“ Ijtimoiy fanlar


Mehnatning estetik tarbiya



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Mehnatning estetik tarbiya 
vositasi sifatidagi ahamiyati.
Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik 
tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan 
aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga 
keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini 
belgilovchi omil hisoblanadi. O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi–ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda 


Seminar mashg’ulotlari 
293 
mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni 
rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan 
munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo 
etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan 
halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z kuchi va salohiyatiga suyanishini 
kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg'ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq 
turmush darajasining o'sishiga olib keladi. Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana 
shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi. 
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va 
faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, 
ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang mavzulardagi 
ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar 
nafosatli tarbiyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha 
munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin