“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Xulosalar. 
Dialektika rivojlanish falsafasining puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. Hodisalar 
rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab etishga yo‘l 
ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks 
ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, harakati va 
rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni konkret, har 
tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik 
konsepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa konsepsiyalar 
mavjud.
5.Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. 
Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz 
qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni ko‘rib 
chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash 
jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular 
orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning 
o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli 
bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan 
tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. 
So‘z 
–fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi
. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga etkazish 


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
77
vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi 
imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun 
inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini 
yaratadi. 
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari 
va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi
. Masalan,
«talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo 
shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va 
hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish 
(muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy 
yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu erda «bu» ishorasi 
mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. 
SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki 
e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun 
o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. 
Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» 
tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot 
dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq 
darajasida turadi. Bunday tushunchalar – kategoriyalar (yunon. –«asos», «umumiy baho») deb 
ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada 
umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan 
cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan 
qashshoqroqdir. 
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa 
lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir

Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan 
iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va 
aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va 
aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks 
ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning 
asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda, 
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq 
kategoriyalari 
dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. 
Dialektika kategoriyalarini ikki turga
ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar
.
Substansion kategoriya lar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar, alohida-alohida 
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat», 
«rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning 
muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan 
aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Munosabatdosh kategoriyalar 
biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi

ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin