“ Ijtimoiy fanlar


g) Sistema, struktura va element



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

g) Sistema, struktura va element.
Borliqdagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ham ega bo‘ladi. 
CHunki ular ma’lum sistemalar tarzida mavjud bo‘lib, o‘z tuzilishi va tarkibiga ko‘ra esa muayyan 
strukturaga ega hamda qator elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Sistema
— bu borliqdagi o‘zaro 
bog‘liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va 
jarayonlarning qonuniyatli birligidir.
Struktura
esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, 
tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir 
sistemaning ajralmas tub xususiyati bo‘lib, u muayyan elementlardan tashkil topadi.
Element
sistema strukturasini tashkil kilgan, nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan tuzilmadir. 
Har bir sistema o‘z strukturasiga ko‘ra bir qancha o‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqadorlikda 
bo‘lgan elementlardan iborat bo‘ladi. Sistema, struktura va element kategoriyalari narsa va 
hodisalarga xos bo‘lgan ana shu moddiy sistemalar, strukturalar va elementlarning aqliy 
in’ikoslaridir.
Odatda, har bir sistema, o‘zining tuzilishiga ko‘ra alohida sistemachalarga ajralishi, nisbiy 
mustaqil elementlarga bo‘linishi, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi, bir butunlikni tashkil etishi 
kabi xususiyatlarga egadir. Bunda sistemalar ierarxiyasi shundaki, doimo bir qancha sistemachalar 
birikib, yangi, hajm jihatidan kengroq sistemani hosil qila boradi. Bu holat yanada yuqorilashib 
borib, natijada, bir-biriga kiruvchi, bir-biri bilan bog‘liq, biriga nisbatan ikkinchisi kengroq bo‘lib 
boradigan sistemalarning oliy birligi — bir butun borliqni qaror toptiradi. Umuman, har bir 
sistemaning tashkil topishi va mavjud bo‘lishida uning strukturasi muhim rol o‘ynaydi. Ayni shu 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin