“ Ijtimoiy fanlar


sabab deb ataladi.  Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 sabab
deb ataladi. 
Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa
oqibat
deyiladi. Masalan, 
qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu erda ikki hodisa: ishqalanish va 
issiqlikning guvohi bo‘lib turibmiz. Lekin bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni 
ishqalanish issiqlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, ishqalanish sabab, issiqlik - 
oqibat bo‘lmoqda.
Odatda borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z sababi bo‘ladi va 
ayni vaqtda uning o‘zi ham boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan 
ayirib olishimiz hamda ularni alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda esa bir-biri bilan 
almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi oqibat tarzida ko‘z oldimizda 
namoyon bo‘ladi.
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi 
sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo 
bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har 
doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi.
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti 
asosida kelib chiqqan. Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz 
oqibatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «SHamol 
bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» — deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa 
inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar tomonidan kirilgan emas. Sababiyat 
aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan shu borliqni bilish 
jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u keyinchalik 
fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi. Bu 
ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi.
Borliqda doimo ma’lum vaqt muayyan aniq shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, 
sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin bu ma’lum sabab doimo bir xil ma’lum oqibatni keltirib 
chiqaradi, degani emas. Bunda oqibatning kelib chiqishi aniq shart-sharoitlar, aniq vaziyatlar bilan 
bog‘liq bo‘ladi.
Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat 
sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin borliqda ketma-ket keluvchi 
har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lavermaydi. Masalan, 
qishdan so‘ng bahor, bahordan so‘ng yoz, yozdan so‘ng kuzning kelishi sabab va oqibat 
bog‘lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning ro‘y berishi Erning 
Quyosh atrofida o‘z holatini o‘zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo‘ladi.
Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o‘z tabiiy ob’ektiv sabablari asosida paydo bo‘ladi va 
rivojlanadi. Tabiat hech qachon oldindan belgilangan maqsadlarni qo‘ya olmaydi va qo‘ymaydi 
ham. Jamiyatda esa ahvol boshqacha, chunki jamiyatda ongli mavjudotlar — insonlar faoliyat 
ko‘rsatadilar, ular o‘z faoliyatlarini oldindan belgilangan ma’lum maqsadlar asosida amalga 
oshiradilar. Maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatish faqat insonlarga xosdir. Jamiyatda kishi nimani 
qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, u o‘zicha buni o‘ylaydi, uning haqida fikr yuritadi, bu ish yuzasidan 
ma’lum reja tuzadi, uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga ma’lum maqsadlarni qo‘yadi va ularga 
erishish uchun harakat qiladi. Bunda maqsad kishining o‘zi tomonidan belgilangani uchun, odatda 
u ko‘pincha tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq, emasday tuyuladi. Aslida, insonning har qanday 
maqsadi (niyati, hatto orzusi ham) ob’ektiv sabablar asosida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida, uning 
miyasida zaruriy ravishda paydo bo‘ladi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin