“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sakrash 
– 
bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining 
uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir.
Masalan, sakrash – bu Erda hayotning paydo 
bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa 
ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash 
rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki
 
yangining 
tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
 
Inkorni-inkor. 
Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-
ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir 
16
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. –М.: с.145.
5
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. –М.: 1970 й. с. 467.


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
76
lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi 
va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning 
mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, 
inkorniinkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu 
mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor 
va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish 
vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek, uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib 
bergan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. 
Mazkur 
hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor
 
harakatining o‘zidan aniqlash 
mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar 
haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
 
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi
. Ma’lumki, Gegelning 
dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy
 
ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi 
sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis–antitezis–sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. 
Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining 
ko‘p sonli ssenariylaridan biri sifatida
 
namoyon bo‘ladi. Ammo, Gegel qayd etgan rivojlanishning 
siklligi, uning
 
chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng tarqalgan
 
shakli 
hisoblanadi.
 
Uchinchidan, 
tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo‘lmasligi mumkin: 
o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos 
xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi

Inkorni-inkor qonuni – 
bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining 
eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi 
bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, 
yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy 
bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda 
takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi 
egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklligini 
aks ettiradi.
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin