“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
255
hisoblanadi. San’at ham shunday: u yo o‘quvchiga, yo tinglovchiga, yo tomoshabinga 
mo‘ljallangan bo‘ladi, bu – san’atning yashash sharti.
O‘yin beg‘arazlikni talab qiladi, g‘arazli manfaat aralashdimi, demak, o‘yin – yo‘qqa 
chiqadi, hatto, yuzaki qaraganda, maqsadga yo‘naltirilgan sport o‘yinlarida ham muhimi hisob 
emas, o‘yin ko‘rsatish. Masalan, «Paxtakor» yutqazsa ham, lekin yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, yigitlar 
baraka topishsin!» yoki «Hisob 3 : 1 bo‘lgani bilan, afsuski, o‘yin yaxshi bo‘lmadi», degan 
tomoshabinlarning gaplariga e’tibor qiling. Unda o‘yindagi hisobdan emas, o‘yinning o‘yinligidan 
qoniqish hosil qilish, ya’ni manfaat emas, beg‘arazlik birinchi o‘rinda turganini ko‘ramiz.
Bundan tashqari, o‘yinning inson uchun yana bir zaruriy jihati, unda odam real hayotda 
topolmagan narsasini topadi, bir muddat bo‘lsa-da tasavvurdagi o‘zi uchun o‘ylab topgan yangi 
reallikdagidan go‘zalroq, ulug‘vorroq hayotda yashaydi. Ana shunday o‘yin – badiiy asarning 
shaklida ham, mazmunida ham erkin va beg‘araz ifoda topadi. Ijodkor o‘yin qoidalariga – badiiy 
asar talablariga bo‘ysunishi shart, uning biror-bir narsani me’yoridan ortiq asar hujayrasiga 
tiqishtirishi o‘yinni – asarni buzadi. SHunday qilib, san’at o‘yinning ijtimoiylashgan shakli – 
tasavvur o‘yini, tafakkur o‘yini, so‘z o‘yini, rang o‘yini, ohang o‘yini va tavush o‘yini.
Unda insonning barcha a’zolari yagona hissiy-intellektual yaxlitlik sifatida o‘ynaydi. 
Mehnat san’atning estetik faoliyat ekani bilan bog‘liq, ya’ni o‘yinga tayyorgarlik va uni amalga 
oshirish jarayoni mehnatni, ijodiy mehnatni taqozo etadi, u iste’dod bilan yonma-yon faoliyat 
ko‘rsatadi.
 
San’atning xususiyatlari va tamoyillari 
Ma’joziylik xususiyati.
Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘ziboralarining 
ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi. 
Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o‘xshatish, 
sifatlash, jonlantirish, istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi. Misol 
uchun, daryo. U aslida biologik hodisa sifatida bitta narsani anglatadi: manbaidan to quyilish 
joyigacha doimiy oqib turadigan katta suv. san’atda esa u – inson umri, hayot beruvchi manba, 
insonning kengligi v.h. Badiiy asarda u pishqiradi, o‘ynoqlaydi, yuguradi, hikoya so‘ylab beradi, 
ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi, odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas, 
san’atning yashash shartlaridan biri, u yo‘q joyda – san’at ham yo‘q.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin