3. Davlat qachon faol rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritayotgan bo‘ladi? a) soliqlarni kamaytirib, davlat sarflarini oshirsa;
b) soliqlar o‘zgarmay, davlat sarflarini ko‘paytirsa;
c) soliqlar o‘zgarmay, davlat sarflarini kamaytirsa;
d) soliqlar ortib, muvofiq ravishda sarflarni ko‘paytirsa;
e) soliqlarni oshirib, sarflarni pasaytirsa.
4. Quyidagi soliqlardan qaysilari «iste’mol» soliqlari hisoblanadi? a) meros va sovg‘alar uchun soliq;
b) foyda solig‘i va boj to‘lovlari;
c) shaxsiy daromadga soliqlar;
d) mulk solig‘i va pensiya fondiga ijtimoiy to‘lovlar;
e) qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i.
5. Soliq turlarining ko‘payishi, soliq stavkalarining ko‘tarilishiga ... a) pul-kredit siyosatiga;
b) kredit-byudjet siyosatiga;
c) fiskal siyosatga;
d) monetar siyosatga;
e) daromadlar siyosatiga misol bo‘la oladi..
6. Davlat qarzining ko‘payishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? a) milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlarini qisqartiradi;
b) turmush darajasini pasaytiradi;
c) yalpi milliy sarflarning ko‘payishiga olib keladi;
d) jamiyat a’zolari o‘rtasida milliy boylikni qayta taqsimlashga olib keladi;
e) hech nima o‘zgarmaydi.
7. Davlat qarzining real muammolaridan biri – bu… a) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rag‘batlari pasayishi;
b) YAMMning bir qismi mamlakatdan chiqib ketishi;
c) daromadlar o‘rtasidagi tengsizlik kuchayadi;
d) jamg‘armaning ulushi ortadi;
e) qarzdan samarali foydalanilmaydi.
8. Sug‘urtaning bosh vazifasi: a) sug‘urta fondi xarajatlarini nazorat qilish;
b) majburiy sug‘urtani amalga oshirish;
c) ixtiyoriy sug‘urtani amalga oshirish;
d) yuz berishi mumkin bo‘lgan ofatlardan ogohlantirish;
e) tabiiy ofat, baxtsizlik, faloqat kabilar tufayli keltirilgan moddiy zararni qoplash.