“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
250
nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika 
estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni 
nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha 
nazardan o‘tkazamiz.
 
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez-
tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, 
odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini 
bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-
oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning 
deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) 
o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi 
paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, 
landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. 
Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, 
hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam 
ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-tabiat» deb ataymiz. 
Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan 
oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 
tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar 
siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat 
qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni 
davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana 
hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni 
tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl 
sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining 
tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz 
tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami 
kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim 
darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida 
zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, 
qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning 
ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, 
uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun 
yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok 
etishni taqozo qiladi.
Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, 
bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u 
tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, 
tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi 
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati 
mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.
57
Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 
ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr 
tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 
57
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin