“ Ijtimoiy fanlar


II. Mustaqil ta’limning bajarilishi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə389/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

II. Mustaqil ta’limning bajarilishi 
Talaba mustaqil ta’limni bajarish jarayonida turli manbalardan axborot yig’ishi va ularni jamlashi, 
yozma ravishda o’zining fikrini bayon etishi, auditoriya oldida o’zining ravon nutqi bilan chiqishi orqali 
nutq madaniyatini shakllantirib boradi, so’z boyligining oshiradi, dunyoqarashi, fikrlashining kengayadi. 
Talaba kutubxonalarda faqat ilmiy adabiyotlar bilan cheklanmasdan, balki O’zbekiston Respublikasi OAK 
jurnallari va matbuot materiallaridan, internet saytlaridan foydalanishni bilishi lozim.
Referat tayyorlash. 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim 
darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy 
adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan 
olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib ma’lumotlar yig’adi, tahlil qiladi, 
tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur 
hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq 
o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, musiqiy asar, 
kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum 
ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba 
tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga topshirish ham 
mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 
Talabaga muayyan 
mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos 
bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, 
qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jarayonlarini 
qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. Maslahat paytlarida 
bajarilgan ishlarning qo’yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab 
kelish, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin).



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin