“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
58
jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali 
qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‘lishi 
ham tasdiqlaydi.
4. Substansiya tushunchasining mohiyati. 
Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan 
boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. 
«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. 
Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari 
barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday 
asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, havo, olov yoki fikriy 
konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. «Avesto»da birlamchi substansiya 
olov deb atalgan. Keyinchalik
 
substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa 
bilan bog‘liq
 
bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning
 
butun 
rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida 
falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston,
 
efir va shu kabilar amal qilgan.
 
Substansiya 
g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari 
qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
 
Monizm 
(yunon. «monos» – «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir 
substansiyadan iborat degan ta’limot
. Dunyoning kelib
 
chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy 
tasavvurlar, shuningdek, birinchi
 
asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli 
yondashuvlar kurashi
 
nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan
 
ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin