Aholi sog’lig’i muammosi. ekologik muammolar markazida aholining sog’lig’i
birinchi o`rinda turadi, boshqacha aytganda aholi sog’lig’i ekologik muammolarning
mezonidir. Aholi qanchalik sog’lom bo`lsa ekologik vaziyat ham shunchalik inson
yashashi uchun shunchalik qulaylikdan darak beradi. Bu borada butun aholi sog’lig’ining
holati, 1 yoshgacha bo`lgan go`daklarning har 1000 bolaga nisbatan nobud bo`lganlarning
soni, bir yil davomida poliklinikaga qatnaydiganlarning 1000 kishiga nisbatan miqdori, bir
yil davomida kasalxonalarda davolanganlarning soni (1000 kishiga nisbatan), erkak va
ayollarning o`rtacha umr ko`rishi, eng ustivor kasalliklar va o`lim, tabiiy o`lim miqdori
(har 1000 kishiga nisbatan) va boshqa ko`rsatkichlar vaziyatning tanglik darajasini
belgilaydi.
Aholi sog’lig’ining tadqiq qilish jarayonida kasallik turlarining atrof muhit iflosligi
bilan qanchalik bog’liqligi to`g’risida aniq hulosa chiqarish lozim. Havo, ichimlik suvi,
tuproq, o`simlik olamining zararli moddalar bilan ifloslanganligi (REMning kattaligi)
haqida miqdoriy ko`rsatkichlar bilan asoslash maqsadga muvofiq yoxud miqdoriy
ishlanmalarni amalga oshirish yaxshi natija beradi. Aholi sog’lig’ini tubdan yaxshilash
ekologik muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishga bog’liq.
Xududiy majmuali ekologik muammolar. Bu toifadagi ekologik muammolar
ma`lum tabiiy kompleksga tegishli bo`lib, resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida
tarkib topadi. Bu toifadagi bir necha sabablar va omillar ishtirok etganligi tufayli
muammolar majmualiligi bilan ajralib turadi. Ba`zan yirik hududlarda faqat bir omil
ta`sirida ushbu muammo rivojlanishi mumkin. Orol dengizi va Orolbo`yi vohalarida grunt
suvlari sathini ko`tarilib ketishi natijasida meliorativ-gidroekologik vaziyatni
yomonlashuvi, arid mintaqada cho`llanish va boshqa hududiy majmuali muammolar eng
dolzarb, o`zgaruvchan, oqibati salbiy hodisalarni keng tarqalishiga olib kelayotganligi
bilan tavsiflanadi.