““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Er resurslardan foydalanish natijasida vujudga kelgan muammolar



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə16/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

Er resurslardan foydalanish natijasida vujudga kelgan muammolar. 
Insonning 
xo`jalik faoliyati aksariyat erda amalga oshadi. Er dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik negizi. Uzoq tarixiy yilllardan beri insonni er boqib kelmoqda, 
kiyintirmoqda, sog’ligini tiklamoqda. SHuning uchun ham erdan turlicha foydalanish
jarayonida turli muammolar tarkib topmoqda. Ularni barchasini bitta, ya`ni, Er muammosi 
deb atash mumkin. Insoniyat butun tsivilizatsiya mobaynida 2,5-3,0 mld. gektar erni
muomaladan chiqardi. Hozir ham yiliga o`rtacha 15 mln gektar er muomaladan chiqib 
bormoqda.
Er muammosi ko`p aspektli, serqirrali va barcha hududlarga taaluqlidir. Erdan 
oqilona foydalanish dehqonga naf beradi, erdan noto`g’ri foydalanish jarayonida yuqorida
aytib o`tilganidek tuproq eroziyasi, sho`rlanish, qashshoqlanishga mahkum etadi, bu 
jarayon tuproq mahsuldorligini kamayib borishiga ta`sir etadi.
O`zbekistonda sug’orma erlar ―oltin‖ fond hisoblanadi, chunki qishloq xo`jaligidan 
keladigan jami daromadning 95% i o`zlashtirilgan erlarga to`g’ri keladi. Lekin sug’orma
erlarning (4,2 mln ga) yarmidan ko`pi (58%) turli darajada sho`rlangan, u hozirda 
progressiv o`sish yo`nalishda rivojlanmoqda. Mavjud zovur tizimlari (46,7 m ga)
dalalardan grunt suvlarini chetga o`z vaqtida chiqara olmayapti, boz ustiga 0,5 mln ga 
maydonda zovur tizimlari umuman yo`q. SHuning uchun ham paxta va boshqa ekinlarning
hosildorligining kamayib borishi ushbu muammo bilan tavsiflanadi. Sug’orma erlarning 
sho`rlanish muammosi eng muhim, eng dolzarb, echimi o`ta zarur hisoblanadi.
Muammoni ijobiy hal qilish uchun barcha imkoniyat, resurs, ilmiy va amaliy ishlanmalar, 
ilg’or tajribalar safarbar qilingan, biroq bularning samarasi o`ta sust. eng asosiysi mavjud
zovur tarmoqlari va tik zovurlar ahvoli talabga to`liq javob bermayapti, ularning loyqa, 
qamish bilan to`lib yotgani, tik zovurlarning samarali ishlamasligi grunt suvlarini
kollektorlarga o`z vaqtida chiqib ketishiga to`sqinlik qilmoqda.



39


Vohalarda irrigatsiya eroziyasi va deflyatsiya hodisalari keng miqyosda rivojlangan,
bularning har biri alohida muammo hisoblanadi. Respublikadagi sug’orma erlardan 2,9 
mln. gektar er deflyatsiya va irrigatsiya eroziyasiga uchragan. Buning oqibatida
tuproqning hosildorligi me`yordan ancha past, har yili paxta, g’alla va boshqa ekinlardan 
kam hosil olinmoqda. Bu muammo sho`rlanishdan keyingi ustuvor muammo hisoblanadi,
bu ham o`z echimini sabrsizlik bilan kutmoqda. Tog’ yonbag’irlaridagi eroziya, lalmi 
erlardagi tuproq yuvilishini e`tiborga olinsa dolzarbligi yanada ortadi.
Tekislikdagi vohalarda grunt suvlari sathini ko`tarilib ketganligi ham eng dolzarb va 
o`ta muhim ekologik muammodir. Sug’orma erlarni zaxkashligi er va binolar poydevorini
osti kommunikatsiyalarining ahvolini og’irlashtirmoqda, qishloq va ba`zi shaharlarni 
kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta`minlash darajasi hali ancha kamligi tufayli ularning
sanitariya-gigienik holatini yanada murakkablashtiradi. Quduq suvlari va boshqa ochiq 
havzalar hisobiga ichimlik suvi sifatida foydalanayotgan aholi orasida turli kasalliklar
tarqalishi tezlashmoqda. Bu muammo eng dolzarb va echimi tez fursatlarda hal qilinishi 
shart bo`lgan muammolardan biridir.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin