“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
64
aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishlarining 
aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan 
dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik 
bo‘lishiga qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan 
yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda astasekin dunyoni 
dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi 
barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan 
kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, 
hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb 
bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning birbirlariga bog‘liqligi 
to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta 
kashfiyot bo‘lgan.
Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston 
hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali 
harakatning turli ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, 
borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan 
xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini 
anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmasmi? degan savollar paydo 
bo‘lib, bu savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p 
ma’lumotlarga va o‘z kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo 
o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, 
deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, 
undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi 
qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum vaqt ichida har qancha o‘zgarsa 
ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o‘zgarmay qolaveradi. Xullas, bunday qarashlar 
to‘plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar 
haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqadi.
Rivojlanish g‘oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar 
rivojlanish to‘g‘risida hech bir tasavvurga ega bo‘lmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi narsa 
va hodisalarda yuz beradigan turli xil o‘zgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz harakatda, 
o‘zgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan birga, tabiat va jamiyat 
voqea-hodisalarida juda ko‘p davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil 
fasllari, kun bilan tunning o‘rin almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar 
rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo bo‘lishi, deb tushunish darajasiga 
ko‘tarila olmaganlar. Rivojlanishni butunlay yangi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy 
yangining paydo bo‘lishi, deb tushunishda Uyg‘onish davri Sharq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari, 
keyinchalik esa o‘rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar oldinga ketadilar. 
Ularning qarashlarida rivojlanish g‘oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni 
uchratamiz.
Rivojlanish g‘oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim 
qadamni birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga 
dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari 
Volter va Russo inqilobiy qayta qurishni o‘z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari 
surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa o‘zining jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz 
taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Bu mutafakkirlar o‘z qarashlarida g‘oyaviy omillar 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin