“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
66
yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki 
hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda mustahkam 
aloqador ekanligi to‘g‘risida chuqur ma’lumot bersa, ikkinchidan, u bosib o‘tilgan bosqichlarni 
takrorlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda 
takrorlaydigan taraqqiyot, to‘g‘ri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, ma’lum 
holatlarda boshlang‘ich holga go‘yo qaytganday bo‘lib ko‘ringan, ma’lum tanazzullar va 
bo‘hronlar bilan bo‘ladigan ilg‘or taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Dialektika 
kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik 
qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash — bu barcha narsa va hodisalarni, ularning 
inson miyasidagi in’ikoslari — inson bilishini ham o‘zaro aloqadorlikda va bog‘lanishda, qarama-
qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishida, eskining 
o‘rnini yangi egallashida, xullas, ularni «o‘z harakati»da, o‘zgarib va rivojlanib turishida, paydo 
bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda va 
o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni vujudga keltiradi. 
Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va 
jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon sub’ekt 
miyasida in’ikos etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik yo‘l 
bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining 
nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday 
bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. Dialektik 
tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr 
taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon 
xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha 
tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik 
tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq 
qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining 
muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham 
qaramaqarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri 
jarayonida o‘z o‘rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin