““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Tabiiy resurslar va ularning geoekologik holati



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə21/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

2.2. Tabiiy resurslar va ularning geoekologik holati 

Tabiiy resurslardan foydalanish ko`p qirrali va bosqichli murakkab jarayon. Bir 


resurs turidan foydalanish jarayonida boshqa resurslar ham ishtirok etadi. Ishlab chiqarish


jarayonida ko`p hollarda resurslardan majmuali tarzda foydalanish lozim bo`ladi. Bunda 



46


foydalanish samaradorligi ko`p omillarga bog’liq bo`lib, ishlab chiqarishni tashkil
qilishning ilmiy tamoyillari va ularga amal qilish ustuvor ahamiyatga ega.
Tabiatdan foydalanish majmuali, ko`p bosqichli bo`lib, tabiat qonun- lariga 

to`la rioya qilish, foydalanish me`yori va ekologik muvozanatga jiddiy ahamiyat berish,


uning kambag’allashuvi va ifloslanishining oldini olish asosida amalga oshirilishi zarur. 
SHuning uchun ham tabiat resurslaridan majmuali foydalanish tamoyillari va tegishli
tartib-qoidalarga o`z vaqtida amal qilinsa, qulay ekologik vaziyat shunchalik 
mustahkamlanib boradi.
Tabiiy resurslardan foydalanishning geografik asoslari avvaldan ma`lum bo`lib, 
fanda u turli mutaxassis-olimlar tomonidan turlicha talqin qilinsada, umumiy yo`nalish va
asoslanish negizlari bosqichma-bosqich yaratib borildi. Ularning ba`zilarigina amalda 
qo`llanib kelinmoqda va buning natijasida turli nomatlub hodisalarning oldini olishda,
joylarda resurslardan foydalanishda mavjud fan imkoniyatlaridan to`liq foydala- nilayapti, 
deb xulosa chiqarish mumkin emas.Fanning bunday imkoniyatlari nihoyatda katta, gap
ulardan amaliy jihatdan barcha hududlarda to`liq foydalanishga o`tishda qolgan. 
Geografiyada hududlarni ma`lum geotizim sifatida qaralishining o`zi 

boyliklardan omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi, chunki har bir geotizim ma`lum


tabiiy sharoit va resurslar, hatto xo`jalik, aholi (integral geotizim) to`g’risida butkul 
ma`lumot beradi. Ulardan har biriga tegishli ekologik vaziyat va muvozanat, barqarorlik
yoki o`zgaruvchanlik xos. Darvoqe, har bir geotizim ma`lum xo`jalik va aholi 
imkoniyatlariga ega bo`lganligi tufayli tegishli foydalanish potentsialiga ega. U shu
potentsial darajasida barcha boyliklarni foydalanishga bera oladi, ortiqcha darajada 
foydalanishga urinishlar yoki nes-nobudgarchilik geotizimni inqirozga olib keladi, tabiiy
resurslarning qayta tiklash va o`z-o`zini tozalash qobiliyatlari izdan chiqadi.
Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi 

ahamiyatga ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat-ekologik toza


texnologiya va mahsulot-ekologik tozalik va salomatlik tizimlarida ishlab chiqarishni 
tashkil qilish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan geoekologik
asoslar geografik tamoyillarga yaqin turadi yoki ularni to`ldiradi, ular bir-birlari bilan 
o`zaro bog’liqlik va aloqada rivojlanadi.




47


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanish shunday ilmiy
tamoyillarga asoslanishi zarurki, bunda tabiat ham, jamiyat ham aziyat chekmasligi lozim.
Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o`zaro muvozanatda 

bo`lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o`rtasidagi o`zaro ekologik muvozanat


tamoyili ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyilga ko`ra, har bir tabiiy chegaralangan 
hududda ikki turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat mavjud bo`ladiki, bunda ular
bir-birlarining ma`lum muvozanatda bo`lishlarini taqozo qiladi. Lekin ulardan birining 
tashqi ta`sir natijasida buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) muvozanatning ishdan
chiqishiga olib keladi. Ushbu buzilishning parametrlari asosida sodir bo`lgan hodisa 
boshqa bir necha hodisalarning tarkib topishiga ta`siri bilan belgilanadi (sabab-oqibatlar
zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). ekologik muvozanat juda ham mo`rt bo`lib, 
ko`p hollarda geotizimlarning maromi, o`simlik olamining qashshoqlanishi, tuproq
qoplamining buzilishi bilan bog’liq (Orolbo`yi, Balxashbo`yi va boshq.).
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar 

echimida amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va kundalik


turmushda vujudga kelgan turli qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning atmosfera va 
suv havzalari, tuproqqa chiqarishdan oldin ularni obdon tozalab, butunlay
zararsizlantirilgandan so`ng tabiiy muhitga chiqarish zarurligini asoslaydi. Mazkur 
tamoyilning amaliyotda tatbiq etilishi atrof-muhit ifloslanishini to`xtatish va uning
barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi. Bizningcha, avvaliga qisman, 
keyinchalik vaqt mobaynida to`liq amal qilishga bosqichma-bosqich o`tish bilan tabiiy
muhitning tozalanishiga erishish mumkin bo`ladi. 
Tabiat resurslaridan me`yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi 

tamoyil bilan birgalikda qo`llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birini taqozo


etadi. Tabiat va uning resurslari ham cheksiz emas, ular o`z o`lchamiga ega. Ularning 
ifloslanishi va qashshoqlanishi esa foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, sun`iy
taqchilliklarga sabab bo`ladi. Binobarin, tabiiy boyliklaridan ehtiyojga va me`yorga katta 
e`tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada tiklanadigan,
tiklanmaydigan, ikkilamchi resurslarning barcha o`lchamlarini hisobga olgan holda 



48


me`yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi ishlab chiqarish jarayonida va
insonning kundalik turmushida qo`llanilishi darkor. 
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarni 

ekologik jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy ta`sirini


iloji boricha kamaytirishga, muhitning tozalanishiga, aholining turli kasalliklarga 
chalinmasligiga ijobiy ta`sir etadi. Tabiiy resurslardan foydalanish chog’ida barcha
texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan atrof muhitga ta`siri eng kichik 
ko`rsatkichlarga qadar pasaytirilishi ekologik muammolarning echimini tezlashtiradi.
Bunga chiqindisiz texnologiya, berk texnologiya kabi ishlab chiqarish jarayonlarini 
qo`llashga o`tish bilan erishiladi.

Ikkilamchi resurslarni majmuali to`liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish


bilan ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag’darmalar va boshqalarni, 
maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash bilan atrof muhitning
ifloslanishi va yaylovlar band bo`lishining oldi olinadi. 
Tabiiy boyliklardan foydalanish ma`lum strategiya va taktikaga asoslanishi 

lozim, chunki ularning ba`zilari tugallanadigan, tiklanmaydigan guruhlarga oid bo`lsa,


qolganlari tugamaydigan va tiklanish xususiyatiga ega. Ba`zi tugamaydigan resurslardan 
juda kuchli darajada foydalanish tufayli ma`lum davrgacha ularning amalda qo`llanilishi
cheklanadi, chunki ular mutlaqo yaroqsiz yoki sifatsiz holga kelishi mumkin. 
Mineral xom ashyolardan foydalanishda ma`lum ilmiy tamoyilga asoslanish 

o`ta zarur. Bu borada majmualilik tamoyili juda ham asqotadi. Tabiatda faqat bir


elementdan tashkil topgan qazilma boylik kamdan-kam uchraydi, ko`p hollarda 2-3 va 
undan ko`p, ba`zan 15-20 xil foydali ele- mentlardan tashkil topgan konlar uchraydi.
Kondan foydalanishda aksariyat kerakli boylik ajratib olingan holda qolganlari (masalan, 
sochilma elementlar) ag’darma sifatida terrikonlarda to`plana boradi, bu jarayonda
ularning sifati buziladi, isrof bo`ladi. Iqtisodiy samara olish maqsadida konlardan 
majmuali foydalanish, ya`ni barcha foydali elementlarni bir vaqtda ajratib olishni yo`lga
qo`yish ayni muddaodir, bu hamma jihatdan ham foydalidir: atrof muhit zarar ko`rmaydi, 
ortiqcha terrikonlar vujudga kelmaydi, yaylovlar maydoni qisqarmaydi. Demak, mineral




49


xom ashyolardan foydalanishda majmualilik tamoyili ustuvor bo`lgan holda unga hamma
konlarda muntazam rioya qilinishi maqsadga muvofiq. 
Sug’oriladigan erlar iqtisodiy jihatdan eng samarali ekanligi barchaga ayon. 

Biroq sug’orma erlardan olinadigan yalpi mahsulot miqdori va ularning tannarxi turli


vohalarda turlicha, boshqacha aytganda iqtisodiy samara bir-biridan keskin farq qiladi. 
Bunday ahvolni tahlil qilish natijalariga ko`ra hamma gap erning meliorativ holatida
ekanligiga taqaladi. Darvoqe, iqtisodiy samara ustun bo`lgan vohalarda tuproq-meliorativ 
sharoit ekinlarning o`sishi uchun qulayligi bilan tavsiflanadi va aksincha. Meliorativ ahvol
og’ir bo`lgan viloyatlarda suv sarfi kattaligi bilan ajralib turadi. Er-suvdan omilkorlik bilan 
foydalanish va iqtisodiy samaraga erishish uchun eng avvalo erlarning meliorativ holatini
tubdan yaxshilash, suvdan rasamadiga yarasha foydalanish texnologiyasini joriy etish va 
shundan so`ng agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni qo`llashga o`tish ma`qul. CHunki
erlarni obdon sho`rsizlantirmaguncha ularga mineral o`g’it solish va boshqa tadbirlar 
samaradorligi mutlaqo sezilmaydi.

Vohalarda erdan foydalanish eng avvalo tuproq-meliorativ ahvolni tubdan


yaxshilash, ekinlarni sug’orishni me`yoriy ko`rsatkichlar asosida amalga oshirish 
(sug’orish texnikasini yanada takomillashtirish) ustuvor yo`nalish bo`lishi lozim. Mazkur
yo`nalishdagi taraqqiyot bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutiladi, ishlarni 
meliorativ sharoit og’ir bo`lgan Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon, Mirzacho`l, Qarshi
cho`lidan boshlash maqsadga muvofiq. 
Tabiatdan foydalanish jarayonida qolgan barcha resurslar bo`yicha ham eng 

ustuvor yo`nalishlar aniqlanishi va hayotga tatbiq etilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida


muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tabiatdan foydalanishda dunyo andozalariga 
asoslanish yuqori iqtisodiy samara beradi, tabiat potentsialidan to`liq foydalanish
imkoniga ega bo`linadi. 
Tabiatdan foydalanishni optimallashtirish muammosi bo`yicha ko`p 

yillardan beri tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada ba`zi yutuqlar mavjud, lekin


haligacha sezilarli yoki jiddiy samaraga erishildi deb, hisoblashga vaqt erta, chog’i. 
Tabiat funktsiyalari bisyor, eng muhimi insonni turli boylik (xom ashyo)lar 

bilan ta`minlaydi, turli chiqindi va iflosliklarni yutadi, odamlarga xizmat ko`rsatadi






50


(rekreatsiya ob`ektlari, tabiat tarovati va boshq.). Biroq tabiatning ushbu eng muhim
xususiyatlari hali shu vaqtga qadar iqtisodiy jihatdan baholanmagan. Iqtisodiyotda er, suv, 
yaylov, o`rmon, rekreatsiya ob`ektlari, ma`dan, hayvonot olami, landshaft va boshqa
resurslar ma`lum chegaralarda to`liq takomillashgan baholarga ega emas. SHu boisdan 
ham avvallari ishlab chiqarish aksariyat ekstensiv ravishda rivojlanib keldi, xohlagancha
er-suv, o`rmon, yaylov, qazilma boylik xo`jalik muomalasiga kiritildi. Atrof muhit 
ifloslandi, ekologik vaziyat jiddiylashdi. Boshqacha aytganda, tabiatdan foydalanish
borasida ilmiy tamoyillarga asoslanishga kam e`tibor berildi. Natijada resurslardan 
foydalanishning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari miqyosi ulkan bo`lgan.

Bizningcha, tabiatdan foydalanishni optimallashtirish uslublaridan biri


resurslarning har biri o`z bahosiga ega bo`lishi, bunda nafaqat umumiy, shuningdek ayrim 
hududlar bo`yicha ham baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Aytaylik, suv
ma`lum bahoga ega bo`lib, u ma`lum xo`jalik yoki korxonada foydalanilsa, ishlatilgan 
hajmi uchun davlat hisobiga haq to`lanilishi shart, shundagina xo`jalik (korxona) o`ziga
faqat kerakli miqdorda suv oladi, ifloslantirgani uchun esa (ya`ni o`zidan ortgan suvni iflos 
holda havzaga tashlasa) ustama jarima to`lashi oldindan ogohlantirilishi lozim.

Tabiat boyliklaridan foydalanish tamoyili harakteriga qarab turlicha ekologik


yo`nalishlarni belgilash mumkin. eng muqobili va maqsadga muvofig’i bu resurslardan 
oqilona va ilmiy asosda foydalanishdir. Bu tarzda ekologik vaziyat ham barqaror va qulay,
insonlarning hayoti xavfsiz va sog’lom bo`ladi. Iqtisodiy va ekologik hayotning 
mustahkam bo`lishi barqaror rivojlanishni ta`minlaydi. Binobarin, tabiatdan foydalanish
tamoyili qolgan barcha bosqichlarning taraqqiyot mazmunini belgilaydi: salbiy yo`nalish 
noxush ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar (falokatli vaziyat, qashshoqlik, migratsiya,
kasallanish, o`lim) ni keltirib chiqaradi, ijobiy yo`nalish esa barqaror rivojlanishni 
ta`minlaydi.
Demak, tabiatdan foydalanish murakkab, ko`p omilli, o`ta ehtiyotkorlikni 

talab etuvchi, fan va texnika yutuqlarini muntazam qo`llash, resurslarni muomalaga


kiritish 
usullarini
muntazam 
takomillashtirib
borish,

ekologik


muvozanatni 
mustahkamlashga talabchan jarayon hisoblanadi. Inson o`z hayotida ularga to`la amal
qilishi lozim. 



51



Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin