““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


 Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə22/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

2.3. Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning

geoekologik jihatlari 

O`tgan asr davomida insoniyat taraqqiyoti va fan – texnika inqilobi natijasida er 


yuzasida inson faoliyati yuzaga keltirgan landshaft komplekslarining kengayib borishi
o`ta darajada tezlashdi. SHahar, qishloqlarning ko`payishi va kengayishi, ekin 
maydonlarining keskin darajada ortib borishi, avtomobil’ va temir yo`llari egallagan
hududlarning barpo etilishi kabilar oqibatida tabiiy landshaft o`rnida inson qo`li, 
aqlu-zakovati bilan yaratilgan landshaftlar barpo etildi.
Oqibatda jamiyat bilan tabiat o`rtasida o`zaro ta`sir va aloqadorlik ko`lami kengaydi, 
modda va energiya almashinish jarayonida turli-tuman buzilishlar sodir bo`ldi. SHu bilan
birga tabiiy muhitning har-xil chiqindilar bilan ifloslanishi, zaharlanishi va hayot uchun 
xavfli bo`lgan ekologik muammolarni vujudga kelishi kuzatilmoqda, shuning uchun
mavjud tabiiy resurslardan to`g’ri va oqilona foydalanish kunning eng dolzarb va hayotiy 
muammolaridan biri bo`lib kelmoqda.
Tabiatdagi barcha narsalar, hodisalar o`lchami, tabiatning komponentlari o`zaro 
aloqadorligi va bog’liqlikda hamda muvozanatda bo`lganliklari tufayli tabiiy geografik
qonuniyatlar asosida yillar davomida bir maromda barqaror holda rivojlanib kelgan. Inson 
esa tabiatga tashqaridan ta`sir ko`rsatib ularning barqarorligiga uzluksiz ta`sir ko`rsatib
boradi. Antropogen tazyiq kuchayib borgan sari tabiiy majmualarning barqarorligi ham 
sustlashib, ma`lum davrdan so`ng keskin ―uzilish‖ vujudga keladi, uning oqibatida tabiiy
bog’liqlik o`zgarishga, tabiiy resurslar miqdori va mahsuldorligi esa tezlik bilan 
kamayishiga hatto ayrim organik dunyo turlarini esa yo`qolib borishiga olib keladi
( Rafiqov A., 1997). 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari‖ asarida jahon 
moliyaviy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri hamda uning oqibatlarini oldini
olish va yumshatishga asos bo`lgan omillar to`g’risida fikr-mulohazalarini bildirar ekan, 



52


qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish masalasini ustuvor vazifa sifatida ilgari surgan
2

Darhaqiqat bu fikrlarning barchasi tabiat va uning boyliklaridan oqilona, tejab-tergab


foydalanish, o`z vaqtida esa tabiatni muhofaza qilib borish lozimligini anglatadi. Tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish,
tabiiy sharoitning qulayligini saqlash, tabiatni nafaqat muhofaza qilib
borish balki uni boyitib borish hamda uning komponentlari orasidagi tabiiy
muvozanatning barqarorligini saqlab borish zarurdir. Bu holatni Farg’ona vodiysi misolida 
ko`rib, tahlil qilib chiqar ekanmiz quyidagi fikr- mulohazalar kelib chiqadi:
Farg’ona vodiysi darhaqiqat, qishloq xo`jaligi va sanoat tarmoqlarini keng 
ko`lamda rivojlantirish uchun qulay tabiiy sharoitga va iqtisodiy salohiyatga ega bo`lgan,
landshaft komplekslari qadimdan kishilar tomonidan o`zgartirilib, ulardan surunkali 
foydalanib kelinayotgan mintaqadir.

Vodiy hududini egallagan tekisliklar-daryo qayirlari, qayir usti terrasalari,


adiroldi va adir oralig’i tekisliklari, daryo va soylarning barcha yoyilmalari, adirlar 
mintaqasining
katta

qismi
o`zlashtirilib, 


uzoq
yillardan 

buyon
obikor

va
lalmikordehqonchilik qilib kelinmoqda. Buning natijasida dastlabki tabiiy landshaftlar o`z 
o`rnini antropogen landshaftlarga almashtirgan. Farg’ona vodiysi faqat O`zbekistonda
emas, balki butun O`rta Osiyoda aholi eng zich joylashgan va uning tabiiy landshaft 
komplekslari antropogen omil ta`sirida yuqori darajada transformatsiyalashgan mintaqa
hisoblanadi (Abdulqosimov A., 1998). 
Farg’ona vodiysi tabiatiga antropogen ta`sirining kuchliligi madaniy landshaftlarni
vujudga kelishi bilan birga landshaft-ekologik muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. 
Bu noxush ekologik muammolar iqlim, er usti va er osti suvlari, tuproq, o`simlik va
hayvonot dunyosiga xos bo`lib, bu tabiiy komponentlarning o`zaro ta`siri barcha 
landshaftlarga ta`siri demakdir. Inson xo`jalik faoliyati davomida tabiatning bir yoki ikki
komponentini o`zgartirish bilan barcha komponentlarga ham ta`sir etib, uning tadrijiy 
holatini, vazifasini va muvozanatini buzilishiga sabab bo`ladi. Natijada landshaftlarda
salbiy ekologik jarayonlar vujudga kelishi mumkin, tog’ yonbag’ridagi o`rmonlarni kesish 
1.

Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг


йўллари ва чоралари. – Т., Ўзбекистон, 2009 йил, 33-34-бетлар. 



53


tuproq eroziyasini kuchayishiga, mikroiqlimni o`zgarishiga, suv resurslarini kamayib,
o`simlik va hayvon turlarini yo`qolib borishiga olib keladi (Mil’kov F.N., 1991). 
YAngi erlarni o`zlashtirish maqsadida 1970-yillarning boshlaridan e`tiboran
adirlarni sug’orma dehqonchilik muomalasiga kiritishga kirishildi. Sug’orish 
muxandislik loyixasi asosida etuk mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilmaganligi
tufayli adirlarning sug’orish maqsadida o`zlashtirish mumkinligiga ishonch hosil qilmay 
va erlardan foydalanish qanchalik samarali bo`lishini yaxshi tushunmay jamoa
xo`jaliklari yoki kichik qurilish tashkilotlari tomonidan erlarni o`zlashtirish amalga 
oshirila boshlandi.
Adirlarning tuprok osti qatlamlari asosan konglomerat, qumtosh, qum,
shag’al, 

ohaktosh, gips qatlamlaridan tashkil topgan bo`lib, dag’al jinslar usti yupka lessimon


yotqiziklar bilan qoplangan, ba`zi joylarda qumok va qumloqli qatlamlar butunlay yuvilib 
ketgan. Rel’efi qiyaroq va to`lqinsimon, kuchsiz, joylarda o`rtacha o`ydim-chuqur.
Adirlarda suv masalasi murakkab, uni uzoq masofadan nasoslar yordamida olib kelish 
mumkin.
Adirlarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olmay erlarni o`zlashtiri- lishi 
natijasida katta maydonlarda tuproq yuvilishi, jar eroziyasi, suffoziya o`ralari, karst
hodisalari, sho`rlanish va boshqa jarayonlar tarkib topgan. K.Boymirzaev va 
boshqa(2000)larning ta`biri bilan aytganda ko`plab ―buz- ilgan‖ landshaftlar
vujudga kelmokda. Binobarin, adirli erlarni o`zlashtirish va ulardan foydalanish 
«tajribasi» ancha dramatik, bu borada suv va erdan foydalanishda ilm-fan yutuqlari xamda
mirishkor dehqonlar tajribasiga tayanish lozim. Adirlarning rel’ef xususiyatlari
yotqiziqlarning litologik tarkibi, tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda
o`zlashtirilgan hududlarda barqaror ravishda dehqonchilik qilinayotgan jamoa 
xo`jaliklari ham bor (Maqsudov A., 1993).
Vodiy hududida keng tarqalgan landshaftlar tabiiyligini saqlab qolish, ulardagi 
landshaft-ekologik muammolarni hal qilish, su`niy o`rmonlar bunyod etish, turli hajmda
amaliy tashkiliy ishlar, agrotexnik va agromeliorativ hamda gidrotexnik ishlarni oqilona 
amalga oshirish kabi tabiatni muhofaza qilish ishlariga ko`p jihatdan bog’liqdir. Jumladan,



54


adirlarda agrofitotsenozlar tashkil qilish faqat sel emas, balki suv eroziyasining ham oldini
oladi. Tog’oldi tekisliklari va adirlar mintaqasida tabiiy sharoitni hisobga olib, o`t dalali 
dehqonchilikni, bog’dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bu
sohada tuprok, o`simlik va suvning o`zaro bog’liklik xususiyatini to`g’ri hisobga olish 
kutilgan natija berishi mumkin



Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin