“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
71
harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi 
munosabat ta’sirida kooperativ effekt, ya’ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz 
beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning 
xossalari bir- biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi. Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning 
o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
O‘zaro ta’sir 
narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi va bir-birini 
o‘zgartirishini anglatadi. Ammo o‘zgarish – harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. 
Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi 
umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat 
butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy 
rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har qanday 
hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga nisbatan tarixiy 
yondashuv zarur. O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma 
harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishida namoyon bo‘lishi 
mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi. Dialektika kategoriyalari umumiy 
aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, 
tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar 
va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. 
Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan 
ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin