71
ancha ob`ektiv chiqqan. SHartli belgilarni joylashtirishda albatta, tasvirlanayotgan
o`simlik yoki hayvonni ayni shu konturda hozirda tarqalganligini hisobga olish zarur.
Tog’lik va tog’ oldi tekisliklarida Ushbu shartli belgilarni joylashtirishda siyraklikka amal
qilishzarur bo`ladi, respublikada tog’ landshaft qonunlari kichikroq bo`lganliklari uchun
boshqa belgilar bilan murakkablashib ketadi, natijada kartani o`qish og’irlashadi.
Sanoat shaharlarining atmosfera havosini ifloslantiradigan toifa- lari (havoni
ifloslanish indeksi bo`yicha berilishi va shahar ko`rinishini ushbu darajaga
mo`ljallab( qizil rangda ko`rsatilishi ma`qul. Daryo, ko`l, suv ombori, kanal,
kollektorlarning minerallashuv darajasi ma`lum postlarda kartogramma usuli bilan bir
necha yillar uchun beriladi. SHuningdek ularni chetlari hoshiya (rang) usuli bilan ma`lum
postlar oralig’ida ko`rsatiladi. Bu bilan daryolarda manbadan mansabga tomon
minerallashuv darajasini ortib borishi yaxshi ifodalanadi. Masalan, Amudaryoda Termiz-
CHorjo`y- Tuyamo`yin- Nukus-Qiziljar-Orol dengizi postlari bo`yicha beriladi.
Respublikamiz- dagi buzilgan va rekul’tivatsiya qilingan erlar ham kartada o`z aksini
topishi lozim.
Kartadan tashqari bo`sh joylardan to`g’ri foydalanishni rejalashtirish kerak:
bizningcha, bu joylarda karta-kesmalar, jadval, grafik, matnlar berilishi maqsadga
muvofiq, ular asosiy kartani mazmunini boyitadi. Er suvlarining ifloslanishi, tuproqda
tuproqlarni og’ir metallar bilan ifloslanishi, tuproqda qoldiq pestitsidlarning miqdori,
atmosfera havo- sini ifloslanishiga oid ma`lumotlar berilishi ma`qul. Sanoat shaharlari- da
chang va gazlarni maxsus moslamalar bilan ushlanib qolayotgan qismlari, havoga
chiqarilayotgan qismi turli shartli belgilar bilan ifodalanishi yaxshi samara beradi.
Qo`riqxonalar, milliy bog’lar, zakasniklar alohida karta-kesma berilishi, yangitdan
vujudga keltirilishi lozim bo`lgan alohida qo`riqlanadigan hududlar areallar bilan berilishi
mutaxassislar uchun yaxshi yordam beradi.
Orol dengizining hozirgi holati, quriyotgan jarayonlar, suv va tuz balanslari, tabiiy
jarayonlar, dengizning 1961 yildan boshlab o`zgarish dinamikasi, istiqbolda kutilayotgan
o`zgarishlarni kartalar asosida ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhitni
ifloslanishi munosabati bilan aholi orasida tibbiy o`zgarishlarni kartalar asosida tavsiflash
muhim amaliy ahamiyatga ega.
72
Tabiat boyliklaridan foydalanish murakkab jarayon. Ayniqsa, hozirgi ilmiy-texnika
taraqqiyoti bosqichida resurslarni xalq xo`jaligi muomala- siga ko`plab kiritilayotgan bir
paytda tabiiy muhit inson omili ta`sirida kuchli o`zgarishlarga duchor bo`lmoqda. Buning
oqibatida ekologik vaziyat jiddiylashmoqda, aholining sog’lig’iga putur etkazilmoqda,
tabiiy boyliklarni qashshoqlanishi tezlashmoqda, tabiat komponentlari iflos - lanmoqda
kabi noxush muammolarni ko`rsatish mumkin. Bu vaziyatda tabiatdan foydalanishni ilmiy
asosda olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
73
XULOSA
Tabiatdan foydalanishni optimallashtirishning boshqa bir mezoni - bu ishlab
chiqarishni integral geotizim asosida tashkil qilish tamoyiliga o`tishdir. Bu to`g’rida
yuqorida aytganimizdek, dastavval tajriba tariqasida mamlakatning eng xarakterli
hududlarida ushbu tamoyil asosida xo`jalikni yuritishni qo`llash taklif qilinadi, agar u
o`zini oqlasa, uni keng miqyosda qo`llashga o`tish joiz. Tabiatdan foydalanishda
komponentlar va komplekslarning bir-birlari bilan o`zaro bog’liqligi, hamjihatligi, ta`siri
qonunlari, ekologik muvozanat, barqarorlik hislatlarini hisobga olish lozim. Mazkur
jamlama mezon boyliklardan foydalanish jarayonida juda zarur va unga barcha hududlarda
amal qilish katta samara beradi.
Tabiat boyliklaridan foydalanish tamoyili xarakteriga qarab turlicha ekologik
yo`nalishlarni belgilash mumkin. eng muqobili va maqsadga muvofig’i bu resurslardan
oqilona va ilmiy asosda foydalanishdir. Bu tarzda ekologik vaziyat ham barqaror va qulay,
insonlarning hayoti xavfsiz va sog’lom bo`ladi. Iqtisodiy va ekologik hayotning
mustahkam bo`lishi barqaror rivojlanishni ta`minlaydi.
SHuningdek tabiatdan foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish, hudud
tabiatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, tabiiy resurslarini muhofaza qilishni
tashkil etishda quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim:
—hudud tabiatidan foydalanishning geoekologik oqibatlarini o`rganish va tabiatga
ilmiy asosda yondashishni yo`lga qo`yish hamda amaliyotga yo`naltirish;
—landshaftlardan oqilona foydalanishning geoekologik asoslarini o`rganish va ishlab
chiqish, ularning hududni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
—obikor erlardan okilona foydalanish, tabiiy va iqtisodiy geografik omillarni
hisobga olgan holda qishloq xo`jalik ekinlarni landshaft tiplariga moslashtirib joylashtirish
;
—antropogen landshaftlarni rekul’tivatsiyalashtirish, foydalanish uchun yaroqsiz
bo`lgan geografik majmualarni optimallashtirish, ularning geoekologik muvozanatini
tiklash, ekosistemalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish va ekologik jihatdan
sog’lomlashtirish;
74
—geokomplekslarda tadqiqotlar olib borishni kengaytirish, takomillashtirish
uchun esa maxsus ekspeditsiyalar tashkil etish, mintaqalarda vujudga kelgan geoekologik
va landshaft-ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan olimlarning hamkorligini
mustahkamlash;
—
inson xo`jalik faoliyati sust bo`lgan hududlarda qo`riqxonalar barpo qilish,
shuningdek buyurtmaxonalar, ekologik markazlar, tabiat yodgorliklari, milliy va xalq
bog’lari tashkil etish kabilardir.