2.2Maktabgacha katta yosh guruh bolalarni predmetlarning turli belgilari boʻyicha guruhlarga ajratishni oʻrgatish
Katta guruhda bolalarda toʻplam tushunchalarni shakllantirish masalasi matematik tasavvurlarni birmuncha kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish, sanoq faoliyatini yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bolalar faqat ko'rib idrok etiladigan narsalarni emas, balki tovushlarni, eshitib idrok etiladigan narsalarni, harakatlarni hamda 10 gacha sanashni o'rganadilar. Bolalarning predmetlar soni ularning o'lchamlariga, fazoviy joylashuvi va sanoqning yo'nalishiga bog'liq emasligi haqidagi tasawuri aniqlanadi. Bundan tashqari, ular elementlarning bir xil sonidan tashkil topgan to'plamlar bitta natural son (5 ta olma, 5 ta olcha, 5 yulduz va shu kabilar)ga mos ekanligiga ishonch hosil qiladilar.Bolalar turli predmetlardan to'plamlar tuzish namunalarida sonlarning 5 gacha bo'lgan miqdoriy tarkibi bilan tanishadilar. Bolalar ko'rsatma materialiga asosan 10 gacha bo'lgan qo'shni sonlarni taqqoslab, ulardan qaysi bin ko'p, qaysinisi kam ekanligini o'zlashtiradilar, sonlar izchilligi— natural qator haqida elementar tasawurga ega bo'ladilar.Katta guruhda ba'zi predmetlarni bir necha teng qismlarga bo'lish mumkinligi haqidagi tushuncha tarkib toptira boshlanadi. Bolalar geometrik figuralar (kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak shaklidagi) modellarini, shuningdek, boshqa predmetlarni 2 ta 4 qismga ajratadilar, butun predmetni hamda uning qismlarini taqqoslaydilar.Bolalar predmet o'lchamlarining o'zgarishini ko'rishni, Predmetlarni 3 o'lchov: uzunlik va balandlik o'lchamlariga baho o'rganadilar; ularning kattalik haqidagi tasawurlari chuqurlashib boradi.Kichkintoylarda biror predmetning o'ziga nisbatan (chap tomonimda deraza, old tomonimda shkaf), boshqa predmetga nisbatan (oshxonaning o'ng tomonida mashina turibdi va chap tomonida esa bolalar turibdi) joylashuvini so'z bilan belgilash ko'nikmasi mustahkamlanadi.Bolalarda fazoda mo'ljal ola bilish, yurish, chopish, gimnastika mashqlari vaqtida harakat yo'nalishini o'zgartirish ko'nikmasi o'stiriladi. Tevarak-atrofdagi predmetlar orasida bolaga o'z o'rnini aniqlash o'rgatiladi (masalan, men stul orqasida turibman, stul yonida turibman va hokazo). Bolalar hafta kunlarining nomi va ketma-ketligini eslab qoladilar.Ishni tashkil etish takrorlashdan boshlash kerak. Bu vaqtda pedagog bolalarning matematik tushunchalari shakllanganligi darajasini bilib oladi, ularni aniqlaydi va mustah kamlaydi. U qoloq bolalarga alohida e'tibor berib, ularning bilimlarini boshqalarniki bilan tenglashtirishga erishadi. Bu mashg'ulotlarda asosan ,,son va sanoq" bo'limining materiali, bolalarning shakl va kattalik haqidagi tasawurlari mustahkamlanadi; ta'lim berish davomida 10 gacha sanash qobiliyatini mustahkanilash davom ettiriladi. Katta guruhda mashg'ulotning davom etish vaqti o'rta guruhdagiga qaraganda uncha o'zgarmaydi (20 minutdan 25 minutgacha), ammo ish hajmi va tezligi sezilarli darajada ortadi.Yangi mavzuni o'rganish ilgari o'zlashtirilgan mavzu sistemasiga yangi bilimlar kiritish imkonini beradigan mavzuni takrorlashdan boshlanadi. Takrorlash o'pincha o'yin mashqlari, masalalar yechish (Bilmasvoyning xatosini toping), (Kimlar ko'p) shaklida tashkil qilib, 1 minutdan 5 minutgacha davom etadi. Bilimlarni mustahkamlashga bag'ishlanadigan mashg'ulotlar ham o'yin mashqlaridan boshlanadi. Bu mashqlar bolalarda fahm-farosat va topqirlikni o'stirib, ularning diqqatini bir joyga to'plash, tafakkurini aktivlashtirish, yaxshi kayfiyat yuzaga keltirish imkonini beradi. Bilimlarni mustahkanilash uchun mashg'ulot oxirida o'yin mashqlari va didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Katta guruhda ayni bir vaqtda 2—3 masalani yechish imkonini beradigan turli mashqlardan keng foydalaniladi. Bunda rejadagi turli bo'limlarning mavzusi ustida ishlash mumkun.Ma'lumki, 5 yashar bolalarda diqqatning turg'unligi kuchayadi. Biroq, uzoq vaqt bir xil ishni bajarish, gavdani bir xil holatda tutish tinib-tinchimas besh yashar bolalar uchun juda qiyin va ular faoliyatini tez-tez o'zgartirib turishga, harakat qilib charchoq qochirishga muhtojdirlar. Pedagog ixtiyoriy diqqat talab qiluvchi ishlarni o'yin elementlari bilan almashtirib turadi. Bir xil mashqlarrniqdori 3—4 tadan oshirilmaydi. Mashqlarga harakatlar qilish bilan bog'liq topshiriqlar kiritiladi. Agar bunday topshiriqlar bo'lmasa, mashg'ulotning 12—14 minutda jismoniy tarbiya daqiqasi o'tka ziladi. Uning mazmuni iloji boricha mashg'ulotdagi ish bilan bog'lanadi. Pedagog mumkin qadar ko'proq bolalardan so'rashga harakat qiladi.
Mashg'ulotlar asosan ta'limning ko'rgazmali, og'zaki va amaliy metodlari orqali amalga oshiriladi. Shubhasiz, besh yashar bolalar pedagog bergan topshiriqning bilim olish vazifasini anglash va uning ko'rsatmalariga binoan harakat qilishga qodirdirlar, Topshiriqlar mazmunan bolalarda bilish qobiliyatini uyg'otishga imkon beradi. Bolalar berilgan topshiriqqa javob topishi uchun mavjuct bilimlar yetarli bo'lmay va biror yangi bilimni egallash, yangilikni o'rganish ehtiyoji paydo bo'lgan vaqtda ana shunday vaziyatlar varatiladi. Masalan, tarbiyachi bolalardan: stolning bo'yi enidan qancha uzunligini qanday bilish mumkin, — deb so'rashi mumkin. Qo'yilgan savolga yonma-yon qo'yish usuli bilan javob berib bo'lmaydi. Pedagog (tarbiyachi) ularga uzunlik o'lchovi yordamida qiyoslab ko'rishning yangi usulini ko'rsatadi.Biror o'yin yoki amaliy topshiriq (juft tanlash, berilgan to'g'ri td'rtburchakka teng keladigan to'g'ri to'rtburchak yasash, qaysi pfedmetlaming ko'p ekanligini aniqlash va boshqalar)ni hal etish takliflari bolalarni izlanishga undovchi turtki bo'ladi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarning tarqatma material bilan mustaqil ishlashlarini tashkil qilgandan keyin ularga topshiriqlar (tekshirib organib olish, yangilikni bilib olish va boshqalar) ham beradi. Bir qancha hollarda bilimlarni mustahkamlash va mazmuni o'zlariga yaqin, tushunarli vaziyatni aks ettiruvchi topshiriqlar berish bilan amalga oshiriladi. Masalan, ular turli oyoq kiyimlarning iplarini qandayligini aniqlaydilar, soatlar uchun tasmachalar tanlaydilar va hokazo. Bolalardagi masalalar yechishdagi bunday qiziqishi ularda fikrlashni, bilimlarni puxta o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Teng, teng emas, katta-kichik, butun va qism hamda boshqa matematik tushunchalar qiyoslash asosida tarkib topadi. 5 yashar bolalar tarbiyachi rahbarligida predmetlarni izchil ko'zdan kech» radigan, ularning bir xil belgilarini ajratadigan va taqqoslaydi bo'lib qoladilar. Bolalar taqqoslash asosida muhim nisbatlari! masalan, tenglik bilan tengsizlik, izchillik nisbatlarini, butun qism nisbatlarini hamda boshqalarni aniqlaydilar, juda ode xulosalar chiqaradilar.
Katta guruhda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtir elementlarini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi.Bolalarga avval predmetlarni juftlab taqqoslash, keyin esa bir necha predmetni birdaniga taqqoslash o'rgatiladi. Ular ayni predmetlarni o'zini bir qatorga joylashtiradilar yoki goh bir belgisiga, goh boshqa belgisiga qarab guruhlarga ajratadilar. Nihoyat ular taqqoslashni muammoli vaziyatda o'tkazadilar, bunda taqqoslash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilar boshqa, bundan ko'ra qulayroq so'zlar bilan ifodalangan bo'ladi. Masalan, kam miqdordagi predmetlar ko'proq joy egallagan sharoitda qand predmetlar ko'proq (kamroq) ekanligi aniqlanadi. Bu' taqqoslash va qarshisiga qo'yishning (ustma-ust qo'yish, yon-yon qo'yish, sanash, o'lchovni modellashtirish) usullari abajariladi. Bunda bolalar obyektlar miqdorini tenglashtiradilar yokel ularning tengligini buzadilar, aniqrog'i, matematik xarakterdagi elementlar yordamida ish bajaradilar.
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Xulosa
To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami kabi. Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanadi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig‘indida bitta element bo‘lishi yoki birorta ham element bo‘lmasligi mumkin. To‘plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to‘plami, bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlar to‘plami va hokazo, umuman to‘plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol” va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi. Katta guruhda bolalarda toʻplam tushunchalarni shakllantirish masalasi matematik tasavvurlarni birmuncha kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish, sanoq faoliyatini yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bolalar faqat ko'rib idrok etiladigan narsalarni emas, balki tovushlarni, eshitib idrok etiladigan narsalarni, harakatlarni hamda 10 gacha sanashni o'rganadilar. Bolalarning predmetlar soni ularning o'lchamlariga, fazoviy joylashuvi va sanoqning yo'nalishiga bog'liq emasligi haqidagi tasawuri aniqlanadi. Bundan tashqari, ular elementlarning bir xil sonidan tashkil topgan to'plamlar bitta natural son (5 ta olma, 5 ta olcha, 5 yulduz va shu kabilar)ga mos ekanligiga ishonch hosil qiladilar.Bolalar turli predmetlardan to'plamlar tuzish namunalarida sonlarning 5 gacha bo'lgan miqdoriy tarkibi bilan tanishadilar. Bolalar ko'rsatma materialiga asosan 10 gacha bo'lgan qo'shni sonlarni taqqoslab, ulardan qaysi bin ko'p, qaysinisi kam ekanligini o'zlashtiradilar, sonlar izchilligi— natural qator haqida elementar tasawurga ega bo'ladilar.Katta guruhda ba'zi predmetlarni bir necha teng qismlarga bo'lish mumkinligi haqidagi tushuncha tarkib toptira boshlanadi.. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.ktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlarga chekli va cheksiz toʻplam haqidagi tushunchalarni shakllantirish orqali ularni idroki, predmetlarni ajratish , matematik tasavvurlarni shakllanib boradi.Shuningdek Bolalarga toplam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni toplamga birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bolgan belgilarni va narsalarning faqat bir qismi uchungina xos bolgan umumiy belgilarni ajrata olishga orgatiladi. Agar tarbiyachi bolalarning mazkur materialni yaxshi ozlashtirganliklarini sezsa, unda bir mashgulot bilan cheklanib qolishi mumkin. Aks holda, bunday mashqlar yana mashgulotning ikkinchi qismiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |