“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
68
mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur usuli, daf’atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‘lib 
ko‘rinadi.
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy 
aqidalarga ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng 
tarqalishiga sabab bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy 
jihatdan asossizligi ma’lum bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy asosidan 
mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, 
avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‘rin 
mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, dogmatik tafakkurning mavjudligi 
hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va rivojlanishi g‘oyasini inkor etuvchi 
antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan hamda dialektikani bilmaslik 
yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir.
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, 
sub’ektivizmga, amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya 
va ta’limotlardan voz kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida 
payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, 
ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) 
taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari ko‘nikkan vaziyatga muvofiq 
eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz O‘zbekistonning o‘z 
mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta bo‘g‘in 
rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi 
ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish 
lozim. Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning 
yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi 
yangi shakl va mazmunga o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi 
kunda shakllanayotgan sinergetika ham dialektika muammolariga yangicha yondoshish 
kerakligini ko‘rsatmoqda.
Dialektika o‘z mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bog‘lanish, harakat, o‘zgarish 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va 
bog‘lanishlarni to‘g‘ri ochib borish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish 
yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar haqidagi fandir. Chunki 
borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‘zaro bog‘lanishda olib qarash 
borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va 
jarayonlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib 
turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida 
bo‘lsin, hech bir hodisa yoki voqea, o‘zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, 
boshqa o‘zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog‘liq, bo‘lmagan, ular bilan 
aloqadorliksiz mavjud bo‘lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko‘rinishlari, uning asosiy mavjudlik usullari, 
harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o‘zaro umumiy aloqadorlikda bo‘lib, birbirlariga ta’sir 
va aks ta’sirida, lekin o‘zaro bog‘lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi.
Dialektikaning o‘zaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu yalpi 
umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya’ni tabiat, jamiyat, inson, 
inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma ko‘rinishlariga 
oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish 
jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma’naviy olamning hamma bog‘lanishlarini o‘z ichiga 
oladi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin