” 2023 Ilmiy rahbar: o‘qituvchi Toshkent: 2023 Mavzu: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda chekli va cheksiz toʻplam haqidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasi


BOB. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda chekli va cheksiz toʻplam haqidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasi



Yüklə 118 Kb.
səhifə5/9
tarix23.06.2023
ölçüsü118 Kb.
#134350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
” 2023 Ilmiy rahbar o‘qituvchi Toshkent 2023 Mavzu Maktabgach

2.BOB. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda chekli va cheksiz toʻplam haqidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasi
2.1 Maktabgacha yoshdagi boalarga chekli va cheksiz toʻplam tushunchasini hosil qilish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlarga chekli va cheksiz toʻplam haqidagi tushunchalarni shakllantirish orqali ularni idroki, predmetlarni ajratish , matematik tasavvurlarni shakllanib boradi.Shuningdek Bolalarga to‘plam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni to‘plamga birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni va narsalarning faqat bir qismi uchungina xos bo‘lgan umumiy belgilarni ajrata olishga o‘rgatiladi. Agar tarbiyachi bolalarning mazkur materialni yaxshi o‘zlashtirganliklarini sezsa, unda bir mashg‘ulot bilan cheklanib qolishi mumkin. Aks holda, bunday mashqlar yana mashg‘ulotning ikkinchi qismiga kiritiladi.Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) narsalarni va narsalar yig‘indisi (ko‘p)ni mustaqil topa olish ko‘nikmasi mustahlanadi. Shu maqsadda o‘rta guruhda kichik guruhdagiga qaraganda mashq birmuncha murakkab variantlaridan foydalaniladi. Bolalarga matematik tushunchalarni shakllantirishda ko‘proq mustaqillik beriladi, nimani qaerdan izlash kerakligi, ,,qarang, qaysi narsalar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi", umumiy ko‘rsatlar bilan beriladi.Bolalarni faqat bir turdagi narsalarni fikran bir guruhga birlash tirishga, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat (buyumlarning nimaga mo‘ljallanganligi va boshqalar) asosida ,,to‘plam hosil qilish"ga o‘rgatibgina qolmasdan, balki guruhni tashkil yetuvchi narsalarning faqat bir qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni hisobga olishga, ya’ni qism to‘plamni ajratishga ham o‘rgatiladi. Masalan, pedagog bolalar diqqatini deraza tokchasida turgan ko‘p o‘simliklar orasida baland va pastlari, katta va kichik barglilari borligiga jalb yetadi va hokazo.Bu davrda asosiy ye’tibor ikki to‘plamning miqdorini qiyoslashni mashq qildirishga qaratiladi. Bolalar ikki guruhning qaysi birida narsalar ko‘p (kam)ligini yoki ularning baravarligini aytishga o‘rgatiladi.Tarbiyachi ularga guruhlarni amaliy ravishda taqqoslash, ustma-ust va yonma-yon qo‘yish usullarini eslatadi.Bolalarni narsalarning boshqa belgilari ichidan miqdori tomonini ajrata bilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga yega. Bunga mazkur holda guruhning unchalik ahamiyatli bo‘lmagan belgilarini—guruhdagi narsalarning rangi, katta-kichikligi va joylashuvini o‘zgartirish orqali yerishiladi.Miqdoriy tuzilishi turlicha bo‘lgan to‘plamlar bilan ishlash bolalarda narsalar sonini aniq belgilash zaruratini hosil qiladi. Sanoqda o‘zlashtirish uchun sharoit paydo bo‘ladi.Bu mashg‘ulotlarda ba’zi fazoviy tasavvurlar aniqlanadi, o‘ng chapni farqlash, narsalarni chapdan o‘ngga qarab o‘ng qo‘l bilan ko‘rsatish, yuqorigi va pastki (doskalar), chapdan o‘ngga iboralarini tushunish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.Bolalar shakllar — doira, kvadrat, uchburchakni sezish, harakat va ko‘rish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni mashq qiladilar, ularni rang va hajmlaridagi farqlarga qaramasdan bilib olishni o‘rganadilar.Bolalarning o‘lcham munosabatlari: uzunroq—qisqaroq, kengroq—torroq, ko‘proq— kamroq haqidagi tasavvurlari va tegishli munosabatlarni aniqlash uchun yonma-yon va ustma-ust qo‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Birinchi mashg‘ulotlardayoq bolalarda bu ko‘nikmalarga qiziqish uyg‘otish va shug‘ullanish malakasini o‘stirishni davom yettirish muhimahamiyatga yega.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat eydigan butыlkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi.Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. M: silindr — stakan, stolba; konus — stakan, stolba; konus - minora. Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha kvadratga, qizchalar boshidagi ro‘mol uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo. Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish. Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashga o‘rgatish. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil topgan shakl-siluetlar hosil qilishga o‘rgatish. Labirintlar va ularning echimi bilan tanishtirish. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak.Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari)bilan tanishtirish. Tayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Bolalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchakla tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish.Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish. Etishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni echishni o‘rgatish. Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin