““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


Ma`danlarni qazib olish va qayta ishlash natijasida vujudga kelgan ekologik



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə18/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

Ma`danlarni qazib olish va qayta ishlash natijasida vujudga kelgan ekologik 

muammolar. 
YAngi qonunlarni topib, xomashyolar chiqarishni tezkorlik bilan bog’liq 
qator ekologik muammolar yuzaga keladi. eng muhim muammo ma`dan konlari
olinayotgan xomashyolardan majmuali foydalanish, ya`ni barcha asosiy foydali 
elementlarni ajratib olish, aks holda ular nes-nobud bo`lishi mumkin. Konlarda




41


ma`dangacha bo`lgan qoplama jinslarni yig’ib, ma`lum joyda to`plashi (terikon) natijasida
katta hudud (yaylov)larni ular band qilib yotadi. Ba`zan yig’ilgan tog’ jinslari tarkibida 
zaharli moddalarni mavjud bo`lishi ularni atrof muhitga yog’in-sochin, shamol ta`sirida
yoyilishiga olib keladi. Rudani boyitilib, kerakli ele- mentlar olinadigan so`ng qolgan 
shlak, klinker va boshqa moddalar yig’ilib chiqindi omborxonalarga saqlash uchun
topshiriladi. Ular ham katta maydon- larni band qiladi, zararli moddalarni mavjudligi 
tabiiy muhitni iflos- laydi. Kar’erlar, chiqindi omborxonalari va konlar bilan bog’liq
bo`lgan boshqa joylarning tabiiy xususiyatlari degredatsiyalashuvi natijasida u ―buzilgan 
erlar‖ deb nomlanadi.
O`zbekistonda 1990-yillarga qadar 16,3 ming ga buzilgan erlar bo`lgan, hozir esa 
ularning maydoni yanada ortib bormoqda. Konlar (ayniqsa, kar’erlar) ulkan chang makoni,
zaharli moddalar manbai bo`lganligi uchun ularda ish tugagandan so`ng tez muddatlarda 
yopilib, oldini oluvchi tegishli tadbirlar amalga oshirilishi zarur, aks holda ularning zararli
oqibatlari katta miqyosda ziyon etkazishi mumkin. 


Ikkilamchi resurslar muammosi.
O`zbekistonda ishlab chiqarishning tez o`sishi va 
aholi sonini ortib borayotganligi ikkilamchi resurslar muam- mosini bogan sari
jiddiylashtirmoqda, joylarda esa keskinlashtirmoqda. Bu toifadagi resurslarni kelib 
chiqishi jihatdan ikki katta guruhga ajra- tish maqsadga muvofiq: a) sanoat, transport,
qurilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi va b) inson faoliyati. Birinchi guruhdagi 
ikkilamchi resurs- lar ekologik jihatdan ancha xavfli, bu borada suyuq, gaz va qattiq
holdagi chiqindilar zaharli bo`lishidan tashqari, radioaktivlik xususiyatiga ega. Insonning 
yashash faoliyati bilan bog’liq chiqindilar bu darajada xavfli bo`lmasada tabiiy jihatdan,
ya`ni turli kasalliklarni tarqalishi, yuqishi, genda asorat qoldirishi va boshqa xil 
murakkabliklar vujudga keltirishi bilan tavsiflanadi. Bizningcha, ikkilamchi resurslarni
ekologik nuqtai nazaridan o`rganganda muammoning bu aspektiga urg’u berish maqsadga 
muvofiq.
Respublikada har kuni har bir kishi boshiga o`rtacha 0,7-1,0 kg uy (maishiy) axlati 
chiqindisi to`planadi, uning tarkibi murakkab: qog’ozdan tortib to og’ir metalgacha bor.
Har yili o`rtacha 30 mln m3 chiqindi yig’iladi, uni bir qismi yoqiladi, bir qismi ko`miladi, 
yana biroz qismi esa qayta ishlanadi. Mahalla, baland qavatli uylar, qo`rg’onlarda axlat




42


to`planadigan joylar turli kasalliklar makoniga aylanadi, ayniqsa yilning issiq fasllarida
ularning atrof muhitga ta`siri kuchayadi. Binobarin vaziyat jiddiylashadi, ayniqsa ularni 
bir necha kun qolib ketishi, vaziyatni tang holga olib keladi. Muammoning ijtimoiy oqibati
uni joylarda tez muddatlarda ijobiy hal qilishni taqozo etadi. 



Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin