" " 2023-yil O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi buxoro viloyati yuridik texnikumi


V. Yuridik texnikumdan biriktirilgan amaliyot rahbarining huquq va majburiyatlari hamda vazifalari



Yüklə 390 Kb.
səhifə4/12
tarix16.06.2023
ölçüsü390 Kb.
#131419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
DHF to\'g\'-555 (2)

V. Yuridik texnikumdan biriktirilgan amaliyot rahbarining huquq va majburiyatlari hamda vazifalari
– o‘quvchilar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun tegishli huquqni muhofaza qilish organlar va davlat boshqaruvi organlariga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
– amaliyotga ketayotgan o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar beradi;
– o‘quvchilarning amaliyot o‘tash joyiga etib kelishini nazorat qiladi;
– qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan aloqalar o‘rnatadi;
– o‘quvchilarga amaliyotni o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
– amaliyotning butun davri uchun o‘quvchilarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;
– amaliyotni o‘tash joylariga o‘quvchilarni taqsimlashda ishtirok etadi;
– amaliyot muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyotni o‘tash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi, shu jumladan o‘quvchilarni amaliyot o‘tash joylariga ko‘rishga borish yo‘li bilan;
– amaliyot bo‘yicha imtihonda ishtirok etadi;
– amaliyotga, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar bilan, rahbarlik bo‘yicha hisobot tuzadi va uni yuridik texnikumning dekanatiga taqdim etadi.


VI. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotini yakunlash
6.1. Tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash davrida o‘quvchi tomonidan qilingan ishlar hisoboti olib boriladi va kunlik rejalar ijrosini qayd etish uchun kundalik daftar yuritiladi.
Kundalik daftarga hisobot tayyorlash uchun rejaga ko‘ra qisqacha yozuvlar, ularning qisqacha yakuni – tanishtiruv va malakaviy amaliyoti rahbarlarining ko‘rsatgan kamchilik va xulosalari yozib boriladi.
6.2. O‘quvchi tanishtiruv va malakaviy amaliyoti yakuni bo‘yicha yozma ravishda hisobot tayyorlab yuridik texnikumdan biriktirilgan mas’ul xodimga taqdim etadi (3-ilova).
6.3. Tanishtiruv va malakaviy amaliyoti yakuni bo‘yicha har bir o‘quvchi hisobot tayyorlashi shart va unda quyidagilar yoritilgan bo‘lishi kerak:
– o‘quvchining F.I.Sh;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyotini qachon va qaerda o‘taganligi;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyotini tashkil etish jarayoni;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash natijalarini qayd etish;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyoti o‘tkazilgan huquqni muhofaza qilish organlar va davlat boshqaruvi organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (xizmat faoliyatini tashkil etish va boshqalar);
– tanishtiruv va malakaviy amaliyoti dasturini bajarganlik, asosiy ishlarning va tadbirlarning ro‘yxati, qiziqarli materiallarni tahlili to‘g‘risida ma’lumotlar;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash jarayonida o‘quvchi duch kelgan amaliyot faoliyati bilan bog‘liq muammolar va ularning echimi bo‘yicha takliflar.
6.4. Tanishtiruv va malakaviy amaliyoti yakunida qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan amaliyot rahbarlari va yuridik texnikumdan tayinlangan amaliyot rahbari imzosi bilan har bir o‘quvchiga yozma ravishda tavsifnomalar tayyorlanadi, unda quyidagilar yoritilgan bo‘lishi kerak:
– o‘quvchining haqidagi ma’lumotlar;
– o‘quvchining tanishtiruv va malakaviy amaliyotini qaysi organda va qancha muddat o‘taganligi, amaliyot davrida o‘zini qanday tomondan ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
– tanishtiruv va malakaviy amaliyoti davomida o‘quvchi tomonidan olingan nazariy bilimlarni namoyon eta olishi, qanday ko‘nikmalarga egaligi to‘g‘risidagi, tanishtiruv va malakaviy amaliyoti dasturi va shaxsiy ish rejasini bajarish to‘g‘risidagi hamda tanishuv amaliyoti yo‘nalishlari bo‘yicha egallagan bilimlari va ko‘nikmalari haqida ma’lumotlar;
– o‘quvchining mustaqil fikrlay olishi, xizmat va ijro intizomi, ishga qanday yondashishi, jamoa bilan ishlay olish qobiliyati, atrofidagilar bilan munosabatlariga qisqacha tavsif;
– o‘quvchining berilgan topshiriqlarga munosabati, o‘z ishiga puxtaligi, qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, qat’iyatli va adolatliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– o‘quvchining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunishi, uni amalda qo‘llashga qodirligi bo‘yicha fikrlar;
– o‘quvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar, shaxsiy ish rejasining bajarilmay qolgan topshiriqlari va uning sabablari, olgan bilimlaridagi kamchiliklar, keyingi ta’lim jarayonida nimalarga e’tibor berishi lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– o‘quvchining tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash faoliyatiga umumiy baho, ushbu amaliyot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar.

Yüklə 390 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin