“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
83
Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy 
aloqadorliklar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday aloqadorliklarni zaruriyat va tasodif 
kategoriyalari ifodalaydi.
j) Zaruriyat va tasodif.
Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan 
sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa
 
zaruriyat
deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va 
ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi 
ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea
tasodif 
deyiladi. Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydigan borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va 
rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni vaqtda 
bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
Zaruriyatning bunday o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning sababi o‘zida bo‘ladi, 
u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat 
narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat 
narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan 
bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy 
xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi.
Tasodif zaruriyatdan farqli o‘laroq, muayyan sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi 
ham mumkin, u shu tarzda ham, boshqacha tarzda ham yuz berishi mumkin. Tasodif ayni vaqtda 
narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Ammo tasodif ham 
sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki undan 
tashqarida tashqi shart-sharoitlarda bo‘ladi. Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u ichki sabab 
asosida emas, tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan 
kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas, balki turli 
jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa va hodisalar rivojlanishining yo‘nalishini 
belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki individual 
xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas.
Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli 
shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson 
hohishi va irodasiga bog‘liq emas.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida 
yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud 
bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi.
Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib 
yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi 
tasodiflarni aniqlashdan iboratdir.
Borliqdagi qat’iy zaruriyat doimo tasodiflar tizmasida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o‘z 
tadqiqoti jarayonida tasodifiy hodisalar tizmasida mavjud bo‘lgan tasodiflarni tadqiq qilish, 
ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizmasida mavjud bo‘lgan, lekin 
yashirinib yotgan zaruriyatni ochish, jamiyatda insoniyat uchun noqulay bo‘lgan 
voqeahodisalarning ro‘y berishlarining oldini olishga imkon beradi.
Borliqdagi narsa va hodisalarning hozir qanday ekanligi, kelajakda qanday bo‘lishini biz 
imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushuna olmaymiz.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin