“ Ijtimoiy fanlar


 Etiket  15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2. Etiket 


15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
220 
Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko'rinishidan biri, bu — etiket. U 
ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o'zini tutish qonunqoidalarining 
bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondashsa, 
ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun 
faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiketning qamrovi keng, u, 
ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. 
Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz 
namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko‘rib turamiz. Prezidentga xorijiy mamlakatlar 
elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir xil holat, xalqaro 
miqyosda o'rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi 
yo‘q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o‘ng qo‘lda 
sanchiqni chap qo‘lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri 
sanaladi — uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg'otadi. Shu bois etiketni odat tusiga 
aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko‘rinishlari bilan birga, shunday milliy-an’anaviy shakllari ham 
borki, ularsiz millat madaniy hayotini tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini olib 
ko'raylik. Etiketning bu turiga ko‘ra, ko‘chadan o‘tib ketayotgan odam, ko‘cha bo'yida o‘tirganlar 
yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o‘ng qo‘l chap ko‘krakda, yurakning ustida 
turishi, bosh esa yengil
ta ’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib salomlashish 
ko‘rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikm bildiradi - odobdan emas. 
Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtayi nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim; 
ayollar bilan ko‘rishganda ham erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog‘i talab 
qilinadi.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To‘y marosimida, xususan, 
qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tomonda 
tutib, to‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi lozim. Yoki aza 
marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to’n va do‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l 
qovushtirib, boshni bir yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular, bir 
qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusumlardan farqi yo‘q ekan, degan 
taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on taassurot. Chunki udum, odat, rasm-rusumlar 
muayyan darajada
erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda buning imkoni yo’q — 
etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega. Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob 
bilan go’zallikning uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-
harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i, o‘zni 
tutish estetikasi talablariga javob beradi.
Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari 
sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl 
axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo ladi. etiket qoidalarini 
bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bu 
jihatdan u munofiqlikning bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, 
darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro‘parangizda tanishingiz yoki qo shningiz uchraydi. Siz ko'rishib, 
hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib
Uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, 
aslida, siz uning uyga kirishini also istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan 
vaqtingizni o‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o‘z istagingizga qarshi, etiket mulozamat 
yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham nachora — munofiqlik qilasiz. Shunga 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin