““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


 Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə32/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

2.6. Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik 

kartalashtirish 
Atrof - muhit holatini kartada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va ahamiyati 
barchaga ma`lum. ekologik kartalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik karta‖ni
tuzishni nazarda tutmaslik kerak. ―Ekologiya‖ tushuncha- siga ko`ra tirik organizmlarning 
bir-birlari va atrof muhit bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini o`zgarish deb qaralsa, u
holda bu yo`nalishda bir necha bir-birlari bilan bog’liq bo`lgan mavzuli kartalar yaratish 
mumkinligi ravshan bo`ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar,
inson bilan tabiat munosabatlarining geografik va ekologik aspektlariniqamrab olganlari 
tufayli bu borada ko`plab turli mavzuli analitik va sintetik kartalar tuzish taqozo etiladi.
Ekologik 
kartalarni
mazmuni, 
funktsional
vazifasi 
(biror
maqsadga 
yo`naltirilganligi), undan foydalanish turiga ko`ra uch tipga: 1) umumekologik, 2) aniq
maqsadga yo`naltirilgan, 3) amaliy kartalarga ajratish mumkin. Umumekologik kartalarga 
mazmunan keng qamrovli, ko`pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali
umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi kartalar sintezlashgan toifaga mansubligi 



68


tufayli kartografik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga ega va shuning uchun ham boy
ma`lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. ―Tabiatdan foydalanish kartasi‖, ―Ekologik 
karta‖, ―Geoekologik karta‖, va boshqa shu toifadagi kartalar umumekologik kartalar deb
atash mumkin. 
Aniq maqsadga yo`naltirilgan ekologik kartalar maxsus kartografik mazmuniga ega
bo`lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan 
bo`ladi. Bu jihatdan qaraganda Ushbu toifadagi kartalar mazmuni, ma`lum maqsadga
yo`naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida 
vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan
foydalanish borasida xududda tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa 
jarayon va hodisalar umumlashgan holda kartada aks ettiriladi. Albatta, asosiy kartada suv
resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim 
karta-kesmalarda asosiy kartani mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar
tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish 
natijasida tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa jarayon va hodisalar
umumlashgan holda aks ettiriladi. Albatta asosiy kartada suv resurslaridan foydalanish va 
uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim karta-kesmalarda asosiy kartani
mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik 
kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni
tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi. 
Amaliy ekologik kartalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga
xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o`z oldiga qo`ygan aniq maqsadiga ko`ra bu 

toifadagi kartalar sintetik va analitik guruhlarga bo`linadi. Sintetik ekologik kartalar


mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari olingan ko`rsatkichlar, mezonlar, 
me`yoriy ma`lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma`lumotlar, tajribaviy va
dala axborotlari maxsus kartografik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida 
ta`kidlash lozimki, bu guruhdagi kartalar ko`proq qayta ishlangan, ya`ni tahlil qilingan
miqdoriy va sifatli ko`rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik kartalardan keskin 
farq qiladi.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin