““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog’liq muammolar



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə15/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

Atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog’liq muammolar. 
Tirik organizm 
hayotida havoning musaffoligiga suvdan boshqa komponentlarni solishtirib bo`lmaydi.
Havo qanchalik toza va beg’ubor bo`lsa inson hayoti ham shunchalik sog’lomligi va 
mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Sanoat shaharlari va yirik aholi punktlari, avtotransport
qatnovining gavjumligi havoni ifloslantiradi. Ishlab chiqarish harakterga qarab havoga 
ko`p turdagi chiqindilar chiqariladi. Masalan, respublika sharoitida chiqindilarni
taqsimlanishi quyidagicha: uglerod oksid 53%, oltingugurt angidriti 15 %, azot oksidlari 
4%, uglevodorodlar 8%, qattiq moddalar 5%, yuqori darajadagi zaharli o`ziga xos
moddalar 15%. Keyingi vaqtlarda atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarni miqdori
1985 yildan e`tiboran kamayib borish yo`nalishida bo`lsa 1996 yilda bu raqam 2,1
mln.tonnagacha kamayadi. Bu jarayon ma`lum tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. 
Umumiy chiqindilar majmuasida avtotransport ulushining ko`pligi bilan ajralib turadi.
Sanoat korxonalarida chiqadigan chiqindilarning tarqalishi shamol harakati tezligi va 
yo`nalishiga bog’liq. Tog’oldi va tog’ vodiylarida chiqindilar shamol ta`sirida katta
hududlarga yoyiladi. Ohangaron, CHirchiq, Surxondaryo vodiylarida bu jarayon yaxshi 
ifodalangan. Ohangaron vodiysida Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati, Ohangaron
tsement zavodi, Nurobod, Angren GRES chiqindilarining tarqalish miqyosi, ayniqsa xatto 
CHotqol biosfera qo`riqxonasida ham og’ir metallar changlarini uchratish mumkin.
Kombinatning faol ta`siri 20-25 km gacha yaxshi seziladi. 
Atmosfera havosining ifloslanishi bilan ―ishqorli‖ yog’in-sochin faoliyati, ozon
qatlamining yupqalashishi, o`zgarishlar kabi muammolarni tarkib topishi aniqlangan. eng 
muhimi aholi sog’lig’iga putur etish jarayoni intensivlashmoqda. Turli og’ir metallar




38


ionlari odam organizmiga, chorva mollariga havo, suv, o`simlik mahsulotlari orqali o`tib
og’ir kasalliklarni vujudga keltirmoqda. Benzapiren, kadmiy, simob, qo`rg’oshin, 
oltingugurt, vannadiy oksidi va boshqa moddalar kishi uchun og’ir asorat qoldiradi.
Binobarin, havoning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish uchun ma`lum chora - 
tadbirlar majmuasi nihoyatda zarur.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin