“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
53
vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U «Fuqarolik siyosati» asarida borliqni olti 
darajaga bo‘ladi:
1.
Birinchi holatdagi sabab.
2.
Ikkinchi holatdagi sabab.
3.
Uchinchi holatdagi aqli faol.
4.
To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5.
Beshinchi holatdagi shakl.
6.
Oltinchi holatdagi materiya.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u, «uchinchi aql» – aqli faolni ta’riflaydi. Unga 
ko‘ra, aynan «aqli faol»ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.Ibn Sino 
fikricha ham borliqning asosi «vujudi vojib», ya’ni Allohdir.Vujudi vojib bu birinchi mohiyat.
Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki, birinchi sabab uning natijasi 
bo‘lgan xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero, vujudi vojibning mavjudligi 
uning o‘ziga bog‘liq.
XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik 
borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan 
belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan.Bundan borliqni
«naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.Yangi davr va nemis klassik falsafasi davri «substansiya» 
(dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat),
«mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy 
kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr 
borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini 
o‘ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki 
ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin 
qildi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin