Adabiyot darslarini o’yin faoliyati asosida mustahkamlash



Yüklə 19,48 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü19,48 Kb.
#211008
Turdiyeva Muyassarxon Xomidjonovna


ADABIYOT DARSLARINI O’YIN FAOLIYATI ASOSIDA MUSTAHKAMLASH
Turdiyeva Muyassarxon Xomidjonovna
11-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani

Bugungi globallashuv davrida har bir o’qituvchi zamon bilan hamnafas bo’lmog’i zarur. Bugungi kun o’qituvchisining boy bilimi va tajribasiga pedagogik texnologiyalarni bilish hamda elektron manbalar bilan izchil ishlay olish sifati ham qo’shilsagina ko’z o’ngimizda zamonaviy pedagog siymosi gavdalanadi.


Adabiyot ta’limida ham darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiy natija beradi, chunki o`qituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta'lim mazmuni o`zgaradi. O`quv mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda ona tili va adabiyot darslariga interfaol metodlar va ta'limiy o`yinlardan foydalanish o`quvchilarning turli shаrоitlаrdа rаvоn nutq yuritishini tа’minlаsh, o’qish vа tinglаb tushunish mаlаkаsini hоsil qilish, fikrlash doiralarini kengaytirishga xizmat qiladi. O’qituvchi аmаlgа оshirishi zаrur bo’lgаn bu tаdbirlаr o’quvchining fikrlаshi, adabiy hоdisаlаrining mоhiyatini аnglаshi, ijоdiy fаоliyat ko’rsаtishigа zаmin yarаtаdi.
5-sinf adabiyot darslarida mavzudan kelib chiqqan holda mashg’ulotni o’yin sifatida tshkillash yaxshi samara beradi. Chunki boshlang’ich sinfdan yuqoriga o’tgan bolada darslarning ilmiy asoslanishi zerikish hissini vujudga keltiradi. Quyida biz ana shunday ta’limiy o’yinlardan ayrimlaridan namunalar keltiramiz:
Kim oshdi?” o’yini. Bu o’yindan o’tilgan mavzular yoki ijodkorlar hayoti va ijodini takrorlashda foydalanish yaxshi samara beradi. O’quvchilar bilan individual yoki guruhlarda ishlash ham mumkin. O’yin davomida yozilgan asarlarga doir ma’lumotlarni og’zaki berilishi talab etilsa o’sha asar mazmunidan o’quvchining qay darajada xabardor ekani ma’lum bo’ladi. Tanlangan mavzu yuzasidan to’g’ri, aniq va tez javob bergan o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi g’olib hisoblanadi. Bu o’yin o’quvchilarni diqqat bilan o’qishga, xotirasini mustahkamlanishiga hizmat qiladi.
Meni top” o’yini. Bu o’yinda o’quvchilar bilan individual sihlash ham yaxshi samara beradi. Doskaga o’quvchilar navbat bilan chiqariladi va o’quvchi avvaldan tayyorlab qo’yilgan kartochkalardan birini tanlaydi. Qog’ozda yozilgan ijodkor yoki obrazni ta’riflaydi. Boshqalar uning kim ekanligini topishadi.
Masalan, 5-sinfda Ezop masallari mavzusini mustahkamlashda quyidagicha o’yinni yuzaga keltirilsa maqsadga muvofiq.

Ezop
Ezop masallari
“Ustiga tuz yuklangan eshak”
“Kiyik va tokzor”
“Yovvoyi echkilar va cho'pon”
“Bo‘ri bilan laylak”
“Eshak bilan baqalar”
“Burgut, zag‘cha va cho‘pon”

Doskaga chiqqan o’quvchi Ezop nomi yozilgan kartochani tanlasa shunday ta’riflashi mumkin: Men juda xunuk ammo aqlli insonman; O’z aqlim bilan hatto hukmdor saroyida xazinadorlik qilganman; Meni Delfa tog’ida o’ldirishgan….
Yoki Kiyik nomi yozilgan kartochani tanlasa shunday ta’riflashi mumkin:
Men yovvoyi hayvonman; ovchidan qochib berkinganman; meni qutqarganlarning qadriga yetmaganim uchun jazolandim….
O’quvchilar javobni topgunicha shunday ta’riflash davom etadi.
Fikrimni davom ettir” o’yini.o’qilgan asarlar yuzasidan takrorlash yoki darslarni mustahkamlashda foydalanish mumkin bo’lgan bu o’yinda o’quvchilarning barchasi darsga jalb etilishi ta’minlanadi. Mavzu bo’yicha berilgan fikrni keyingi o’quvchi davom ettirishi kerak. Fikrlarda izchillik va mantiqiylik bo’lishini o’qituvchi nazorat qilib boradi. Mavzuga oid fikr berolmagan o’quvchi tik holatda kutib turadi. O’yin yakunlangach tik qoldirilgan o’quvchilar uchun o’yin yangidan boshlanadi. O’yin oxirgi o’quvchining to’g’ri javob berguniga qadar davom etadi. Shundagina o’quvchilar o’z ustilarida ko’proq ishlashadi, o’qib-izlanishadi.
Yuqoridagi kabi o’yinlar bilan bir qatorda muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish ham yaxshi samara beradi. O’quvchi muammoni qay yo’sinda hal etish uchun o’ylaydi va mustaqil fikr bildirish ko’nikmasini egallaydi. Bu jarayonda 5-sinf o’quvchisining yoshi va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda muammoni o’qituvchi qo’yib berishi foydaliroq, chunki muammo axtarishga chalg’ib o’quvchi darsdan uzoqlashib ketmasligi kerak.
MUAMMOLI VAZIYAT” JADVALI



Vaziyatdagi muammolar turi

Kelib-chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqish harakatlari

1

Podshoh nega Kenja botirni zindonga solishni buyurdi.

Vazirning fitnachiligi,
Podshohning ishonuvchanligi,
Kenja botirning kamtarligi…

Malikaning nolalari va Kenja botirning hikoyasi














Foydalanilgan adabiyotlar
1. 5-sinf adabiyot darsligi Toshkent, O’qituvchi: 2020.
2. www.ziyouz.com

Yüklə 19,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin