56
foydalanishda aksariyat kerakli boylik ajratib olingan holda qolganlari (masalan, sochilma
elementlar) ag’darma sifatida terrikonlarda to`plana boradi. Bu jarayonda ularni sifati
buziladi, isrof bo`ladi, atrof-muhitga zarar keltiradi. Ushbu noxush hodisani oldini olish va
ko`proq iqtisodiy samara olish maqsadida konlardan majmuali foydalanish, ya`ni barcha
foydali elementlarni bir vaqtda ajratib olishni yo`lga qo`yish ayni muddaodir, bu hamma
jihatdan ham foydalidir, atrof-muhit zarar ko`rmaydi, ortiqcha terrikonlar vujudga
kelmaydi, yaylovlar maydoni qisqarmaydi. Demak, mineral xom ashyolardan
foydalanishda majmualik tamoyili ustuvor bo`lgan holda unga hamma konlarda muntazam
rioya qilinishi maqsadga muvofiq.
Sug’oriladigan erlar iqtisodiy jihatdan eng samarali ekanligi barchaga ayon. Biroq
sug’orma erlardan olinadigan yalpi mahsulot miqdori va ularni tannarxi turli vohalarda
turlicha, boshqacha aytganda iqtisodiy Samara bir-biridan keskin farq qiladi. Bunday
ahvolni tahlil qilish natijalariga ko`ra hamma gap erni meliorativ sharoit ekanligiga
taqaladi. Darvoqe, iqtisodiy Samara ustun bo`lgan vohalarda tuproq-meliorativ sharoit
ekinlarni o`sishi uchun qulayligi bilan tavsiflanadi va aksincha. Meliorativ ahvol og’ir
bo`lgan viloyatlarda suvdan foydalanish ham izdan chiqqan, ya`ni gektar hisobiga sarf
qilinadigan suv miqdori kattaligi bilan ajralib turadi. Er-suvdan omilkorlik bilan
foydalanish va iqtisodiy samaraga erishish uchun eng avvalo erlarni meliorativ holatini
tubdan yaxshilash, suvdan rasamadagi yarasha foydalanish texnologiyasini joriy etish va
shundan so`ng agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni qo`llashga o`tish ma`qul. CHunki
erlarni obdon sho`rsizlantirmaguncha ularga mineral o`g’it soli shva boshqa tadbirlar
samaradorligi mutlaqo sezilmaydi.
Vohalarda erdan foydalanish eng avvalo tuproq-meliorativ ahvolni tubdan yaxshilash,
ekinlarni sug’orishni me`yoriy ko`rsatkichlar asosida amalga oshirish (sug’orish
texnikasini yanada takomillashtirish) ustuvor yo`nalish bo`lishi lozim. Mazkur
yo`nalishdagi taraqqiyot bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutiladi, ishlarni
meliorativ sharoiti og’ir bo`lgan Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon, Mirzacho`l, Qarshi
cho`lidan boshlanishi maqsadga muvofiq.
Tabiatdan foydalanish jarayonida barcha resurslar bo`yicha ham eng ustuvor
yo`nalishlar aniqlanishi va xayotga tadbiq etilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
57
ahamiyat kasb etadi, chunki tabiatdan foydalanishda dunyo andozalariga asoslash yuqori
iqtisodiy samara beradi, tabiat potentsialidan to`liq va to`g’ri foydalanish imkoniga ega
bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: