elementlarni o`zaro almashib kelishi va ularni murakkab o`zaro ta`sirlari bilan bog’liq.
66
O`z-o`zini boshqarish va tartibga solish jarayonlarini boshqaruv manfa- atlaridan
foydalanish zarur. Masalan, suv omborlarining qirg’oqlarini tabiiy jarayonlar ta`sirida
barqaror holatga kelishini, qirg’oq zonasining me`yordagi kesimini vujudga kelishi, plyaj,
abraziya jarligi
va boshqalarni tarkib topishi, buzilgan erlarni rekul’tivatsiya qilishda
biologik jarayonlarning faoliyatidan foydalanish, qumliklarni o`simliklar bilan qoplanishi,
biologik faoliyat asosida tuproq profilini vujudga kelishi, suv havzalarini o`simlik qoplami
bilan qoplanishini oldini olish maqsadida o`simliklarni iste`mol qiluvchi baliqlarni
faoliyatidan foydalanish va boshqalar.
Tabiiy-texnik geotizimlarni nafaqat faoliyatini, shuningdek bir vaqtni o`zida ularni
dinamikasi va rivojlanishini hisobga olish muhim, bunda bir-birlarini ustiga tushuvchi
turli davrlardagi o`zgarishlar yuz bera- di. Masalan, bir yo`nalishdagi iqlim o`zgarishari
barcha jarayonlarga ta`sir etadi,
ayniqsa landshaft, biologik, gidrologik, gemorfologik
hodisalarni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, agarda bu iqlimiy o`zgarishlar ritm, tsiklda
yuz bersa tabiiy muhit o`zgarishlari ma`lum yo`nalishlarda sodir bo`ladi.
Tizimning boshqarish darajasi uni tashkil qilgan elementlar va mu- hit orasida
o`zaro bog’liqlik darajasiga bog’liq. Agarda bu elementlar
bir- birlari bilan yaqindan
bog’liq bo`lsa u hola ularni boshqarish oson. YOpiq tizimlar, ya`ni qo`shni tizimlar yoki
muhit bilan aloqasi bo`lmagan tizimlar- ni boshqarish soddaroq. Tizim ochiq bo`lsa, muhit
bilan aloqasi yaqindan bo`lsa, u holda uni boshqaruv murakkab kechadi. Geotextizimlar
ochiq tizimli bo`lganligi sababli ularni boshqarish oson emas.
Boshqaruv bir vaqtli akt bo`lmay balkim ketma-ket harakatlardan ibo- rat bo`lib
quyidagilarni o`z ichiga oladi: tizimni loyihalash-uni vujudga keltirish-tizimini holati va
faoliyatini o`rganish tabiatini o`zgarishini o`rganish-salbiy oqibatlarini ajratib olish-ularni
baholash-ushbu oqibat- lar bilan kurashish uchun printsipial tadbirlarni tanlash-ularni
amalga oshirish-tizimini o`zgartiruvchi choralar qo`llagandan so`ng o`rganish-ularni
samaradorligini aniqlash-tizimini ekspluatatsiya rejimiga o`zgartirish kiritish.
Tabiiy-texnik geotizimlarni boshqarishning quyidagi turlarini ajratish maqsadga
muvofiq: 1) loyihalash jarayonida geotextizimlarni vujudga keltirishni boshqarish; 2)
mavjud geotextizimlarni boshqa- rish-amaliy (tartibga solish). Boshqarish tizimida
quyidagilar bajariladi: a) o`rganilayotgan geotizimlar jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy
67
talablariga mos kelishi taxlil qilinadi, b) tabiiy-texnik geotizimlarni vujudga keltirish va
faoliyat natijasida yuz berishi mumkin bo`lgan oqibatlarni yaqin va uzoq kelajak uchun
bashoratlash, bunda ularni turli shakllarda foydalanishi ham e`tiborga olinadi, ularga ta`sir
uslublari, turli rejimlardagi bosimga ahamiyat beriladi. v) ta`sir uslublari tanlanadi, ta`sir
me`yorlari, landshaftning o`zgarishlari, xo`jalik va aholi uchun oqibatlari aniqlanadi.
Loyiha rejalashtirilayotgan tadbirlarning oqibatlarini hisobga olish ko`zda tutiladi.
Masalan, sug’orma erlarda tuproq sho`rlanishi va unga qarshi kurash. Bu tadbir erlarni
o`zlashtirish jarayonida nazarda tutiladi.
Amaliy boshqarish bosqichma-bosqich geotextizimlarni haqiqiy o`zgari-
shini
nazorat qilish me`yoriy yoki loyihalangan ko`rsatkichlar bo`yicha amalga oshiriladi.,
belgilangan rejim bo`yicha turli qurilmalar va texnologik jarayonlar yordamida bajariladi.
Nazoratning zarurligi texnik inshootlar- ni geotextizimning tabiiy qismlariga ta`siri
natijasida turli zanjirli reaktsiyalari vujudga keladi, ko`pincha nagruzkani oshib ketishi
natijasida chuqur tiklanmaydigan o`zgarishlarga olib keladi, keyinchalik salbiy oqibat- lar
rivojlanadi, buning natijasida tabiiy-texnik geotizim butunlay ishdan chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: