Mavzu: Qo’riqxonalar, milliy bog’lar va buyurtmaxonalar


Milliy bog’lar va buyurtmaxonalar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/4
tarix16.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#114260
1   2   3   4
qoriqxonalar

Milliy bog’lar va buyurtmaxonalar
  • Buyurtmalar (zakazniklar) tabiatni muhofaza qilish tadbirlaridan biri sifatida juda qadimdan ma’lum. Buyurtmalarda larda tabiiy-geografik komplekslar, komponentlarning ayrim qismlari, ayrim hayvon yoki o‘simlik turlari muhofaza qilinib, unda qator tabiiy boyliklardan xo‘jalikda foydalanishga ruxsat beriladi.
  • Qo‘riqxonalardan farq qilgan holda buyurtma maydonlari yer yoki o‘rmon fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtma yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurtmalar tashkil qilinmoqda. O‘zbekistonda umumiy maydoni 197 ming gektarli 8 ta zakaznik bo‘lib, ularda Respublikamizning hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi.
  • Dengizko‘l cho‘l-ko‘l davlat buyurtmaxonasi 1974 yilda Qizilqumning janubida Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Uning maydoni 25 ming gektar. Buyurtmaning asosiy qismi hisoblangan Dengizko‘lda mavsumiy va qishlovchi qushlar (o‘rdaklar, g‘ozlar, loyxo‘rak, baklanlar, qizilg‘oz) va ko‘lga suv ichish uchun keladigan hayvonlar (cho‘chqa, jayralar, sassiq ko‘zan, quyonlar, tolay quyon, tuvaloq, qorabovurlar) muhofaza qilinadi.
  • Arnasoy buyurtmaxonasi. Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy etaklaridagi Aydar, Tuzkon, Arnasoyga 1969 yildagi suv toshqini vaqtida Sirdaryo havzasidan Chordara suv ombori va Mirzacho‘ldan kollektor-drenaj suvining kelib qo‘shilishi natijasida uzunligi 160 kilometr va eng serbar joyi 30 kilometrga yetadigan katta ko‘l – Arnasoy ko‘li hosil bo‘lgan edi. 1977 yili Jizzax shahridan 60 kilometr shimolda maydoni 63 ming gektar bo‘lgan Arnasoy ko‘li qo‘riqxonasi tashkil etilgan edi. Qo‘riqxonada sho‘rxoklar, botqoqliklar, lyossli tekisliklar uchraydi. Tuzkon ko‘li ham qo‘riqxona tarkibiga kiradi. Qo‘riqxonaning lyossli, tekislik qismida cho‘l uchun xos bo‘lgan efemer o‘simliklar (lolaqizg‘aldoq, qiyoq, qo‘ng‘irbosh va boshqalar), juzg‘un o‘sadi. Qamish va butazorlarda ondatra, yovvoyi cho‘chqa, bo‘ri, bo‘rsiq, to‘qay mushugi va boshqa hayvonlar yashaydi. Qo‘riqxona akvatoriyasida qishda va bahorda o‘rdak, g‘oz, oqqush, qorabuzov, qirg‘ovul va boshqalar to‘planadi. Shuningdek, bu yerda sazan, laqqabaliq, mo‘ylovbaliq, oqqayroq, qizilqanot va boshqalar urchitiladi. 1987 yil Arnasoy qo‘riqxonasi, ornitologik buyurtmaga (zakaznikka) aylantirildi. Arnasoy zakaznigining asosiy vazifasi cho‘l va sun’iy hosil bo‘lgan akvatoriyada yashovchi va qishlovchi qushlarni o‘rganish va muhofaza qilishdan iborat.
  • Xorazm cho‘l davlat buyurtmaxonasi Xorazm vohasining g‘arbiy chekkasida 1976 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 11300 gektar, shundan 3500 gektari ko‘llardir (Eshonravotko‘l, Buriyatko‘l, Ulushurko‘l, Kumushkon va boshqalar). Buyurtma suv havzalariga va qumli cho‘larga xos hayvonlarni tiklash va muhofaza qilish maqsadida barpo qilingan

Milliy (tabiiy) bog‘lar chet ellarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilishdagi eng muhim vazifa tabiiy boyliklardan foydalanishda ularni muhofaza qilishni ishlab chiqarish bilan birga qo‘shib olib borishni ta’minlash hamda insonning tabiatga ta’sir etishini barqarorlashtirishdan iborat. Tabiatni muhofaza qilish deganda tabiiy-boyliklardan unumli foydalanishda ularni ishlab chiqarish, tabiiy muhitni hozirgi yashayotgan va kelajak avlodlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondirishga qaratilgan davlat, xalqaro va jamoatchilik tomonidan amalga oshirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar tuzilmasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘llardan biri – milliy (tabiiy) bog‘lardir. «Milliy» so‘zi uchastkaning ayrim kishisiga emas, balki davlatga qarashli ekanligini bildiradi. Milliy park termini XIX asrning ikkinchi yarmida alohida muhofaza qilinadigan hududlar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘ldi. Milliy bog‘larda inson tomonidan kam o‘zgartirilgan fauna va floraga boy bo‘lgan xushmanzara landshaftlar muhofaza qilinadi.
Zomin milliy tabiat bog‘i 1976 yil 3 sentyabrda 45590 gektar maydonda tashkil etilgan. Bog‘ Turkiston tog‘larining Shimoliy yonbag‘irda Sangzor va Zomin daryolari havzasida, xushmanzara va xilma-xil tik landshaftlar poyasida dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikda joylashgan.
  • Noyob va tipik landshaftlar bilan birga, archa o‘rmonlari ekologik sistemalarning bir butunligi, bu hududda inson tomonidan kam, mutlaqo o‘zgarmagan tabiiy komplekslarning ko‘pligi xalq bog‘ini tashkil etishga asosiy shart bo‘ldi. Bog‘ geologik jihatdan, asosan Paleozoy erasi (silur, devon, karbon davrlar)ning cho‘kindi jinslaridan ohaktosh, kristall slanes va qumtoshlaridan iborat. Devon davrining ohaktoshlaridan iborat bo‘lgan hududlarda karst keng tarqalgan. Karst shakllari-karrlar, karst voronkalari, Supa platosining chekkasi va Ko‘lsoy darasida keng tarqalgan. Paleogen, ayniqsa, Neogen davrining yotqiziqlari qizg‘ish rangli gil, qumtosh va konglomeratlar ko‘rinishda Ko‘lsoy va Qizilmozorsoy havzasining o‘rta qismida keng tarqalib, relef turli shakllarini hosil qilgan. Zomin xalq bog‘ining relefi tog‘li, har xil chuqurlikdagi katta-kichik soyliklar, nurash ta’sirida paydo bo‘lgan o‘nqir-cho‘nqirlar va tog‘ yon-bag‘irlari tik bo‘lib, turli tomonga yo‘nalgan suv ayirg‘ich – yon tizmalaridan iborat. Zomin tog‘i (Turkiston tizmasi) markaziy suv ayirg‘ichining ikki yon tomoni – Janub va Shimol tomonlariga tik tushgan; eng baland cho‘qqisi 4033 metr bo‘lib, g‘arb tomonga pasayib boradi. G‘o‘ralash davonining balandligi 2750 metr.
  • Tabiiy Xalq bog‘ining iqlimi tipik tog‘ iqlimi bo‘lib, qishi sovuq, yozi esa nisbatan salqin. Ko‘lsoy meterologik stansiyasining ma’lumotiga ko‘ra, absolyut minimum – 320, absolyut maksimum +330. eng yuqori harorat iyul va avgust, eng past harorat dekabr va yanvar oylarida kuzatiladi, sovuqsiz davr o‘rgach 140 kun davom etadi. Ko‘p yillik o‘rtacha yog‘in-sochin miqdori 450 mm dan 700-800 mm gacha. Bog‘da qish barqaror bo‘lib 5 oy davom etadi. Tog‘ning baland qismida noyabr oyidan may-iyun oygacha qor saqlanadi. Bog‘ hududida uncha katta bo‘lmagan daryolar – Sangzor (irmoqlari – G‘uralash, Qizilturi soy va boshqalar) bor. Bu daryolar Turkiston tizmasining eng baland qismidan boshlanadi.

Xulosa


Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy ko‘rinishlari bir xil emas va «qo‘riqxona», «milliy bog’», «rezervat», «Buyurtmaxona» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida muhofaza qilinadigan yoki qo‘riqlanadigan hududlar – landshaftlar - qo‘riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilmaxildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
  • Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishining oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:



Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin