““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


-BOB. TABIATDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə13/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

2-BOB. TABIATDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA 

QILISHNING GEOEKOLOGIK ASOSLARI 


2.1.
O`zbekistonning ekologik muammolari va ularning oldini 

olish chora-tadbirlari 

1960-yillardan e`tiboran tabiiy resurslardan ekstensiv harakterda keng miqyosda 


foydalanishning kuchayishi, suv va havo xavzalarining ifloslanishi, boyliklarni
qashshoqlanib borishi, yaylovlarning buzilish yo`nalishiga o`tishi va boshqa salbiy 
hodisalar O`zbekistonda ko`plab ekologik muammolarni tarkib topishiga ta`sir ko`rsatadi.
Avvaliga ekologik muammo- lar ayrim resurslar (komponentlar) bilan bog’liq holda 
rivojlangan bo`lsa, 1980-yillardan boshlab hududiy muammolarga aylana bordi. ekologik
muammolarni tarkib toptiruvchi va harakterga keltiruvchi asosiy omillar havo va suvning 
ifloslanishi, tuproqning degradatsiyalashuvi, o`simlik- larning mahsuldorligini keskin
darajada kamayib borishi, eroziya, sho`rlanish eol qum shakillarini vujudga kelishi va 
boshqalar hisoblanadi. eng muhimi, aholi orasida turli kasalliklarni tarqalishi, yosh




35


go`daklarning o`lim koeffitsentini ortib borishi, umuman aholi orasida o`lim miqdori- ning
ortishi ekologik vaziyatning tangligini jiddiylashtiradi. 
Qishloq joylarda ichimlik suvi, sanoat shaharlari va ularning atrofida atmosfera
havosi hamda suv xavzalarini ifloslanishi ekologik vaziyatning keskinlashuviga kuchli 
ta`sir ko`rsatadi. Daryo suvlarining sifatini buzilishi sug’orma erlarda tuproqda tuz
to`planishi, kimyoviy ashyolar, og’ir metallar, organik mahsulotlarning yig’ilishiga olib 
keladi. Binobarin sug’orilgan erlarning meliorativ holati jiddiylashadi, tuproqdagi
kimyoviy ashyolar ekinlarga o`tib ularning mahsulotlarini zaharlaydi. CHorva mollarining 
sog’lig’iga putur etkazadi. Bularning barchasi ekologik vaziyatlarni keskinlashtiradi, o`z
navbatida ma`lum yo`nalishda soha yoki mavmuali muammo tarkib topadi va shakllanish 
bosqichiga o`tadi.
Ekologik muammolarni vujudga kelishi hududning tabiiy sharoiti, resurslardan 
foydalanish
harakteri, 
landshaftlarning
tarkibi-dinamik 
holati,
barqarorligi, 
tabiiy-antropogen hodisalarning rivojlanish imkoniyatlari va ularni oldini olish
tadbirlarining mavjudligi kabi jarayonlar bilan bevosita bog’liq. Bu borada resurslardan 
foydalanishni boshqarish muhim amaliy ahamiyatga ega, tabiatdan foydalanishning ilmiy
tamoyillari ishlab chiqarishga qanchalik to`g’ri tadbiq etilgan bo`lsa ekologik muvozanat 
shunchalik mustahkam barqaror bo`ladi. Tabiatdan foydalanishni qanchalik omilkorlik
bilan boshqarilsa, geotizimlarda ichki va tashqi ziddiyatlar shunchalik cheklangan hamda 
dinamik harakatlar yo`nalishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin