" " 2023-yil O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi buxoro viloyati yuridik texnikumi



Yüklə 390 Kb.
səhifə2/12
tarix16.06.2023
ölçüsü390 Kb.
#131419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
DHF to\'g\'-555 (2)

I. Umumiy qoidalar


1.1. Yuridik texnikumning kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida taxsil olayotgan 1-kurs o‘quvchilari uchun kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan O‘quv rejasiga muvofiq tanishtiruv va malakaviy amaliyoti ushbu dasturda belgilangan bir qator huquqni muhofaza qilish organlar va davlat boshqaruvi organlarida tashkil etiladi.
1.2. O‘quvchilari uchun tanishtiruv va malakaviy amaliyoti TDYU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, besh xaftalik muddat ichida amalga oshiriladi.


II. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotining maqsadi va vazifalari
2.1. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotining maqsadi o‘quvchilarda huquqni muhofaza qilish organlar va davlat boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida dastlabki tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishdan iborat.
2.2. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlarining tizimi hamda tashkiliy tuzilishi bilan tanishish;
- huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va ushbu vazifalarini amalga oshirish shakllari bilan tanishish;
- huquqni muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvida fuqarolarning ariza va shikoyatlarini xabarlarni qabul qilish, rasmiylashtirish tartibi, ularni tekshirish va hal etish faoliyati bilan tanishish hamda mazkur jarayonlarda ishtirok etish;
– topshirilgan ishga mas’uliyatni sezish hissi, tanlangan kasbga hurmat, davlat xizmati vazifasini bajarishda bir so‘zlilik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish.


III. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotini tashkil etish
va o‘tkazish
3.1. O‘quvchilarga tanishtiruv va malakaviy amaliyoti talablaridan kelib chiqqan holda yuridik texnikum tomonidan amaliyot rahbari biriktiriladi. Amaliyot rahbari tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash davrida o‘quvchilarning bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbari hisoblanadi. Bu haqda yuridik texnikum direktorining buyrug‘i qabul qilinadi.
3.2. O‘quvchilar tanishtiruv va malakaviy amaliyoti talablarini to‘liq bajarishi va tegishli ko‘nikmalarni egallashlari uchun ularga amaliyot o‘tash joyidagi tashkilot rahbari tomonidan amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash davrida o‘quvchilarga bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qiladi.
3.3. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilar o‘sha tashkilotning xizmat intizomi hamda ichki tartib-qoidalariga amal qilishi shart. Xizmat intizomini buzgan yoki ichki tartib-qoidalarga rioya qilmagan o‘quvchilar tegishli tashkilot rahbari tomonidan intizomiy jazoga tortilishi mumkin. O‘quvchilarni rag‘batlantirish yoki jazolash to‘g‘risidagi buyruq nusxalari yuridik texnikumga yuborilishi shart.



Yüklə 390 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin