IV. O‘quvchilarning tanishtiruv va malakaviy amaliyoti davridagi huquq va majburiyatlari 4.1. Amaliyotni o‘tashning dastlabki uch kunida o‘quvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar hamda yuridik texnikumdan amaliyot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadilar
(1-ilova).
Amaliyotni o‘tashning asosiy bosqichida o‘quvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalida ko‘rsatib o‘tilgan ishni bajaradi.
Reja-jadvalga tanishtiruv va malakaviy amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha ishlar kiritiladi va ularni bajarish muddatlari belgilanadi. Tanishtiruv va malakaviy amaliyot rejasi o‘quvchi tomonidan tuzilib, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan kelishilgan holda yuridik texnikumdan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
4.2. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash vaqtida o‘quvchi quyidagilarga majbur:
– amaliyot bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishishi;
amaliyotni tashkil etish va o‘tashni nazorat qilish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishi;
amaliyotni o‘tash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarishi;
amaliyot kundaligini har kuni va tartibli yuritishi (2-ilova);
yuridik texnikumdan tayinlangan amaliyot rahbarining talabi bilan ko‘rib chiqish uchun amaliyot kundaligini taqdim qilishi;
keyingi o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini yuritishi;
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
– qonunchilikka hamda tashkilotda o‘rnatilgan maxfiylik tartibiga qat’iy rioya qilishga.
Tanishtiruv va malakaviy amaliyoti yakunida o‘quvchi tanishtiruv va malakaviy amaliyoti davrida bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va uni o‘rnatilgan tartibda himoya qiladi.
4.3. Tanishtiruv va malakaviy amaliyoti davrida o‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
– tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan savollar bilan amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbarga va yuridik texnikum tomonidan tayinlangan amaliyot rahbariga yordam so‘rab murojaat etishga;
– o‘rnatilgan tartibda mavjud adabiyotlar, tanishtiruv va malakaviy amaliyoti dasturida ko‘rsatilgan doiradagi hujjatlar bilan tanishishga;
– amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbarning ruxsati bilan amaliyotga oid hujjatlardan ko‘charmalar olishga.