2) baynalmilal; 3) hattot;  

4) afv; 5) mutoala   

A) 1, 2, 5   B) 1, 2, 3, 4  C) 2, 4, 5   D) 1, 3, 5  



4. 

Biror predmet belgisining o‘xshash tomonini 

boshqasiga ko‘chirish asosida nom ko‘chishi 

nima deb yuritiladi?  

A) metafora      B) metonimiya  

C) sinekdoxa    D) kinoya  



5. 

Tarkibida birgina ko‘makchi morfema mavjud 

bo‘lgan so‘zni toping.  

A) boradigan       B) atamoq  

C) taroqqa           D) ko‘rsatkich  

6. 

Aqlliga aytdim, angladi – bildi,  

Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi. Ushbu 

gapdagi yasama so‘zlar soni nechta?  

A) 2     B) 3   C) 4     D) 5  

7. 

Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar bilan 

yasalgan otlar ishtirok etgan gapni toping.  

A) Vujudimda hokimlik qilayotgan o’sha 

tuyg‘ular o‘rnini shafqat, odamiylik egallab 

oldi.  


B) Shu on dushman piyodalarining allanechuk 

mast hayqirig‘i eshitildi.  

C) Oqshom lampalarning xira nurida ishchilar 

to‘shaklariga cho‘zilib, dam ola boshladilar.  

D) Bundan uch-to‘rt kun avval Uzoq Sharqdan 

telegramma keldi.  



8. 

Bu bog‘lar ichida qizg‘ish, nafis, havorang 

marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, 

ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga 

tashlanadi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida 

bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?  

A) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi.  

B) gapda beshta sifat qatnashgan  

C) gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra uchta turi 

ishtirok etgan  

D) gapda bitta qo‘shma sifat, bitta takror sifat 

mavjud  



9. 

Qaysi gapda ravish berilgan?  

A) Qiziqarli kitob o‘qidim.  

B) Kamtarinlar ko‘p gapirmaydilar.  

C) Tushki ovqatni yedik.  

D) Bola shirin uyquda edi.  



10. 

Nadir millat qudratining tamadduni?  

Amir Temur haykalidan so‘rang buni,  

Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?  

Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Ushbu 

she’riy parchada necha o‘rinda olmoshlar 

qo‘llangan?  

A) 5    B) 6    C) 3    D) 4  



11. 

Yubоrmоq, tashlamоq fе’llari ko‘makchi fе’l 

bo‘lib kеlganda yеtakchi fе’lga qanday 

qo‘shimcha ma’nо yuklaydi?  

A) harakatni bajarishga imkоniyat ma’nоsini  

B) harakatning davоmiyligi ma’nоsini  

C) harakatni tеz va оsоn bajarish ma’nоsini  

D) harakatning to‘la yakunlanganligi ma’nоsini 

12. 

Jahongashta odam birikmasi haqidagi to‘g‘ri 

fikrnni toping.  

A) aniqlovchili so‘z birikmasi  

B) holli birikma  

C) to‘ldiruvchili so‘z birikmasi  

D) teng munosabatli so‘z qo‘shilmasi 



13. 

Aniqlovchi haqida berilgan qaysi hukm 

noto‘g‘ri?  

A) qaratqich aniqlovchi fe’l kesimga bilvosita 

bog‘lanadi  

B) aniqlovchi ot kesimga bevosita bog‘lanishi 

mumkin  

C) aniqlovchi fe’l kesimdan tashqari barcha 

bo‘laklar bilan bevosita bog‘lana oladi  

D) sifatlovchi aniqlovchi harakatning belgisini 

bildirib, qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob 

bo‘ladi  



14. 

Quyida berilgan she’riy parchadagi kesimlarni 

aniqlang.  

Ona sevmas farzand topilmas,  

Farzand yo‘qdir onasi sevmas.  

A) topilmas, yo‘qdir  

B) sevmas, topilmas, yo‘qdir, sevmas  

C) topilmas, sevmas  

D) sevmas, topilmas, sevmas  

15. 

Qaysi gap qismlari zidlov bog‘lovchisi 

vazifasida kelgan vosita orqali bog‘langan?  

A) Na kechasi, na kunduzi uyqu bor.  




“AFROSIYOB”

 

education




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin