69
geotizimlardan iborat, binobarin, ularni o`rganishni tizimli yondashuv asosida amalga
oshirish samarali ekanligi fanda asoslangan. Tizimli yondoshuv umumiliy tamoyilga
aylanadi. Tizimli yondashuv o`rganilayotgan xududini tizim sifatida qaraydi, uni o`rganish
esa uslubiyot asosda amalga oshiriladi. A.G.Isachenko(1991)ni ta`kidlashicha,
tizimli
tamoyilni kartografiyada qo`llanilishini eng qulay yo`li tuziladigan bir turkum mavzuli
kartalar asosida geotizimlarni ifodalanishi eng qulay va samarali usul bo`lib xizmat qiladi.
Asosiy tadqiqot usullari sifatida landshaft, aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, kartografik,
miqdoriy, solishtirish va boshqalar. qo`llaniladi. ekologik kartalar asosini landshaftlar
tashkil qiladi.
Amaliy ekologik kartalashtirish.
Amaliy ekologik kartalashtirish xududlarida tabiat
muhafazasi, vujudga kelgan qaltis vaziyatlarni yumshatish,
aholi uchun qulay va juda
qulay tabiiy muhit yaratish, falakat keltiruvchi tabiat hodisalarini oldini olish, tabiiy
muhitni optimallashtirish va boshqa yumushlarda kurashning
taktika va strategiyasini
aniqlash, loyiha ishlarini amalga oshirishda negiz vazifasini o`taydi.
Amaliy kartalar guruhida baholash, prognoz, chora-tadbirlar majmuasi, tabiatni
muhofaza qilish bo`yicha
rayonlashtirish, ekologik rayonlashtirish va boshqa turdagi
mavzuli kartalar tuziladi. Kartalar amaliy turdagi ustuvorlikka ega bo`lganliklari uchun
ularni tayyorlashda me`yoriy, taxlil natijasida aniqlangan ko`rsatgichlar, kuzatish,
dala-tajribaviy ishlar (eksperiment) natijalaridan keng foydalaniladi.
Ekologik monitoring natijalari asosida kartalashtirish.
Atrof muhitni, xususan
suv
va havo xavzalari, tuproqni ifloslanishi, yaylov, o`rmonzorlarni buzilishi, er
resurslarini muomaladan chiqib ketayotganligi muntazam faoliyat ko`rsatuvchi ekologik
monitoringni joylarda amalga oshirishni talab qiladi. Bu borada mamlakatimizda ma`lum
darajada ekologik kuzatish va nazorat ishlari olib borilmoqda.
Ekologik monitoring natijasida jonli va jonsiz tabiat bo`yicha har yili ko`plab
kuzatish va nazorat ma`lumotlarini yig’iladi. Ayniqsa, suv va havo xavzalarini ifloslanishi,
tuproqlarni qashshoqlanishi, sug’orilgan erlarni sho`rlanishi,
eroziya va boshqa
jarayonlarni harakati bo`yicha ko`plab ma`lumotlar yig’iladi. Ular asosida ma`lum
yo`nalishlar bo`yicha ekologik kartalar tuzish fond materiallaridan foydalanish
samaradorligini bir necha barobar oshiradi. Karta ko`plab turli ko`rsatkich, miqdoriy
70
ma`lumot- larni o`zida mujassamlashtirgani tufayli, ulardan
amaliy foydalanishni
osonlashtiradi. Bunday kartalar ma`lum erlar uchun muntazam tuzib borilishi natijasida
ularni ko`p yillik dinamik o`zgarishidagi qonu- niyatlarni aniqlashga imkon beradi.
ekologik kartalarni tuzishda aero- kosmik uslubiyotidan foydalanish ancha samarali
hisoblanadi. Koinotda olingan suratlar asosida tuzilgan kartalar loyihachilar,
turli
mutaxassis- lar, olimlarni tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiiy
resurslarni mahsuldorligini oshirishdagi
ishlarni tez bajarilishi, si- fatli qilib amalga
oshirishda va ko`zlangan maqsadga erishishda negiz bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: