““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə12/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

1.6.Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va 

qonuniyatlarini e`tiborga olish 

Inson-tabiatning bir qismidir. Insonning tabiat bilan aloqasi ularning o`zaro ta`sirida 


seziladi. Insonning tabiat bilan o`zaro ta`sirining o`ziga xosligi uni turmushining madaniy
darajasida yaxshi ifodalaydi. Ma`lumki ekologik ong yoki savodxonlik ekologik 
madaniyatni belgilaydi, agar madaniyat bir tomonlama rivojlansa, u holda undan so`ng
faqat cho`l qoladi, bu gapning ma`nosi ancha chuqur, hozirgi vaqtda bu o`tmish haqida 
darak beribgina qolmay, balkim kelajakka nisbatan ogoh bo`lishlik to`g’risida ham xabar
beradi.

SHuni e`tiborga olib inson faoliyati jamiyatda tabiat qonunlariga qanchalik rioya


qilsa, yoki mos kelsa bu harakat jamiyat uchun ham foydalidir. Va aksincha, uni faoliyati 
tabiat qonunlariga mos kelmas, u holda jamiyat uchun ham yomon, chunki bu holda
resurslarning holati va sifatiga ta`sir etuvchi noqulay tabiiy jarayonlar tarkib topishi 
tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir butun tizimdan iborat, bunda
ayrim hodisalar bir-birlari bilan organik bog’liqlik mavjud bo`ladi. Tabiat o`z tarkibiga 
juda ham ko`plab aniq shakillarni birlashtiradi, ular bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda va
bog’liqlikda mavjud. Tabiatning tub qonunlaridan biri moddiy tizim va atrof muhitning 
birlik qonunidir, bu qonun barcha hollarda ham muntazam namoyon bo`ladi. Jamiyatga
nisbatan tadbiq qilinganda uni geografik muhit bilan birgalikda ekanligi yaqqol namoyon 
bo`ladi.
Odatda tabiatda har qanday hodisa o`zgarishi o`zaro ta`sirida bo`lgan boshqa 
hodisalarni ham o`zgarishiga olib keladi. Bu jarayonda o`zaro harakat tizimida eng
ta`sirchan bo`lgan hodisalar tarkibida kuchli o`zgarishlar yuz beradi. Binobarin, tabiatda 
bir nuqtada yoki hududda bo`lgan o`zgarishlar mos ravishda boshqa hududlarda
o`zgarishlarni sodir bo`lishini taqozo etadi. Bu hol, ayniqsa, geopara, paragenetik 
geotizimlarga xos.
Tabiiy muhitning tezkorlik bilan o`zgarishida landshaftlarning turli tumanligi qonuni 
ta`siri jiddiy ahamiyatga ega. Tabiat bilan jamiyat o`rtasida ma`lum ma`noda tabiatning
xilma-xilligi ustuvor ta`sirga ega. Tadqiqot natijalariga ko`ra, tabiat va resurslarni 



34


xilma-xilligi qanchalik ko`p bo`lsa jamiyat taraqqiyoti uchun yaxshi sharoitlar vujudga
keladi va aksin- cha. Bu yo`nalishda moddiy tizimlar birligi va ularni o`rab turuvchi tabiiy 
muhit va landshaftning xilma-xilligi qonunlari o`rtasida bir paytni o`zida baravariga
harakat sodir bo`ladi. Bu bilan murakkab landshaft tarkibisiga ega bo`lgan xududlarda 
tabiiy muhitning tezkorlik bilan katta areallarda o`zgarishlarga uchrashi yuz beradi. Bu
borada ko`p hollarda o`zaro birgalikda harakat qiluvchi jarayonlarni majburiy mos kelish 
qonuniga ko`ra ekologik sharoitlarning o`zgarishi katta maydonda sodir bo`ladi.
Rus olimi V.A.Anuchinning ta`kidlashicha, tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro 
ta`sir qonunlarini bilmaslik biosfera resurslaridan noto`g’ri foydalanishga olib keladi.
Uning fikricha tabiiy komponentlarni o`zaro bog’liqlik qonuniga ko`ra birorta 
komponentni o`zgarishi tabiiy muhitni o`zgarishiga sababchi bo`ladi.
―Tabiat-jamiyat‖ tizimidagi o`zgarishda ikki qonuniyatni kuzatish mumkin: 
1) Jamiyatni tabiatga ta`siri borgan sari oshib bormoqda;
2) Jamiyat borgan sari tabiiy muhitga qaram bo`lib bormoqda. Bunda birinchi 
qonuniyatni kuchayib borayotgani ikkinchi qonuniyatni keltirib chiqarmoqda.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin