4-билет
1. Абу Райхон Берунийнинг борлиқ фалсафаси.
2. Эмпедоклнинг борлиқ ҳақидаги таълимоти.
3. Фихтенинг субъектив идеализми.
1.
Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Beruniyning minerologik merosini o’rganuvchi rus olimlaridan biri G. Lеmmlеyn uning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga qo’shgan hissasi to’g’risida gapirib: “Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi mеtoddir…, Beruniy davrida tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishayotgan va tajribaviy uslub birinchi marta sеzilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” -dеydi.
Beruniy tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, uni turli aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash rеjasida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, uning astronomiya (fazo tuzilishi, Yerning harakati va hokazo), gеologiya (Yerda sodir bo’layotgan kеng jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kеlib chiqishi va tuzilishi), minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin .
Bu yerda Beruniy tabiiy-ilmiy qarashlarining falsafiy qarashlari bilan qo’shilib kеtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi.
Bizning fikrimizcha, Beruniyning mashhur tabiatshunos sifatida, yuqorida qayd qilingan muhim xususiyatlari uning falsafiy qarashlarining shakllanishida rol o’ynagan.
Olimning muhim xizmatlaridan yana biri shuki, u Yer harakati to’g’risidagi muammosini dunyoning gеomarkaziy va gеliomarkaziy sistеmalarining gеomеtrik nuqtai nazaridan tеngligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. Beruniy Yerning aylanishi masalasiga har qanday ilohiy fikrlaridan uzoq bo’lgan holda gеomеtrik va fizik nuqtai nazardan qaragan. Agar Beruniyning fikricha gеomеtrik nuqtai nazardan ikki nazariya tеng huquqli bo’lsa, undan tashqari Yer harakatining tan olinishi ayrim qiyinchiliklarni hal etsa, lеkin fizik nuqtai nazardan tеkshirishda Beruniy Yer harakati ta'limotidan kеlib chiquvchi barcha xulosalarni aniqlashda qator tadqiqotlar olib bordi. Ptolomеy va Aristotеllarning agar Yer harakat qiladigan bo’lsa, barcha narsalar va hayvonlar bundan uchib kеtishi mumkin dеgan e'tirozlariga qarshi chiqib, Yer bilan jismlar o’rtasida o’zaro tortilish kuchlarining mavjudligini e'tirof etgan. Shuningdеk, Beruniy Yer harakatini tan olgan holda qator muhim muammolarning yеchilishini talab qiluvchi masalani qo’yadi. Olim shuningdеk, yerning ekvator bo’ylab harakat tеzligini hisoblab chiqadi. U aniqlagan Yerning aylanish tеzligi umuman hozirgi zamonda hisoblab chiqilgan tеzlikdan dеyarli uzoq bo’lmagan. Bu o’z zamonasi va ayniqsa, kеyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Buyuk mutafakkirlar o’rtasidagi falsafiy munozaralarning tahlil qilinishi shuni ko’rsatadiki, Ibn Sino ham bu yerda chuqur bilimlarni namoyon qilgan va ko’pgina masalalarni hal etishda muhim hissa qo’shgan. Biroq u Aristotеl qarashlarining ayrim zaif tomonlaridan qaytmagan, Beruniy esa haqiqat va tajribaga ko’proq asoslanib, Aristotеl naturfilosofik ta'limotlarining ko’pgina asossiz tomonlarini aniqlashga uringan.
Bularning hammasi Beruniyga Aristotеl ta'limoti, shuningdеk, Ibn Sino qarashlarining ko’p
gina ijobiy tomonlarini ko’rishi va qadrlashiga halaqit bermay, aksincha, Ibn Sino bilan birga O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy- falsafiy lager tеvaragida jipslashishga, uning yanada taraqqiy etishiga va mustahkalanishiga katta hissa qo’shdi.
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi insoniyat tafakkuri tarixida Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi
2.
Hayoti: EmpedokI (mil.av.490-430-yillar) Zenonning
zamondoshi, falsafiy qissalar muallifi, shoir, faylasuf, muhandis.
EmpedokI hayoti va faoliyati Sitsiliyadagi Agrigent shahrida
o‘tgan. Agrigent miloddan awalgi davrdagi yunon shaharlari
ichida savdo-sotiq nuqtayi nazaridan eng rivojlangan, ilg‘or
shaharlaidan hisoblangan.
Asosiy asari: U o‘z falsafiy qarashlarini
mashhur «Tabiat haqida» asarida bayon etgan.
Ta’limoti: U o‘z falsafiy ta’limotida ba’zi
masalalar bo‘yicha Eley maktabi g‘oyalariga
tayangan bo‘lsada, haqiqiy borliqning ele-
mentlari, miqdor masalasida ular bilan kelisha
olmagan. Eley maktabining ta’limotiga ko‘ra,
haqiqiy borliq yaxlit va o‘zgarmas, u na paydo
boiadi va na yemiriladi, hatto ko‘plikka ham ega emas. Empedokl
esa eleyliklaming ta’limotiga qarshi chiqib, olamning asosiga to‘rt
unsumi qo‘yadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiat jismlarning
asosini tashkil etadi. Unsurlaming birikishi va ajralishi miqdoriy
va sifatiy o‘zgarishlarga bogiiq. Lekin boshlang‘ich ibtidolar o‘z-
o‘zicha o‘zgarmaydi.
Empedokl o‘z o‘tmishdoshlari g‘oyalarini yaxlit, bir butun
tizimga solishga urindi. «U Parmenidning borliq mavjud va u
moddiy, borliq hech qayerdan paydo bo‘lmaydi va hech qayerga
yo‘qolmaydi, ya’ni u yo‘qlikdan paydo bo‘lishi mumkin emas va
yana yo‘qlikka aylanmaydi, degan g‘oyasini qabul qilgan. Yoxud
yo‘q narsadan nimadir paydo bo‘lishi mumkin emas va mumkin
bo‘lmagan. Eshitilmagan narsadan nimadir paydo bo‘lishi uchun,
mavjud bo‘Igan, o‘lgan, ya’ni u qayerga qo‘yilmasin, hamisha
bo‘lgan.»13 Va yana: «..hech bir narsada bo‘sh narsaning ham va
nihoyatda to‘la narsaning ham o‘zi yo‘q», «Aks holda ular
qayerdan paydo bo‘lgan bo‘lar edi? »14, deb hisoblagan.
Empedokl olamning asosiga to‘rt moddiy unsur: tuproq, suv,
havo va olovni qo‘yadi. Empedokl olov va havoni erkak xudolar
sifatida tuproq va suvni esa ayol xudolar sifatida talqin qilib,
ulami bir-birlariga qarama-qarshi qo‘ygan.
Ba’zan u bu to‘rtta unsumi tirik mavjudod deb qarab,
gilozoistik (notirik narsalarni tirik deb talqin etish) ta’limotni
ilgari surgan. Empedokl Fales singari butun tabiatni tirik va hatto
ilohiy deb bilgan.
Uning fikricha, moddiy unsurlar harakatlantiruvchi kuchlar
bilan chambarchas bogiiqdir. Barcha unsurlarga harakatlantiruv-
chi kuchlar muhabbat va yovuzlik xos. Unsurlami birlashtimvchi
kuchni u muhabbat, do‘stlik, garmoniya va hatto Afrodita desa,
ularni bir-biridan ajratuvchi kuchni yovuzlik, nafrat kuchi deb
hisoblagan.
Birlik va ko‘plik masalalarini EmpedokI Eley maktabi fal-
safasi va Geraklit falsafasidan farqli, o‘ziga xos ravishda hal
etgan. Eleyliklar faqat bir butunlikni, yaxlitlikni e’tirof etganlar,
ya’ni yaxlitlikni, fikrda bor desalar, ko‘plik hissiy olam faqat
hissiyotimizda boiadi deganlar. Geraklit uchun yaxlitlik va
ko‘plik bir paytning o‘zida mavjud, ya’ni hamma narsa bir
narsada va bir narsa hamma narsada namoyon boiadi.
Empedoklning fikricha esa, birlik va ko‘plik, muhabbat va
yovuzlik kabi qarama-qarshi kuchlar bir paytning o‘zida emas,
navbatma-navbat mavjud boiadi. U tabiat hayotini davriy jarayon
sifatida tushunib, muhabbatni - ashyoviy jismlami birlashtiruvchi
kuch, yoviizlikni esa unsurlami parchalovchi kuch, deb tasawur
qilgan.
Olamda navbatma-navbat muhabbat va yovuzlik kuchlari
hukmronlik qiladi. Muhabbat hukmronlik qilgan davrda hamma
narsalar birlashadi, tabiat esa sifatsiz sharga o‘xshaydi. Unda
alohida moddiy unsurlaming o'ziga xos xususiyatlari saqlan-
maydi. Aksincha, yovuzlik hukmronlik qilgan davrda hamma
narsa ko‘plikka aylanadi, unsurlar esa o‘ziga xos xususiyatga ega,
alohida-alohida holatda boiadi.
To‘rtta moddiy unsurlar ichida olov alohida maqomga ega.
Uning fikricha, hamma narsaning asosini yovuzlik va muhabbat
kuchlari tashkil etsa ham hamma narsa olovdan paydo boiib va
у ana olovga qaytadi. Bu yerda uning dunyoqarashiga Geraklit
taiimotining kuchli ta’sir etkanligini ko‘ramiz.
EmpedokI tabiatdagi barcha narsalaming kelib chiqishini
tushuntirishga harakat qilar ekan, sodda boisada, evolyutsionizm
g‘oyasiga asos solgan. U nafaqat noorganik tabiatdagi, balki
organik tabiatdagi hodisalami kuzatib, qiziqarli farazlami ilgari
surgan. Uning fikricha, jismlar to‘rt unsuming teng mutanosibligi
asosida paydo bo‘ladi. Masalan, inson va hayvonlarning asablari
tuproq va olov unsurlarining bir qismi va suv unsurlarining ikki
qismining o‘zaro birlashuvidan tashkil topgan.
Dastlab, qorishib ketgan unsurlardan havo ajralib chiqib,
atrofga yoyilgan. Keyin ulardan olov ajralib chiqqan. Borliqning
eng yuqori qismini havo egallagani uchun olov gumbazsimon
holatni tashkil etgan.
Empedokl kosmologiyasiga binoan, Yer atrofida ikkita yarim
shar mavjud, ular aylanma harakatda bo‘ladi. Birinchi yarim shar
faqat olovdan tashkil topgan bo‘Isa, ikkinchi yarim shar esa havo
va olov qorishmasidan tashkil topgan. Empedoklning astronomik
gipotezasiga ko‘ra, Quyosh tabiatan olovli emas, balki
gumbazsimon osmon ostidagi kunduzgi yoritqich bo‘lib,
Quyoshning suvda aks etgani kabi u olovning aksidir. Oy esa
havodan tashkil topgan. Havo yuqorida quyuqlashib, do‘lga
o‘xshash shaklga kirgan. Oy o‘zidan nur taratmay, balki Quyosh
yog'dusini aks ettiradi. Empedokl ham Quyosh, Oy tutilishini
tabiiy qonuniyat sifatida tusliuntirishga harakat qilgan.
Empedokl Geraklit singari olamning rivojlanishi davriy
holatda deb bildi. Uning fikricha, olam paydo bo‘ladi va
yemiriladi, lekin olamning paydo bo‘lishi dastlabki olovning
boshqa holatga o‘tishi orqali emas, balki o‘zgarmas unsurlaming
o‘rin almashishi orqali yuzaga kelgan o‘zgarish natijasida sodir
bo‘ladi. Bimda hal qiluvchi rol olamni yaratuvchi ikkita kuchlarga
taalluqlidir. Muhabbat, yovuzlik kuchlari Geraklitning to‘la
mutanosiblik (garmoniya) va kurash g‘oyasini eslatadi.
Biroq Empedoklning kuchlari alohida-alohida, qarama-qarshi,
ular birlasha olmaydilar. Har bir davrda mutlaq farq qiladigan
qarama-qarshi holatlar mavjud, har bir davr to‘rt davrga bo‘linadi.
Birinchi davr - muhabbat hukmronlik qilgan davrda barcha
unsurlar qorishib, yaxlitlikni tashkil etadi. Muhabbat hamma
narsani birlashtirib, markazga joylashadi, harakat to‘liq sokin
holatga keladi.
Ikkinchi davr - yovuzlik chetdan yoki pastdan asta-sekin
markazga yaxlitlik ichiga kirib, muhabbat birlashtirgan turli
unsurlami bir-birlaridan ajratib, har birini, ya’ni olovni olov bilan,
suvni suv bilan birlashtiradi va h. k.
Uchinchi davr - yovuzlik toia hukmronlik qilgan davr. U
markazga joylashib, muhabbatni tashqariga siqib chiqaradi. Bu
davrda borliq alohida-alohida joylashgan to‘rt unsurdan iborat
bo‘ladi.
To‘rtinchi davr - muhabbat markazda hukmronlik qilayotgan
yovuzlik ichiga kirib boradi va asta-sekin yovuzlikni siqib
chiqarib, barcha unsurlami birlashtiradi. Bu davrlar yana takrorla-
naveradi. EmpedokI fikricha, olam ikkinchi va to‘rtinchi davrda
paydo boigan. U bizning dunyodan tashqarida boshqa dunyolar
ham mavjud, degan g'oyani ilgari surgan.
EmpedokI bilishni inkor etmadi. Lekin uning ta’kidlashicha,
sezgilar bir-biriga monand bo‘lmasa, ya’ni obyekt va subyektdan
chiqadigan nurlanishlar bir-biriga mos kelmasa, bilim ham paydo
bo‘lmaydi. Inson olamni bilishda obyekt va subyektning
g‘ovaklaridan chiquvchi nurlar bir-biriga mos kelishi kerak.
Hissiy a’zolarimizning g‘ovaklari turlicha bo‘lganligi uchun har
bir a’zo o‘ziga tegishli sezgisini qabul qiladi. Ya’ni ko‘zimiz bilan
ko‘ramiz, qulog‘imiz bilan eshitamiz. Ko‘rish ko‘z qorachi-
g‘imizda joylashgan olovning nurlanishi orqali sodir boiadi. Ko'z
o‘z tarkibida mavjud olov, suv va boshqa unsurlami ma’lum
miqdorini qabul qiladi. Ranglar unsurlardan taralib, ko‘z
g‘ovaklariga urilib, ko‘zda paydo boiadi. Asosiy ranglar to‘rtta
unsur singari to‘rttadir. Oq, qora, qizil va sariq ranglar dan iborat.
Oq ranglar olov g‘ovaklari orqali qabul qilinsa, qora rang suv
g‘ovaklari orqali qabul qilinadi. Agar ko‘zning tarkibi shunchalik
maium boisa, nega ko‘z har xil ko‘radi? Biri yaxshi, biri yomon
ko‘radi. EmpedokI buni ko‘zlaming joylashishiga bogiiq deydi.
Birining ko‘zida olov unsuri ko‘p boisa, ikkinchisining ko‘zida
esa suv unsuri ko‘p boiadi. Olov unsuri ko‘p boigan maxluq
tunda yaxshi ko‘radi. Olamni bilishda hissiyotdan tashqari aql
ham muhim rol o‘ynaydi. Insonning ongi uning holatiga bogiiq,
olgan tasavvurlari tanasining o‘zgarishiga bogiiq. Kishining fikri
bu qalbni yuvib turuvchi qondir.
Empedoklning fikricha, haqiqat mezoni sezgilar emas, balki
to‘g‘ri fikrlashdir. To‘g‘ri fikrlashning asosida maium darajada
ilohiylik, bir qismida esa insoniylik yotadi. Ilohiylikni bilib
boimaydi, insoniylik esa o‘tkinchidir. To‘g‘ri fikrlash hissiyotga
tayanmaydi.
EmpedokI fikricha, narsalarga o‘zgarmas va o‘zgaruvchi sifat-
lar xosdir. Moddiy unsurlaming o‘zgarmas sifatlari ulaming
o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridir. 0 £zgaruvchan xususiyat esa
ikki kuchning bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida hosil boiadi. Shu
bilan EmpedokI tabiatdagi tortishish va itarish kuchlari haqida
taxminiy fikrlar ham aytgan. Shunday qilib, EmpedokI tabiatdagi
narsalaming o‘zgarishini o‘ta soddalik bilan tushuntirib berishga
uringan.
U harakat kuchlarini materiyadan ajratib
qo‘yadi. Lekin bu kamchiliklarga qaramay,
Empedokl o‘z davriga nisbatan ancha ilg‘or
g‘oyalami ilgari sura olgan. Keyinchalik
uning ta’limoti Anaksagor tomonidan
yanada rivojlantirilgan.
3.
logan Fixte (1762-1814 yy.) - nemis
falsafasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri.
Fixte hunarmand to‘quvchi oilasida dunyoga
kelgan. U bolalik va o‘smirlik yillarini kam-
bag‘allikda o‘tkazdi. Tasodifiy bir hoi uning
o‘rta maktabni tugatib, universitetga kirib o‘qi-
shiga sabab bo‘ldi. Asarlari: «Har
qanday bashoratning tanqidiy tajribasi», «Fan-
lami o‘rganish asoslari», «Olimning mas’uliyati haqida muhoka-
malar, «Tabiiy huquq asoslari» va boshq.
Fixte falsafasining g‘oyaviy asoslari va ozidan keyingi
ta’limotlarga ta’siri o‘z aksini topgan.
Mahalliy zamindor qishloqdan kelgan bu bolaning xotirasiga
qoyil qoladi, ruhoniy o‘qigan duoning so‘zlarini hech yang-
lishmay, to‘la takrorlashidan hayratlanib, uni homiylikka oladi va
o‘qishini davom ettirish uchun moddiy yordam berib turadi. Fixte
awal Iena umversitetida, keyinchalik Leypsig universitetining
ilohiyot fakultetlarida ta’lim oladi.
Fixte Erkin bo‘Iish - demak o‘z-o‘zini erkin
qilishdir.
Erkinlik - zaruratni bilish faoliyatidir, “Men”
sohasini kengayishi “Men-emas” hisobidan,
lekin yagona mutlaq hisobidan.
Nemis subyektiv idealizml-
ning yirik namoyondasi Kantning «narsa o‘zida»haqidagi ta’limotini
uloqtirib tashlab, bilish shaklining butun xilma-xilligini bir subyektiv
idealistik ibtidodan keltirib chiqarishga o‘ringan. Bu ibtido shundan
iboratki, faylasuf qandaydir mutlaq subyektiv* «Men»ni nazarda tutib,
unga benihoya aktiv faoliyat beradi, shundan keyin u olamni yaratadl.
Boshlang‘ich «Men»bu o‘ziga xos «Men» emas, balki ongning axloqiy
faoliyagidir. Ana shu mistik boshlangich «Men» alohida «Men»nl
keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutlaq emas, balki cheklangan inson
subyekti yoki empirik«Men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya'nl
empirik tabiat qarama-qarshi turadi. Fixtening fikricha, absolyut subyekt
«Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri bilan o‘zviy bogiangan,
ulaming hech birini ayrim ravishda bilib boimaydi. Fixte ta’limotidagl
dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |