“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bilim shakllari 
– Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida 
o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiytexnikaviy 
usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy
(ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular o‘rtasidagi 
ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar 
amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida 
mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-biriga 
o‘xshamaydi va har bir-biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
90
Kundalik amaliy bilim. 
Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‘zlari,ularning yashash 
sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalikamaliy 
bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi
. Bilishning bu shakli kundalik hayot, 
odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam
 
bo‘lsa-
da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar
 
va shu kabilarning oddiy 
majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda
 
rang-barang. U sog‘lom fikr, e’tiqodlar, belgi-
alomatlar, shaxsiy tajribadan
 
chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, 
o‘gitlar va
 
hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z 
ichiga oladi.
 
O‘yin vositasidagi bilim 
nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri 
hisoblanadi. 
O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta 
hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari 
va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. 
O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning 
ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni 
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonda o‘yin tushunchasidan matematika, 
iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin