Mavzu: Qo’riqxonalar, milliy bog’lar va buyurtmaxonalar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#114260
  1   2   3   4
qoriqxonalar

Mavzu: Qo’riqxonalar, milliy bog’lar va buyurtmaxonalar



Reja:
Kirish
1. Muhofaza qilinadigan hududlar haqida tushuncha
2. O’rta Osiyo qo’riqxonalari
3. Milliy bog’lar va buyurtmaxonalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
GIBA 301-guruh. Kunduzgi

Kirish


Keyingi yillarda planetamizda qo‘riqlanadigan hududlar soni to‘xtovsiz oshib bormoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 70-yillarning boshida dunyo bo‘yicha 1204 ta qo‘riqxona va milliy bog‘lar bo‘lgan edi. Qo‘riqlanadigan hududlarning tez o‘sishi shundan ma’lumki, ularning uchdan bir qismi 1960 yillardan boshlab tashkil qilingan. Hozirgi kunda yer kurrasi bo‘yicha tabiatni muhofaza qilinadigan hududlarning soni 40 mingdan ko‘p. Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, muhofaza qilinadigan landshaftlar, ya’ni qo‘riqlanadigan hududlarning formasi xilma-xil. Xorijiy mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning asosiy ko‘rinishlari – milliy bog‘ va rezervatlar bo‘lsa, masalan, Rossiyada qo‘riqxona va zakazniklardir. Qo‘riqxona quruqlik maydonining harakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir uchastkasi bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarador formalaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi – tabiatning diqqatga sazovor qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududlaridan xo‘jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman ta’qiqlangan. Qo‘riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhofaza qilinadigan zona bo‘lishi kerak.

Muhofaza qilinadigan hududlar haqida tushuncha


Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy komponentlarning o‘zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‘p shakllari mavjud. Bular: qo‘riqxonalar, zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‘laridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‘z holicha maxsus rejim bilan qo‘riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‘jalikda o‘zlashtirishdan bevosita ajratib olinib qo‘riqlanadigan tabiiy ob’ektlardir. Hududning ayrim uchastkalarini muhofaza qilishda maxsus rejimini o‘rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi sharoitida
inson xo‘jalik faoliyati natijasida keskin o‘zgarayotgan va kamayayotgan yer tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‘lishiga asoslanadi. Bunday uchastkalarni qo‘riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar, tabiat yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning tasnifi ishlab chiqilmagan. Ularni bo‘lishda qo‘yidagi belgilarga amal qilinadi: 1) muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va harakteri; ulardan xo‘jalikda foydalanishni butunlay man etish; fan va turizm manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab chiqarish (tiklash); ma’rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni muhofaza qilish va hokazo; 2)muhofaza qilinadigan ob’ektlarning murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun landshaft, tabiiy boylik turlari); 3) o‘rnatilgan va chegaralangan cheklovning davom etishi (resurslardan foydalanish umuman man qilinganmi yoki foydalanish ma’lum muddatga limitlanganmi).
Qo‘riqxona hududlari turli xil hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fonlini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda yuzlab xodimlar tabiiy komplekslarni va ularning ayrim kompo-nentlarini tekshiradilar, tabiiy hodisalarni qayd qiladilar, ilmiy tajribalar o‘tkazadilar. Qo‘riqxonalar bilan mamlakati-mizning ilmiy muassasa va oliy o‘quv yurtlari yaqin aloqa o‘rnatgan. Qo‘riqxonalarda bo‘lajak biologlar, geograflar, o‘rmonshunoslar, geologlar dala praktikasini o‘taydi. Qo‘riqxona hududlaridagi tabiiy jarayonlarga inson doimo aralashib turishi kerak. Jumladan, qo‘riqxonadagi yirtqichlar, ularning o‘ljalari hamda tuyoqlilar soni va yem-xashak bazasi ustidan nazorat qilib turilishi lozim. O‘rta Osiyoda o‘ttizdan ortiq qo‘riqxonalar bor.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin