52
qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish masalasini ustuvor vazifa sifatida ilgari surgan
2
.
Darhaqiqat bu fikrlarning barchasi tabiat va uning boyliklaridan oqilona, tejab-tergab
foydalanish, o`z vaqtida esa tabiatni muhofaza qilib borish lozimligini anglatadi. Tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish,
tabiiy sharoitning qulayligini saqlash, tabiatni
nafaqat muhofaza qilib
borish balki uni boyitib borish hamda uning komponentlari orasidagi tabiiy
muvozanatning barqarorligini saqlab borish zarurdir. Bu holatni Farg’ona vodiysi misolida
ko`rib, tahlil qilib chiqar ekanmiz quyidagi fikr- mulohazalar kelib chiqadi:
Farg’ona vodiysi darhaqiqat, qishloq xo`jaligi va sanoat tarmoqlarini keng
ko`lamda rivojlantirish uchun qulay tabiiy sharoitga va iqtisodiy salohiyatga ega bo`lgan,
landshaft komplekslari qadimdan kishilar tomonidan o`zgartirilib, ulardan surunkali
foydalanib kelinayotgan mintaqadir.
Vodiy hududini egallagan tekisliklar-daryo qayirlari, qayir usti terrasalari,
adiroldi va adir oralig’i
tekisliklari, daryo va soylarning barcha yoyilmalari, adirlar
mintaqasining
katta
qismi
o`zlashtirilib,
uzoq
yillardan
buyon
obikor
va
lalmikordehqonchilik qilib kelinmoqda. Buning natijasida dastlabki tabiiy landshaftlar o`z
o`rnini antropogen landshaftlarga almashtirgan. Farg’ona vodiysi faqat O`zbekistonda
emas, balki butun O`rta Osiyoda aholi eng zich joylashgan va uning tabiiy landshaft
komplekslari antropogen omil ta`sirida yuqori darajada transformatsiyalashgan mintaqa
hisoblanadi (Abdulqosimov A., 1998).
Farg’ona vodiysi tabiatiga antropogen ta`sirining kuchliligi madaniy landshaftlarni
vujudga kelishi bilan birga landshaft-ekologik muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bu noxush ekologik muammolar iqlim, er usti va er osti suvlari, tuproq, o`simlik va
hayvonot dunyosiga xos bo`lib, bu tabiiy komponentlarning o`zaro ta`siri barcha
landshaftlarga ta`siri demakdir. Inson xo`jalik faoliyati davomida tabiatning bir yoki ikki
komponentini o`zgartirish bilan barcha komponentlarga ham ta`sir etib, uning tadrijiy
holatini, vazifasini va muvozanatini buzilishiga sabab bo`ladi. Natijada landshaftlarda
salbiy ekologik jarayonlar vujudga kelishi mumkin, tog’ yonbag’ridagi o`rmonlarni kesish
1.
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
йўллари ва чоралари. – Т., Ўзбекистон, 2009 йил, 33-34-бетлар.
53
tuproq eroziyasini kuchayishiga, mikroiqlimni o`zgarishiga, suv resurslarini kamayib,
o`simlik va hayvon turlarini yo`qolib borishiga olib keladi (Mil’kov F.N., 1991).
YAngi erlarni o`zlashtirish maqsadida 1970-yillarning boshlaridan e`tiboran
adirlarni sug’orma dehqonchilik muomalasiga kiritishga kirishildi. Sug’orish
muxandislik loyixasi asosida etuk mutaxassislar ishtirokida
amalga oshirilmaganligi
tufayli adirlarning sug’orish maqsadida o`zlashtirish mumkinligiga ishonch hosil qilmay
va erlardan foydalanish qanchalik samarali bo`lishini yaxshi tushunmay jamoa
xo`jaliklari yoki kichik qurilish tashkilotlari tomonidan erlarni o`zlashtirish amalga
oshirila boshlandi.
Adirlarning tuprok osti qatlamlari asosan konglomerat, qumtosh, qum,
shag’al,
ohaktosh, gips qatlamlaridan tashkil topgan bo`lib, dag’al jinslar usti yupka lessimon
yotqiziklar bilan qoplangan, ba`zi joylarda qumok va qumloqli qatlamlar butunlay yuvilib
ketgan. Rel’efi qiyaroq va to`lqinsimon, kuchsiz, joylarda o`rtacha o`ydim-chuqur.
Adirlarda suv masalasi murakkab, uni uzoq masofadan nasoslar
yordamida olib kelish
mumkin.
Adirlarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olmay erlarni o`zlashtiri- lishi
natijasida katta maydonlarda tuproq yuvilishi, jar eroziyasi, suffoziya o`ralari, karst
hodisalari, sho`rlanish va boshqa jarayonlar tarkib topgan. K.Boymirzaev va
boshqa(2000)larning ta`biri bilan aytganda ko`plab ―buz- ilgan‖ landshaftlar
vujudga kelmokda. Binobarin, adirli erlarni o`zlashtirish va ulardan foydalanish
«tajribasi» ancha dramatik, bu borada suv va erdan foydalanishda ilm-fan yutuqlari xamda
mirishkor dehqonlar tajribasiga tayanish lozim. Adirlarning rel’ef
xususiyatlari,
yotqiziqlarning litologik tarkibi, tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda
o`zlashtirilgan hududlarda barqaror ravishda dehqonchilik qilinayotgan jamoa
xo`jaliklari ham bor (Maqsudov A., 1993).
Vodiy hududida keng tarqalgan landshaftlar tabiiyligini saqlab qolish, ulardagi
landshaft-ekologik muammolarni hal qilish, su`niy o`rmonlar bunyod etish, turli
hajmda
amaliy tashkiliy ishlar, agrotexnik va agromeliorativ hamda gidrotexnik ishlarni oqilona
amalga oshirish kabi tabiatni muhofaza qilish ishlariga ko`p jihatdan bog’liqdir. Jumladan,
54
adirlarda agrofitotsenozlar tashkil qilish faqat sel emas, balki suv eroziyasining ham oldini
oladi. Tog’oldi tekisliklari va adirlar mintaqasida tabiiy sharoitni hisobga olib, o`t dalali
dehqonchilikni, bog’dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bu
sohada tuprok, o`simlik va suvning o`zaro bog’liklik xususiyatini to`g’ri hisobga olish
kutilgan natija berishi mumkin
Dostları ilə paylaş: