“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sofistika
13
.
Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta 
asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal 
egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik
donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga 
ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini 
chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on 
asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani 
Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr 
yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan 
chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan 
adashtiradi.
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on 
fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib 
13
Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) — 
bilib turib, хаtо asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda 
Yevropada кенг tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi. 


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
67
qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham 
imkon tug‘diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu 
asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. 
Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u 
san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur 
usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida tafakkurning rivojlanishida muhim 
rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning o‘ziga xos muhim o‘rni 
ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik 
tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiq 
qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin