60
vaqtida geoekologik axborotlarni zarur hajmda va kerakli shaklda kelib tushishi, me`yor
va andozalarda keng foydalanishdan iborat. Loyihalarni bosqichligi va bir-birini ichiga
kirib borishi shundan iboratki mayda masshtabli obzorli bosh sxemalardan loyihalarni
(detal) aniq ishlangan yirik masshtabga o`tishini taqozo qiladi. Birinchi bosqichda
odatdagidek, hududni umumiy printsipial modelini tashkil qilish va rivojlantirish (masalan,
mamlakatning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari)-bosh sxema (masshtab1:1 mln yoki
1:500 ming), ikkinchi bosqichda-rayon (tuman) planirovkasi (masshtab 1:300 ming, 1:100
ming, fragmentlar-1:25 ming), uchinchi bosqichda geotextizim va uni atrofni loyihasi. Har
bir bosqichda loyihalashni geotextizimini zarurligi va vujudga keltirish joyi zarurati sezilib
turadi. Masalan, rayon planirovkasi bosqichida ularni joylashuvi, mavjud yoki
loyihalanilgan geotextizimlar bilan aloqasi aniqlanadi. Loyiha bosqichida esa geotextizim
tarkibisi va uning elementlari orasidagi aloqalar aniqlanadi.
O`z vaqtida (loyihani tuzishga qadar) geoekologik axborotlarni kelishi loyiha
qarorlarini to`g’ri asoslash muhim, uni optemal variantini tanlash uchun zarur. Biroq tabiat
to`g’risidagi hozirgi holat ma`lumotlarigina emas balki «tabiat-jamiyat‖tizimidagi
aloqalarva o`zaro ta`sirlar, ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlovchi prognozli ma`lumotlar
ham zarur.
Loyihaning geoekologik tamoyillari-bu qoida, geotextizimlar va ularni elementlarini
loyihalashda amal qilinishi lozim, bu hol ularni tabiiy hususiyatlarini saqlab qolishda
foydalaniladi. Loyihalashning geoekologik tamoyillari tabiiy va integral geotizimlarni
xususiyatlariga tabiiy asoslanadi. Bu tamoyillarga amal qilish faqat integral geotizimlarni
hamda tabiiy geotizimlarni loyihalarida tuzilish xususiyatlari, funatsional mavjud bo`lish,
dinamikasi va taraqqiyotini aniq hisobga olishda mumkin bo`ladi. Geoekologik
tamoyillarga rioya qilish tabiatni saqlab qolish puxta o`ylab ko`rilgan loyihasi va qurilishi,
geotizimni uzoq muddatda ishlab turishi, muhitni inson uchun optimal bo`lishligi
saqlanishini ta`minlaydi.
Tabiiy-texnik geotizimlar-xududiy loyihalash va rejalashtirishning asosiy ob`ekti.
Geotextizimlarni bir necha turlari mavjud bo`lib, ular o`rtasida tuzilish qiyofasi va
funktsional mavjud bo`lishi hamda o`xshashliklari bor. Birinchi guruhga sanoat, transport
va shahar geotextizimlarini kiritish mumkin. Bu guruhda texnik elementlar bilan
61
ta`minlanishi yuqori, asfal’t, beton yoki texnik inshootlar, maydonlarini ko`pligi bilan
texnik elementlari eng yuqori darajada (intensivligi, kontsentratsiyasi, uzoqligi) ta`siri
mavjud, ular geotizimlar o`zgarishida asosiy omil. Transportyo`nalishidagi geotextizimni
texnik elementlari avtomobil’’, temir yo`l, truboprovodlar-unchalik katta bo`lmagan
maydonlarda tabiatda intensiv o`zgaradi. Ularni o`ziga xos ta`sir yo`nalish to`g’ri liniyali
harakterda bo`ladi: bir tomondan to`siq rolini o`ynab, hayvon va o`simlik turlarini
o`tkazmasligi mumkin, boshqa tomondan biologik karidor-yo`lak vazifasini o`taydi,
undan xashoratlar, begona o`tlarni kirib borishi yuz beradi. SHahar majmuali integral
geotextizim. Aholining mavjudligi ularni ijtimoiy-tabiiy-texnik geotextizim deb atashga
imkon beradi.
SHaharlar ayniqsa yirik shaharlar, geotextizimi o`ziga xos, chunki ularda
geotextizimlarning funktsional tiplari mavjud bo`ladi va bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda
bo`ladilar. SHahar-bu o`ziga xos integral majmuali geotextizim. SHaharlarning farqi
ularning teng huquqli elemeti-aholi, inson hisoblanadi. Boshqa geotextizimlardan farqli
shahar geotextizimlari faqat tabiiy va texnik omillardan tashqari sotsial omillar bilan ham
bog’liq. Demak, shaharni aniqroq qilib sotsial-tabiiy-texnik geotizim deb atash lozim.
Nisbatan kichikroq hududlarda ko`pincha bir-birlari bilan turli funktsional
vazifalardagi geotextizimlar: sanoat va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi, transport,
rekreatsiya, tabiatni muxofaza qilish va boshqalar bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda
bo`ladilar. Hududiy loyihalash jarayonida tabiiy-texnik geotizimlarni majmuasi bilan ish
ko`riladi. Bu holda hududni funktsional mintaqalanishi, ularni mavjud bo`lishi jarayonida
vujudga kelishi mumkin bo`lgan nizolarni oldini olish uchun ularni oqilona joylashtirish
yo`llarini izlashga diqqat bilan qarash kerak.
Dostları ilə paylaş: