2.Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini barcha joylarda amalga oshirish
tamoyili. Bu tamoyil geografik qobiqning bir butunligi tushunchasidan kelib chiqadi,
shuningdek geotizimlarni bog’liqligi, ular orasida moda va energiya almashuvidayotiq
aloqalarni katta ahamiyatga egaligi bilan bog’liq. Ba`zan ifloslanayotgan hududni boshqa
sog’lom geotizimdan ajratib qo`yish to`g’risida fikrlar aytiladi, bu variant tabiat
muhofazasi tamoyillariga zid, chunki ifloslantirayotgan manba ta`sirida barcha hududlarga
barobar etib boradi.
SHuning uchun ham asosiy tadbirlar odatda ayrim yirik shaharlar (―issiq nuqtalar‖
tamoyili)da amalga oshiriladi.Tadbirlarni barcha joylarda amalga oshirish tamoyili
landshaftni bir butun holda muhofaza qilish, uning tabiiy komponentlarini saqlash, barcha
resurslaridan oqilona foydalanishni yo`lga qo`yishga imkon beradi. Ayniqsa, suv va
havoni tozaligiga erishish birinchi darajali ahamiyatga ega, chunki ular nihoyatda
harakatchan. Suv havzalarini musaffoligi barcha joylarda tadbirlar qo`llashni talab etadi,
aks holda ifloslanish barcha hudud (havza)ga tarqaladi. Amudaryo va Sirdaryo xavzalari
misolida tushuntirish.
3.Tabiatni
muhofaza
qilish
tadbirlari
profilaktikasi. Geotextizimlarni
loyihalashda profilaktik, yani oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish tadbirlari printsipiga
amal qilinishi kerak. Atrof muhitga turli sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa
toifadagi chiqindilarni chiqarish eng minimal miqdorda, balkim butunlay chiqarilmasligini
hayotni o`zi talab etmoqda. Bunga erishish uchun ishlab chiqarish texnologiyasi
takomillashuvi lozim, yopiq tsikldagi texnologiya tadbiq qilinishiga o`tish maqsadga
muvofiq. Kam chiqindili, keyinchalik chiqindisiz texnologiyani qo`llashga o`tish eng
muhim dolzarb masaladir.
Tozalovchi inshootlar, ayniqsa biologik usullar eng samaralidir. Faolil yordamida
bakteriologik chiritish (achitish) muhim hisoblanadi.