““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Tabiiy-texnik geotizimlar faoliyatining rejimini hisobga olish, boshqaruv va



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə31/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

Tabiiy-texnik geotizimlar faoliyatining rejimini hisobga olish, boshqaruv va 

nazorat.
Geoekologiya loyihalash nafaqat tabiiy-texnik geotizimlarni vujudga keltirishini 
nazarda tutmay, balkim ularni muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatish rejimi va hamda
boshqarishni ham e`tiborga oladi. Tabiiy-texnik geotizimlarni loyihalashning majburiy 
elementlaridan biri tabiiy-texnik geotizimlarini ta`siri, tabiiy, integral geotizimlarni
o`zgarishi, bioekologik hamda sotsial-iqtisodiy oqibatlari o`zgarishi bo`yicha kompleks 
nazorat bo`lishi kerak.
Tabiiy-texnik geotizimlarni boshqarish o`z ta`sir doirasiga xo`jalik, texnik, inson 
faoliyati va tabiiy komplekslar o`rtasidagi oqilona hamda optimal o`zaro munosabatni
tashkil qilishni oladi, geotextizimlarni sotsial-iqtisodiy funktsiyalarini bajarish borasidagi 
faoliyatini tartibga soladi. Jamiyat talabini qondirish uchun tegishli landshaftni tanlashni,
landshaft bajarayotgan funktsiyalarni harakteri va darajasini tanlash, geotizim 
funktsiyasini almashtirish masalasini hal qilish, jamiyatni xududiy va vaqt talablarini
landshaftining imkoniyatlari (uning barqaror- lik xususiyati, maydoni, rejimi va boshqalar) 
bilan muvofiqlashtirish, avariya vaziyatlari to`g’risida ogohlantirish va tabiiy
komponentlarni avariya vaqtida tadbirlar bilan muhofaza qilish lozim bo`ladi. 
Tabiiy-texnik geotizimlarni boshqarish ularni loyihalash va ekspluatatsiya vaqtida zarur.
Odatda loyihani o`z-o`ziga hos boshqaruv tizimi, chunki uni amalga oshirish tabiiy, texnik 
komponentlarni o`zgarishiga olib keladi va butun tabiiy-texnik geotizimlarning
ktsiyalarini holatini aniqlaydi. (http://www.c-x.com – Land and Real Estate Appraising).
Tabiiy-texnik boshqarishni alohida murakkabligi ularda tabiiy, texnik va sotsial 

elementlarni o`zaro almashib kelishi va ularni murakkab o`zaro ta`sirlari bilan bog’liq.


Tabiiy-texnik geotizimlarni boshqarishni qoida va usullarni aniqlashda ularda tabiiy 
komplekslarga xos o`z-o`zini boshqarish va tashkil etish jarayonlarini hisobga olish juda
ham muhim. 



66


O`z-o`zini boshqarish va tartibga solish jarayonlarini boshqaruv manfa- atlaridan
foydalanish zarur. Masalan, suv omborlarining qirg’oqlarini tabiiy jarayonlar ta`sirida 
barqaror holatga kelishini, qirg’oq zonasining me`yordagi kesimini vujudga kelishi, plyaj,
abraziya jarligi va boshqalarni tarkib topishi, buzilgan erlarni rekul’tivatsiya qilishda 
biologik jarayonlarning faoliyatidan foydalanish, qumliklarni o`simliklar bilan qoplanishi,
biologik faoliyat asosida tuproq profilini vujudga kelishi, suv havzalarini o`simlik qoplami 
bilan qoplanishini oldini olish maqsadida o`simliklarni iste`mol qiluvchi baliqlarni
faoliyatidan foydalanish va boshqalar. 
Tabiiy-texnik geotizimlarni nafaqat faoliyatini, shuningdek bir vaqtni o`zida ularni
dinamikasi va rivojlanishini hisobga olish muhim, bunda bir-birlarini ustiga tushuvchi 
turli davrlardagi o`zgarishlar yuz bera- di. Masalan, bir yo`nalishdagi iqlim o`zgarishari
barcha jarayonlarga ta`sir etadi, ayniqsa landshaft, biologik, gidrologik, gemorfologik 
hodisalarni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, agarda bu iqlimiy o`zgarishlar ritm, tsiklda
yuz bersa tabiiy muhit o`zgarishlari ma`lum yo`nalishlarda sodir bo`ladi. 
Tizimning boshqarish darajasi uni tashkil qilgan elementlar va mu- hit orasida
o`zaro bog’liqlik darajasiga bog’liq. Agarda bu elementlar bir- birlari bilan yaqindan 
bog’liq bo`lsa u hola ularni boshqarish oson. YOpiq tizimlar, ya`ni qo`shni tizimlar yoki
muhit bilan aloqasi bo`lmagan tizimlar- ni boshqarish soddaroq. Tizim ochiq bo`lsa, muhit 
bilan aloqasi yaqindan bo`lsa, u holda uni boshqaruv murakkab kechadi. Geotextizimlar
ochiq tizimli bo`lganligi sababli ularni boshqarish oson emas. 
Boshqaruv bir vaqtli akt bo`lmay balkim ketma-ket harakatlardan ibo- rat bo`lib
quyidagilarni o`z ichiga oladi: tizimni loyihalash-uni vujudga keltirish-tizimini holati va 
faoliyatini o`rganish tabiatini o`zgarishini o`rganish-salbiy oqibatlarini ajratib olish-ularni
baholash-ushbu oqibat- lar bilan kurashish uchun printsipial tadbirlarni tanlash-ularni 
amalga oshirish-tizimini o`zgartiruvchi choralar qo`llagandan so`ng o`rganish-ularni
samaradorligini aniqlash-tizimini ekspluatatsiya rejimiga o`zgartirish kiritish.
Tabiiy-texnik geotizimlarni boshqarishning quyidagi turlarini ajratish maqsadga
muvofiq: 1) loyihalash jarayonida geotextizimlarni vujudga keltirishni boshqarish; 2) 
mavjud geotextizimlarni boshqa- rish-amaliy (tartibga solish). Boshqarish tizimida
quyidagilar bajariladi: a) o`rganilayotgan geotizimlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 



67


talablariga mos kelishi taxlil qilinadi, b) tabiiy-texnik geotizimlarni vujudga keltirish va
faoliyat natijasida yuz berishi mumkin bo`lgan oqibatlarni yaqin va uzoq kelajak uchun 
bashoratlash, bunda ularni turli shakllarda foydalanishi ham e`tiborga olinadi, ularga ta`sir
uslublari, turli rejimlardagi bosimga ahamiyat beriladi. v) ta`sir uslublari tanlanadi, ta`sir 
me`yorlari, landshaftning o`zgarishlari, xo`jalik va aholi uchun oqibatlari aniqlanadi.
Loyiha rejalashtirilayotgan tadbirlarning oqibatlarini hisobga olish ko`zda tutiladi. 
Masalan, sug’orma erlarda tuproq sho`rlanishi va unga qarshi kurash. Bu tadbir erlarni
o`zlashtirish jarayonida nazarda tutiladi. 
Amaliy boshqarish bosqichma-bosqich geotextizimlarni haqiqiy o`zgari- shini
nazorat qilish me`yoriy yoki loyihalangan ko`rsatkichlar bo`yicha amalga oshiriladi., 
belgilangan rejim bo`yicha turli qurilmalar va texnologik jarayonlar yordamida bajariladi.
Nazoratning zarurligi texnik inshootlar- ni geotextizimning tabiiy qismlariga ta`siri 
natijasida turli zanjirli reaktsiyalari vujudga keladi, ko`pincha nagruzkani oshib ketishi
natijasida chuqur tiklanmaydigan o`zgarishlarga olib keladi, keyinchalik salbiy oqibat- lar 
rivojlanadi, buning natijasida tabiiy-texnik geotizim butunlay ishdan chiqishi mumkin.



Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin