“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
88
Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. 
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatla rining shakllari, 
haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, 
yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish 
tamoyillari: Demokritda –obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, 
Berklida –sub’ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma 
tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani 
anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub’ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) 
bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta 
quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari 
bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, 
skeptitsizmva agnostitsizm (Kant va boshqalar). 
Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini 
ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar 
(I.Kant – 

narsa o‘zida

). 
Skeptiklar 
dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga 
shubha bildiradilar. 
Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar 
o‘zgarayotgan
 
davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va
 
amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan
 
holda ravnaq 
topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, 
balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida 
tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki 
qachondir qabul
 
qilingan 

qulay

tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida,
 
hech 
shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha
 
imkoniyatlarini 
kamsitadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin