““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Loyihalashning geoekologik asoslari



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə27/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

Loyihalashning geoekologik asoslari.
Loyihalashning geoekologik asosi 
geoekologik bilim va hududiy loyihalashning xususiyatlarini jamlamasidan iborat bo`lib,
uni loyihalashning geoekologik tamoyili deb ataladi. Loyihachi uchun tabiatni oqilona 
muhofaza qilish loyihasini ishlab chiqishda qandaydir ―geoekologik minimum‖ ni bilish
talab etiladi. Bu minimumga quyidagilar kiradi: 
A) jamiyat hayotida tabiat va landshaftlarni roli to`g’risida umumiy tushunchalar,
landshaftlarni sotsial-iqtisodiy funksiyalari to`g’risida tasavvurga ega bo`lish: 
B) tabiiy geotizimlar to`g’risidagi bilimlar, shuningdek ularni antropogen-texnogen
ta`sir natijasida o`zgarish to`g’risida bilimga ham egaligini bildiradi. Tabiat 
geotizimlaridagi aloqalar to`g’risida bilimlarga ega bo`lishi lozim, bunda bir butunlik,
ularni harakteri, o`zgaruvchanligi va barqarorligi, makon va vaqtdagi holatlarini bilish 
darkor:
V) integral geotizimlar to`g’risidagi bilimlar ―tabiat-jamiyat‖ supertizimidagi o`zaro 
munosabatlar xususiyatlari to`g’risidagi bilimlarni qamrab olish kerak, bunda jamiyatni
alohida roli to`g’risida, mavjud yoki loyixalanadigan tabiiy texnik geotizimlarni 
xususiyatlari haqida, integral geotizimlarni o`zgaruchanligi va barqarorligi qobiliyatlari,
ularda o`z-o`zini boshqarish va boshqaruv jarayonlarini almashib kelishi to`g’risida 
bilimlarga ega bo`lish.
Loyihalashning aniq masalalarini hal qilishda, masalan, ma`lum hududga ega bo`lgan 
geotextizimni loyihasini tuzishda aniq geotizimlarni hususiyatlari to`g’risida xududiy
geoekologik bilimlarga ega bo`lish katta ahamiyatga ega bo`ladi, inson faoliyati bilan 
tabiat o`rtasida o`zaro aloqalarni ko`rsatish ham amaliy ahamiyatga molik. To`g’ri,
hududiy ma`lumotlarni to`g’ri tushuntirish tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta`sir 
hamda tabiiy va texnik geotizim o`rtasida ta`siri bilish faqat nazariy bilimlarni asosida
amalga oshirish mumkin. 
Hududiy loyihalashning xususiyati-bu uni ko`p bosqichligi va bir-birlarini ichiga
kirib borishi, geotextizimlarni turli funktsiyali turlarini loyihalashning o`ziga xosligi, o`z 



60


vaqtida geoekologik axborotlarni zarur hajmda va kerakli shaklda kelib tushishi, me`yor
va andozalarda keng foydalanishdan iborat. Loyihalarni bosqichligi va bir-birini ichiga 
kirib borishi shundan iboratki mayda masshtabli obzorli bosh sxemalardan loyihalarni
(detal) aniq ishlangan yirik masshtabga o`tishini taqozo qiladi. Birinchi bosqichda 
odatdagidek, hududni umumiy printsipial modelini tashkil qilish va rivojlantirish (masalan,
mamlakatning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari)-bosh sxema (masshtab1:1 mln yoki 
1:500 ming), ikkinchi bosqichda-rayon (tuman) planirovkasi (masshtab 1:300 ming, 1:100
ming, fragmentlar-1:25 ming), uchinchi bosqichda geotextizim va uni atrofni loyihasi. Har 
bir bosqichda loyihalashni geotextizimini zarurligi va vujudga keltirish joyi zarurati sezilib
turadi. Masalan, rayon planirovkasi bosqichida ularni joylashuvi, mavjud yoki 
loyihalanilgan geotextizimlar bilan aloqasi aniqlanadi. Loyiha bosqichida esa geotextizim
tarkibisi va uning elementlari orasidagi aloqalar aniqlanadi. 
O`z vaqtida (loyihani tuzishga qadar) geoekologik axborotlarni kelishi loyiha
qarorlarini to`g’ri asoslash muhim, uni optemal variantini tanlash uchun zarur. Biroq tabiat 
to`g’risidagi hozirgi holat ma`lumotlarigina emas balki «tabiat-jamiyat‖tizimidagi
aloqalarva o`zaro ta`sirlar, ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlovchi prognozli ma`lumotlar 
ham zarur.
Loyihaning geoekologik tamoyillari-bu qoida, geotextizimlar va ularni elementlarini 
loyihalashda amal qilinishi lozim, bu hol ularni tabiiy hususiyatlarini saqlab qolishda
foydalaniladi. Loyihalashning geoekologik tamoyillari tabiiy va integral geotizimlarni 
xususiyatlariga tabiiy asoslanadi. Bu tamoyillarga amal qilish faqat integral geotizimlarni
hamda tabiiy geotizimlarni loyihalarida tuzilish xususiyatlari, funatsional mavjud bo`lish, 
dinamikasi va taraqqiyotini aniq hisobga olishda mumkin bo`ladi. Geoekologik
tamoyillarga rioya qilish tabiatni saqlab qolish puxta o`ylab ko`rilgan loyihasi va qurilishi, 
geotizimni uzoq muddatda ishlab turishi, muhitni inson uchun optimal bo`lishligi
saqlanishini ta`minlaydi.
Tabiiy-texnik geotizimlar-xududiy loyihalash va rejalashtirishning asosiy ob`ekti.
Geotextizimlarni bir necha turlari mavjud bo`lib, ular o`rtasida tuzilish qiyofasi va 
funktsional mavjud bo`lishi hamda o`xshashliklari bor. Birinchi guruhga sanoat, transport
va shahar geotextizimlarini kiritish mumkin. Bu guruhda texnik elementlar bilan 



61


ta`minlanishi yuqori, asfal’t, beton yoki texnik inshootlar, maydonlarini ko`pligi bilan
texnik elementlari eng yuqori darajada (intensivligi, kontsentratsiyasi, uzoqligi) ta`siri 
mavjud, ular geotizimlar o`zgarishida asosiy omil. Transportyo`nalishidagi geotextizimni
texnik elementlari avtomobil’’, temir yo`l, truboprovodlar-unchalik katta bo`lmagan 
maydonlarda tabiatda intensiv o`zgaradi. Ularni o`ziga xos ta`sir yo`nalish to`g’ri liniyali
harakterda bo`ladi: bir tomondan to`siq rolini o`ynab, hayvon va o`simlik turlarini 
o`tkazmasligi mumkin, boshqa tomondan biologik karidor-yo`lak vazifasini o`taydi,
undan xashoratlar, begona o`tlarni kirib borishi yuz beradi. SHahar majmuali integral 
geotextizim. Aholining mavjudligi ularni ijtimoiy-tabiiy-texnik geotextizim deb atashga
imkon beradi. 
SHaharlar ayniqsa yirik shaharlar, geotextizimi o`ziga xos, chunki ularda
geotextizimlarning funktsional tiplari mavjud bo`ladi va bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda 
bo`ladilar. SHahar-bu o`ziga xos integral majmuali geotextizim. SHaharlarning farqi
ularning teng huquqli elemeti-aholi, inson hisoblanadi. Boshqa geotextizimlardan farqli 
shahar geotextizimlari faqat tabiiy va texnik omillardan tashqari sotsial omillar bilan ham
bog’liq. Demak, shaharni aniqroq qilib sotsial-tabiiy-texnik geotizim deb atash lozim. 
Nisbatan kichikroq hududlarda ko`pincha bir-birlari bilan turli funktsional
vazifalardagi geotextizimlar: sanoat va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi, transport, 
rekreatsiya, tabiatni muxofaza qilish va boshqalar bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda
bo`ladilar. Hududiy loyihalash jarayonida tabiiy-texnik geotizimlarni majmuasi bilan ish 
ko`riladi. Bu holda hududni funktsional mintaqalanishi, ularni mavjud bo`lishi jarayonida
vujudga kelishi mumkin bo`lgan nizolarni oldini olish uchun ularni oqilona joylashtirish 
yo`llarini izlashga diqqat bilan qarash kerak.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin